Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
11.6K subscribers
14.3K photos
934 videos
65 files
5.12K links
Download Telegram
💠 Kon-geologiya vazirligida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 7 aprel kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ijro apparati xodimlari ishtirokida tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, Davlat fuqorolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, Yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati to‘g‘risida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish maqsadida ishonch telefoni va telegram bot kanali, rasmiy veb saytida esa “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘yicha alohida saxifa ochilganligi va unda bu sohadagi me’yoriy hujjatlar va yangiliklar yoritilayotganligi va sohaga oid bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinganligi ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining qoidalari va Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom mazumun mohiyati, xodimlarning ishdan tashqari vaqtda majburiyatlari tushuntirib o‘tildi.

Bundan tashqari, xodimlar Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun Odob-axloq komissiyasi tomonidan intizomiy jazoga tortilishi mumkinligi yetkazildi.

Shuningdek, yangi Mehnat kodeksida mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi, mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash, mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi mazmun-mohiyati bo‘yicha fikir almashilindi.

Tadbirda ishtirok etgan soxa mutaxassislari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Mazkur sohada tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #mehnat_kodeksi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM