Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
12.3K subscribers
14.5K photos
985 videos
65 files
5.23K links
Download Telegram
💠 OKMKning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tashkil topganining 75 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kombinat jamoasiga yoʻllagan bayram tabrigini Bosh vazir Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi.

2024-yil 31-oktabr kuni Davlatimiz rahbari yubiley sana munosabati bilan ishlab chiqarish ilgʻorlaridan bir guruhini mukofotlash boʻyicha tegishli Farmonni imzolagan edi.

Tadbirda davlatimizning ana shu yuksak mukofotlarini Prezidentimiz nomidan Bosh vazir oʻz egalariga topshirdi.

Mukofotlangan konchi va metallurglar yuksak eʼtibor uchun Davlatimiz rahbariga oʻz minnatdorligini izhor qilishdi.

Tadbir soʻngida konsert dasturi namoyish etildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Состоялось торжественное мероприятие по случаю 75-летия АГМК

Во Дворце культуры «Металлург» города Алмалык состоялось праздничное мероприятие, посвященное 75-летию со дня образования акционерного общества «Алмалыкский горно-металлургический комбинат».

Поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиеева коллективу комбината зачитал премьер-министр Абдулла Арипов.

31 октября 2024 года Глава государства подписал соответствующий указ о награждении группы передовиков производства в связи с юбилейной датой.

На мероприятии эти высокие государственные награды от имени президента вручил премьер-министр.

Награжденные горняки и металлурги выразили свою благодарность Главе нашего государства за проявленное внимание.

В завершение мероприятия состоялась концертная программа.

#kongeologiya #mingeo #OKMK_75_yil #tadbir

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 GIDROINGEO: Toshkent viloyatida geofizik tadqiqot ishlari olib borildi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM xodimlari tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 3-mis boyitish fabrikasida seysmik ishlar olib borildi.

Geofizik tadqiqotlar natijasida bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlarning, siljish to‘lqinlarining tezligi o‘lchandi, tog‘ jinslarining elastikligi, mustahkamligi va deformatsiya ko‘rsatkichlari aniqlandi. Ishlar ko‘p kanalli sirt to‘lqinlarini tahlil qilish (MASW) va 10 metrgacha chuqurlikdagi qatlamlarning elektr qarshiligini o‘lchash moslamasi yordamida amalga oshirildi.

Tadqiqot natijalari OKMK 3-mis boyitish fabrikasi uchun chiqindilar omborini rejalashtirish uchun zarur.

🔹 🔹 🔹

💠 ГИДРОИНГЕО: в Ташкентской области проведены геофизические исследования

Сотрудниками ГУ «Институт гидрогеологии и инженерной геологии» Университета геологических наук Министерства горнодобывающей промышленности и геологии проведены сейсмические работы на Медной обогатительной фабрике №3 Алмалыкского горно-металлургического комбината. 

В результате геофизических исследований измерены скорости продольных и поперечных волн, скорости сдвиговых волн, определены показатели упругости, прочности и деформации горных пород. Работы выполнены с помощью многоканального анализа поверхностных волн (MASW) и прибора измерения электрического сопротивления слоев на глубинах до 10 метров.

Результаты исследований необходимы для планирования склада отходов для МОФ-3 АГМК.

#kongeologiya #mingeo #GIDROINGEO #OKMK #GFU #geofizika_ishlari #seysmik_ishlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 OKMK: Molibden kuyindisi ishlab chiqarish prognozi muddatidan ilgari bajarildi

“Olmaliq kon-metallrugiya kombinati” AJ Mis eritish zavodi Kamyob metallar ishlab chiqarish sexi tomonidan bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha prognozlar muddatidan avval bajarishga erishildi.

Joriy yilda 2203,3 tonna yarim tayyor molibden kuyindisi ishlab chiqarish vazifasi rejalashtirilgan va amalda 2495,4 tonna mahsulot tayyorlandi.

💠 АГМК: Задание по производству огарка молибденового полуфабриката выполнено досрочно

Коллектив цеха по производству редких металлов медеплавильного завода АО «Алмалыкский горно-металлургический комбинат» завершил выполнение плановых показателей по нескольким ключевым направлениям раньше установленного срока.

Перед коллективом стояла задача произвести 2 203,3 тонн огарка молибденового полуфабриката, в итоге фактический объем производства составил 2 495,4 т.

#kongeologiya #mingeo #OKMK #molibden_kuyindisi #sarhisob #reja_ijrosi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi va uning tizimosti korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

Joriy yilning 5-dekabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganining 32 yilligi hamda “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni“ga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Kon-geologiya vaziri oʻrinbosari U.Yusupov va vazir maslahatchisi M.Pirojkov, vazirlik ijro apparati xodimlari, tizim korxonalarining rahbarlari hamda korupsiyaga qarshi komplaens xizmatlarining masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Vazir o‘rinbosari Konstitutsiyaning davlat va jamiyat rivojida tutgan o‘rni, Bosh qomusimizdagi asosiy tushunchalar, ularning ahamiyati, mamlakatda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi munosib mavqei uchun mustahkam asos bo'lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, u O‘zbekistonda jamiyatning barcha sohalarida, jumladan, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashda tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani, uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘layotgan omillarni yo‘q qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.

Shuningdek, Kon-geologiya vaziriligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Sh.Sagʻdullayev qarshi kurashish sohasida vazirlik va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida yigʻilish qatnashchilariga maʼlumot berib oʻtdi.

Shundan soʻng, tizimda ISO 37001:2016 xalqaro korrupsiyaga qarshi muvofiqlik sertifikatlarini qoʻlga kiritgan eng samarli tuzilma sifatida “Navoiy kon-metallrugiya kombinati” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ va “Oʻzbekgeofizika” AJ hamda korrupsiogen omillarni oʻz vaqtida oldini olish hamda xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda natijalarga erishgan eng faol komplaens tuzilma sifatida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Geologiya fanlar universiteti” DMning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #aksilkorrupsiya_oyligi #ochiq_eshiklar_kuni #NKMK #OKMK #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekgeofizika #GFU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
💠 Kon-geologiya vazirligi va uning tizimosti korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi Joriy yilning 5-dekabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul…
💠 Подведены итоги в сфере противодействия коррупции в Мингеологии и его подведомственных предприятиях

5 декабря текущего года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии состоялось мероприятие посвященного 32-й годовщине принятия Конституции Республики Узбекистан и «9 декабря – Международному дню борьбы с коррупцией» в рамках антикоррупционного месяца.

На мероприятии приняли участие заместитель министра У.Юсупов и советник министра М.Пирожков, сотрудники исполнительного аппарата министерства, руководители подведомственных предприятий и работники служб антикоррупционного комплаенса.

Заместитель министра подчеркнул, что роль Конституции в развитии государства и общества, ее значение, основные понятия, которые служат прочной основой для построения в стране демократического государства и гражданского общества, а также достойного положения Узбекистана на международной арене.

Кроме того, он отметил, что в Узбекистане проводятся системные реформы во всех сферах жизни общества, в том числе в профилактике и борьбе с коррупцией, особое внимание уделяется устранению факторов, способствующих ее возникновению.

Также начальник отдела внутреннего контроля по борьбе с коррупцией Мингеологии Ш.Сагдуллаев проинформировал участников о проделанной работе в сфере противодействия коррупции в министерстве и его подведомственных предприятиях.

После этого сотрудники АО «Навоийский горно-металлургический комбинат», АО «Узметкомбинат», АО «Узбекгеологоразведка» и АО «Узбекгеофизика» как наиболее эффективные структуры в системе, получившие международные сертификаты соответствия требованиям по противодействию коррупции ISO 37001:2016, а также руководители внутренних структур антикоррупционного контроля АО «Алмалыкский горно-металлургический комбинат», ГУ «Университет геологических наук» за своевременное предупреждение факторов коррупционного характера и формирование нетерпимого отношения к коррупции среди работников, повышение правового сознания и культуры работников награждены памятными подарками.

#kongeologiya #mingeo #Konstitutsiya_kuni #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #aksilkorrupsiya_oyligi #ochiq_eshiklar_kuni #NKMK #OKMK #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekgeofizika #GFU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi va uning tizimosti korxonalari “Yong‘in xavfsizligi oyligi”da ishtirok etmoqda

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalar “Yong‘in xavfsizligi oyligi”da faol qatnashishmoqda.

Jumladan, noyabr – dekabr oylarida “NKMK” AJ, “OKMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ, “O‘zbekgeofizika” AJ, “Navoiyuran” DK, Geologiya fanlari universiteti, “O‘zbekko‘mir” AJ va boshqa korxonalarda turli tadbirlar o‘tkazildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Мингеологии и его подведомственные предприятия принимают активное участие в «Месяце пожарной безопасности»

Сотрудники Министерства горнодобывающей промышленности и геологии а также подведомственных предприятий принимают активное участие в «Месяце пожарной безопасности».

В частности, в ноябре – декабре были проведены различные мероприятия в АО «НГМК», АО «АГМК», АО «Узметкомбинат», АО «Узбекский комбинат технологических металлов», АО «Узбекгеологоразведка», АО «Узбекгеофизика», ГП «Навоийуран», Университет геологических наук, АО «Узбекуголь» и других предприятиях.

#kongeologiya #mingeo #yongin_xavfsizligi_oyligi #NKMK #OKMK #Navoiyuran #Ozmetkombinat #GFU #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekgeofizika #Ozbekkomir #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi korxonalari Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida faol ishtirok etmoqda

“O‘zekspomarkaz”da 10-dekabr kuni ochilgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bugun ham o‘z ishini davom ettirmoqda.

Mamlakatimizning yirik sanoat korxonalari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan yarmarkada “NKMK” AJ, “OKMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ, “Navoiyuran” DK kabi Kon-geologiya vazirligining tizimosti korxonalari qatnashmoqda.

13-dekabrga qadar davom etadigan sanoat yarmarkasining ikkinchi kuni ham korxona va tashkilotlar uchun bir qator hamkorlik shartnomalari, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga boy bo‘ldi.

🔹 🔹 🔹

💠 Подведомственные предприятия Мингеологии принимают активное участие в Республиканской межотраслевой промышленной ярмарке

Республиканская межотраслевая промышленная ярмарка, открывшаяся 10 декабря в «Узэкспоцентре», продолжает свою работу и сегодня.

В ярмарке, организованной с целью дальнейшего расширения межотраслевой промышленной кооперации между крупными промышленными предприятиями страны и местными производителями, принимают участие такие подведомственные предприятия Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, как АО «НГМК», АО «АГМК», АО «Узметкомбинат», АО «Узбекский комбинат технологических металлов», ГП «Навоийуран».

Второй день промышленной ярмарки, которая продлится до 13 декабря, также был богат на ряд соглашений о сотрудничестве, взаимовыгодных договоренностей для предприятий и организаций.

#kongeologiya #mingeo #Respublika_tarmoqlaraqaro_sanoat_yarmarkasi #NKMK #OKMK #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #Navoiyuran #Ozmetkombinat

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligining Yirik investitsiyalarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i K.Shukurjonov hamda “OKMK” AJ bosh muhandisining texnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari A.Saynazarov “O‘zbekiston 24” telekanalining “Studiya 24” dasturida ishtirok etishdi.

🔹 🔹 🔹

💠 Начальник отдела координации крупных инвестиций Мингеологии К.Шукуржанов и заместитель главного инженера АО «АГМК» по технологиям А.Сайназаров приняли участие в передаче «Studiya 24» телеканала «O‘zbekiston 24».

#kongeologiya #mingeo #Ozbekiston24 #Studiya24 #OKMK

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi delegatsiyasi tomonidan Londonda bir qator xalqaro moliyaviy institutlar vakillari bilan muzokaralar olib borildi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya vakillari xizmat safari bilan London shahrida bo‘ldi.

Tashrif davomida “SRK Consulting”, “Sustainable Fitch”, “Finasia Capital” va London fond birjasi hamda boshqa xalqaro moliyaviy institut hamda banklar rahbarlari bilan bir qator muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralarda davlat ishtirokidagi tog‘-kon sanoati korxonalarini transformatsiya qilish ishlari doirasida resurslarni xalqaro standartlar asosida baholash, ESG reytinglarini olish va yevroobligatsiyalarni chiqarish masalalarida hamkorlik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Делегация Министерства горнодобывающей промышленности и геологии провела переговоры в Лондоне с представителями ряда международных финансовых институтов

Делегация во главе заместителя министра горнодобывающей промышленности и геологии У.Юсупова побывали с деловым визитом в Лондоне.

В ходе визита был проведен ряд переговоров с руководителями SRK Consulting, Sustainable Fitch, Finasia Capital и Лондонской фондовой биржи, а также других международных финансовых институтов и банков.

На переговорах были достигнуты предварительные договоренности о сотрудничестве в вопросах оценки ресурсов на основе международных стандартов, получения рейтингов ESG и выпуска еврооблигаций в рамках работы по трансформации горнодобывающих предприятий.

#kongeologiya #mingeo #London_birjasi #ESG #SRK_Consulting #Sustainable_Fitch #Finasia_Capital #xalqaro_hamkorlik #NKMK #OKMK #Navoiyuran #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣 No comment: Kon-geologiya vazirligi korxonalarining Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasidagi ishtiroki haqida

📝📝📝

🗣 No comment: Об участии предприятий Мингеологии в Республиканской межотраслевой промышленной ярмарке

#kongeologiya #mingeo #Respublika_tarmoqlaraqaro_sanoat_yarmarkasi #NKMK #OKMK #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #Navoiyuran #Ozmetkombinat #nocomment #sarhisob_2024

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 OKMK konlarida Texnogen seysmiklikni monitoring qilish tizimi joriy etildi

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tasarrufidagi Qalmoqqir va “Yoshlik-1” konlari hududida qattiq foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq yer qobig‘ining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hamda texnogen zilzilalarni monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur monitoring qilish tizimi orqali qattiq foydali qazilmalar qazib olinadigan hududlarda texnogen seysmiklik namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va qazib olish ishlari bilan bog‘liq seysmik hodisalarni o‘rganiladi.

Sezuvchanligi yuqori bo‘lgan seysmostansiyalarning lokal tarmog‘ini yaratish, seysmik rejim parametrlari bazasini o‘rganish hamda geofizik kuzatuvlar natijalarini tahlil qilish yordamida monitoring hududini deformatsion kuchlanishi o‘zgarishlarini prognoz qilish ushbu tizimning asosiy maqsadi sanaladi.

Monitoring tizimini ishga tushirish maqsadida, Qalmoqqir va “Yoshlik-1” konlari hududida 4 ta seysmik va 1 ta magnitometrik kuzatuv stansiyalaridan iborat lokal kuzatuv tarmog‘i yaratildi.

Shuningdek, mazkur hududda 9 ta o‘lchov nuqtasidan iborat magnitometrik profil o‘lchovlari tashkil etildi. Seysmik va geofizik kuzatuvlar davom ettirilmoqda.

🔹 🔹 🔹

💠 Внедрена система мониторинга техногенной сейсмичности рудников АГМК

На территории рудников «Кальмакыр» и «Ёшлик I» АГМК налажена система мониторинга напряженно-деформированного состояния земной коры и техногенных землетрясений, связанных с добычей твердых полезных ископаемых.

Данная система направлена на выявление особенностей техногенной сейсмичности в регионах добычи твердых полезных ископаемых и изучение сейсмических процессов.

Ее основная цель — создание локальной сети высокочувствительных сейсмостанций, изучение базы параметров сейсмического режима, прогнозирование изменений деформационного напряжения территории при помощи анализа результатов на основе геофизических данных.

В целях запуска системы мониторинга на территории рудников «Кальмакыр» и «Ёшлик I» создана локальная сеть наблюдения, состоящая из 4 станций сейсмического и 1 магнитометрического наблюдения. Также созданы измерения магнитометрического профиля, состоящего из 9 измерительных точек.

Сейсмические и геофизические наблюдения в настоящее время продолжаются.

#kongeologiya #mingeo #OKMK #Qalmoqqir #Yoshlik_1 #Texnogen_seysmiklikni_monitoring_qilish_tizimi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalarida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, loyihalar sarhisobi haqida infografika

🔹 🔹 🔹

💠 Инфографика о проделанных работах и реализованных проектах в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан и его подведомственных предприятиях в 2024 году

#kongeologiya #mingeo #sarhisob_2024 #infografika #NKMK #OKMK #Navoiyuran #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #TMZ #Ozmetkombinat #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekgeofizika #Ozbekkomir #geologiya_qidiruv_ishlari

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM