“Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” DM xodimlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida “YuNESKO global geoparklari barqaror rivojlanish va hamkorlik uchun” mavzusida tashkil qilingan xalqaro geoforumda ishtirok etishdi.
Forum doirasida Markaziy Osiyoda YuNESKO global geoparklarini yaratishda mavjud muammolar, YuNESKO talablari, geologik meros va uning muhofazasi mavzusida suhbat hamda taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Markaziy Osiyodagi salohiyati yuqori bo‘lgan geoparklar, YuNESKO global geoparkini tashkil qilish mumkin bo‘lgan hududlar o‘rganildi. Qozog‘iston Respublikasi Jambil viloyatida joylashgan “Qoratau” geoparkidagi geologik obyektlarga dala tashrifi uyushtirildi.
Сотрудники ГУ «Китабский геологический природный парк» приняли участие в международном геофоруме «Глобальные геопарки ЮНЕСКО для устойчивого развития и сотрудничества», организованном в городе Алматы (Казахстан).
В рамках форума состоялась беседа и презентации по актуальным проблемам создания глобальных геопарков ЮНЕСКО в Центральной Азии, требованиям ЮНЕСКО, геологическому наследию и его охране.
Также были изучены геопарки с высоким потенциалом в Центральной Азии, а также территории, на которых можно создать глобальный геопарк ЮНЕСКО. Была организована полевая поездка к геологическим объектам геопарка «Каратау», расположенного в Жамбылской области Республики Казахстан.
#kongeologiya #mingeo #Kitob_GMTB #Olmaota #YuNESKO #xalqaro_hamkorlik #geopark
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ “Hisor” markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasiga press-tur tashkillashtirildi.
Press tur davomida ishtirokchilarga dastlab “Samarqand” MGQE faoliyati, ekspeditsiyada amalga oshirilayotgan laboratoriya tadqiqotlari haqida ma’lumot berildi.
Keyinchalik, press turning ikkinchi kunida “Hisor” MGQE mutaxassislari ekspeditsiya obyektlari, jumladan “Akba” istiqbolli uchastkasida qilinayotgan burg‘ilash, lahim o‘tish ishlari xususida jurnalistlarga, tadbir ishtirokchilariga batafsil gapirib berdilar.
Uchinchi kuni ishtirokchilar“Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” DM faoliyati bilan tanishib, Xalqaro geologiya stratigrafik hamjamiyati tomonidan dunyoda yagona deb e’tirof etilgan “Zinzilban” geologik kesmasi xalqaro stratigrafik etalon – ems yarusining quyi chegarasi standarti yoki tayanch nuqta deb tan olinganligini bilib oldilar.
Zinzilban kesmasi 1989-yilda Xalqaro stratigrafiya komissiyasining 28-xalqaro kongressida quyi devon yotqiziqlarining ems yarusi quyi chegarasini xalqaro miqyosda mutlaq yoshini ajratish birligi sifatida qabul qilingan. 1996-yilda Xalqaro geologik fanlar ittifoqi (IUGS) tomonidan tayanch nuqta deb tan olingan va “Oltin qoziq” mavqei berilgan.
Press-tur tadbiri O‘zA, Manzur, Darakchi, “Xalq so‘zi” 1, 2 kabi nashrlarda, “Mening yurtim” telekanali “Hudud”, “Renessans TV” telekanalining “Ovoza” dasturida 1, 2, “Qashqadaryo TV” telekanali “Qashqadaryo axboroti” ko‘rsatuvida keng yoritildi.
Shuningdek, tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining tizimosti korxonalari “O‘zmetkombinat” AJ, “Geologiya va geofizika instituti” DM, “Mineral resurslar instituti” DM, “Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” DM, “O‘zbekko‘mir” AJ kabilarda tadbir to‘g‘risida postlar, lavhalar tayyorlandi.
#kongeologiya #mingeo #press_tur #Ozbekgeologiyaqidiruv #Hisor_MGQE #Kitob_GMTB #Mening_yurtim #Hudud #Renessans_TV #Qashqadaryo_TV #Xalq_sozi #UzA #Manzur #Darakchi #Ovoza #Akba_uchastkasi
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM