Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
13.9K subscribers
15.8K photos
1.15K videos
65 files
5.69K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
💠 Bo‘zatovda shifobaxsh yer osti mineral suvlari uchun qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda

Mineral xomashyo zaxiralarini aniqlash va ulardan samarali foydalanish maqsadida, tasdiqlangan mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash Davlat dasturi doirasida “O‘zbekgidrogeologiya” DM Orolbo‘yi davlat gidrogeologiya ekspeditsiyasining (DGGE) Bo‘zatov gidrogeologiya guruhi loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumani, “Erkindaryo” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan yangi qurilayotgan “Bo‘zatov” sanatoriysi atrofida shifobaxsh yer osti mineral suvlarni qidirish ishlari boshlandi.

Loyihaga ko‘ra, 5p raqamli qidiruv qudug‘ini burg‘ilash rejalashtirilgan bo‘lib, uning chuqurligi 1000 metrni tashkil etadi.

Hozirda Orolbo‘yi DGGEning 257-burg‘ulash brigadasi burg‘ilash ishlarini amalga oshirish uchun safarbar qilingan. Uskunalarni o‘rnatish va burg‘ilash ishlariga tayyorgarlik jarayonlari boshlangan, texnologik jihozlar va burg‘ilash materiallari to‘liq tayyor holatga keltirilgan.

🔹 🔹 🔹

💠 В Бозатау ведутся поиски целебных подземных минеральных вод

В целях выявления и эффективного использования запасов минерального сырья, в рамках утвержденной государственной программы развития и воспроизводства минерально-сырьевой базы, в соответствии с проектом Бозатауской гидрогеологической группы Приаральской государственной гидрогеологической экспедиции (ГГГЭ) ГУ «Узбекгидрогеология» в Бозатауском районе Республики Каракалпакстан начаты поисковые работы на целебные подземные минеральные воды в районе строящегося санатория «Бозатау», расположенного на территории аульного схода граждан «Эркиндаре».

Согласно проекту, планируется бурение разведочной скважины №5п, глубина которой составит 1000 метров.

В настоящее время 257-я буровая бригада Приаральского ГГГЭ мобилизована для проведения буровых работ. Начаты процессы монтажа оборудования и подготовки к буровым работам, приведено в полную готовность технологическое оборудование и буровые материалы.

#kongeologiya #mingeo #Ozbekgidrogeologiya #yer_osti_suvlari #Bozatov_tumani #gidrogeologiya_ishlari #burgilash_ishlari #shifobaxsh_suvlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM