Vazirlik boshqarma boshlig‘i M.Bolibekov, “Mineral resurslar instituti” DM direktori M.Isoqov Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tayotgan Astana Mining & Metallurgy 15-yubiley Xalqaro kon-metallurgiya kongressida ishtirok etmoqda.
Kon-metallurgiya sohasida dolzarb muammolar va strategik yo‘nalishlarga bag‘ishlangan tadbir doirasida xalqaro ko‘rgazma ham tashkil etilgan, unda dunyoning 13 mamlakatidan 40 dan ziyod kompaniyalar kon-metallurgiya mahsulotlari bilan qatnashmoqda.
Vazirlik delegatsiyasi vakili “Xalqaro hamkorlik: Geologiya xizmatlari yig‘ilishi” 1-panel sessiyasida O‘zbekistonning kon-geologiya sohasidagi yutuqlariga bag‘ishlangan taqdimot qildi.
Начальник управления министерства М.Болибеков, директор ГУ «Институт минеральных ресурсов» М.Исаков принимает участие в 15-м юбилейном международном горно-металлургическом конгрессе Astana Mining & Metallurgy в Астане, Казахстан.
В рамках мероприятия, посвященного актуальным проблемам и стратегическим направлениям в горно-металлургической отрасли, также организована международная выставка, в которой принимают участие более 40 компаний из 13 стран мира с продукцией горно-металлургической отрасли.
На 1-й панельной сессии «Международное партнерство: заседание геологических служб стран-партнеров» представитель делегации Министерства выступил с презентацией, посвященной достижениям Узбекистана в области горно-геологической отрасли.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Astana_Mining_Metallurgy #MRI
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 5-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, vazirlik mutasaddilari hamda Schlumberger Oil and Gas Technologies B.V. kompaniyasi bosh direktori Olivye Le Pyosh boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda burg‘ilash uskunalari, qatlamlarni baholash, ishlab chiqarishni optimallashtirish, raqamli texnologiyalar, sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar malakasini oshirish borasida kelgusidagi hamkorlik masalalari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, neft-gaz geologiyasi hamda qidiruvi, uglevodorod xomashyosi yo‘nalishi, “O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.
5 июня 2025 года состоялась встреча министра горнодобывающей промышленности и геологии Б. Исламова, ответственных сотрудников министерства и делегации во главе с генеральным директором компании Schlumberger Oil and Gas Technologies B.V. Оливье Ле Пешем.
В ходе встречи были обсуждены вопросы дальнейшего сотрудничества в сфере бурового оборудования, оценки пластов, оптимизации добычи, цифровых технологий, а также повышения квалификации специалистов, работающих в отрасли.
Кроме того, состоялся обмен мнениями по вопросам нефтегазовой геологии и разведки, углеводородного сырья, а также деятельности, осуществляемой АО «Узбекгеофизика».
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Schlumberger_Oil_and_Gas_Technologies_BV #uchrashuv #Ozbekgeofizika
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Navoiyuran” davlat korxonasida xalqaro ISO 37001 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti” va ISO 37301 “Komplayens menejmenti” tizimlari boʻyicha standartlar joriy etildi va ularning talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatlashtirish auditi muvaffaqiyatli yakunlandi.
“CERT International” xalqaro sertifikatlash tashkilotining bosh auditori R.Ibragimov mazkur standartlar boʻyicha sertifikatlarni “Navoiyuran” davlat korxonasi Bosh direktori Dj.Fayzullayevga topshirdi va korxona jamoasining ESG sohasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholab, kelgusidagi loyihalarda muvaffaqiyatlar tiladi.
Sertifikatlar korxonada korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan samarali boshqaruv tizimi mavjudligini hamda komplayens-menejment sohasidagi jahon andozalariga muvofiq ravishda ish yuritilayotganini koʻrsatadi.
Bunga qadar “Navoiyuran” DK tomonidan beshta ISO xalqaro standarti — ISO 9001 “Sifat menejmenti”, ISO 14001 “Ekologik menejmenti”, ISO 45001 “Mehnatni muhofazasi va texnika xavfsizligini taʼminlash menejmenti”, ISO 27001 “Axborot xavfsizligi menejmenti” va ISO 50001 “Energetika menejmenti” amaliyotga joriy qilingan va tegishli sertifikatlar qoʻlga kiritilgan edi.
В ГП «Навоийуран» внедрены стандарты по международным системам ISO 37001 «Антикоррупционный менеджмент» и ISO 37301 «Управление комплаенсом» и успешно завершен сертификационный аудит, подтверждающий их соответствие требованиям.
Генеральный аудитор CERT International certification Р.Ибрагимов вручил сертификаты по этим стандартам генеральномуо директору государственного предприятия «Навоийуран» Дж.Файзуллаеву и высоко оценил усилия команды предприятия в области ESG и пожелал успехов в дальнейших проектах.
Сертификаты свидетельствуют о наличии в организации эффективной системы управления, направленной на выявление, предотвращение и устранение коррупционных рисков, а также о ведении деятельности в соответствии с международными стандартами в области комплаенс-менеджмента.
До этого ГП «Навоийуран» внедрил в практику пять международных стандартов ISO — ISO 9001 «Менеджмент качества», ISO 14001 «Экологический менеджмент», ISO 45001 «Менеджмент по охране труда и технике безопасности», ISO 27001 «Менеджмент информационной безопасности» и ISO 50001 «Энергетический менеджмент» и получил соответствующие сертификаты.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Navoiyuran #ISO_37001 #ISO_37301 #CERT_International
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 9-iyun kuni O‘zbekiston–Slovakiya biznes forumi doirasida vazir o‘rinbosari U.Yusupov Slovakiyaning bir qator kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Elteco Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvda energetika sohasida qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar, xususan, avtonom energiya ta’minoti, uzluksiz quvvat manbalari (UPS), quvvat konvertorlari va batareya tizimlari bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Slovakiyaning OFZ kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etilib, unda ferroqotishmalar, ayniqsa, marganets asosidagi qotishmalar hamda muhim xomashyolar yetkazib berish bo‘yicha fikr almashildi.
9 июня текущего года в рамках Узбекско–Словацкого бизнес-форума заместитель министра У.Юсупов провел переговоры с представителями ряда словацких компаний.
На встрече с представителями компании Elteco Group обсуждались возможности сотрудничества в области современных технологий, используемых в энергетическом секторе, в частности, автономного энергоснабжения, источников бесперебойного питания (UPS), силовых преобразователей и аккумуляторных систем.
Также была организована встреча с представителями словацкой компании OFZ, на которой состоялся обмен мнениями по поставкам ферросплавов, особенно сплавов на основе марганца, а также стратегически важных сырьевых материалов.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Ozbekiston_Slovakiya_biznes_forumi #Elteco_Group #OFZ #muzokaralar #uchrashuv
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 9-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazir o‘rinbosari R.Yusupov In2Metals hamda Endeavour Mining kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Dastlab, tomonlar In2Metals kompaniyasi bilan olib borilayotgan hamkorlikdagi loyihalar yuzasidan fikr almashdi.
Mehmonlar Toshkent Xalqaro Investitsiya forumi har bir soha uchun o‘ta muhimligi qayd etdi, shuningdek Endeavour Mining kompaniyasi vakillari amalga oshirilayotgan loyihalar, o‘z salohiyati haqida maʼlumot berib o‘tdi.
9 июня 2025 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии заместитель министра Р.Юсупов провел встречу с представителями компаний In2metals и Endeavour Mining.
Первоначально стороны обменивались мнениями относительно совместных проектов, которые ведутся с In2Metals.
Гости отметили чрезвычайную важность Ташкентского международного инвестиционного форума для каждой отрасли, а также представители Endeavour Mining рассказали о реализуемых проектах и о деятельности компании.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #In2Metals #Endeavour_Mining #Toshkent_investitsiya_forumi
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy Osiyo ko‘rgazma markazida (CAEx) o‘tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi davomida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tarmoq korxonalari xalqaro ekspertlar va forum ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi.
Xususan, ko‘rgazmlarda “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ, “Navoiyuran” DK hamda “O‘zmetkombinat” AJ stendlari bilan ishtirok etishdi.
В ходе Ташкентского международного инвестиционного форума, проходящего в центральноазиатском выставочном центре (CAEx), подведомственные предприятия Министерства горнодобывающей промышленности и геологии оказались в центре внимания международных экспертов и участников форума.
В частности, на выставке приняли участие стенды АО «Навоийский горно-металлургический комбинат», АО «Алмалыкский горно-металлургический комбинат», АО «Узбекский комбинат технологических металлов», ГП «Навоийуран» и АО «Узметкомбинат».
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #TXIF_2025 #korgazma #CAEX #NKMK #OKMK #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #Navoiyuran #Ozmetkombinat
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston muhim xomashyolar uchun strategik xab sifatida: qiymat zanjiri bo‘yicha investitsiyaviy imkoniyatlar” panel sessiyada Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev ishtirok etdi.
Sessiyada O‘zbekistonning boy mineral bazasi va strategik joylashuvi uni muhim xomashyo uchun rivojlanayotgan markazga aylantirishi hamda mamlakat tog‘-kon sanoatidan tortib, ishlab chiqarishgacha bo‘lgan qo‘shilgan qiymat zanjirida o‘sib borayotgan investitsiyaviy imkoniyatlar muhokama qilindi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari o‘z nutqida YTTB ekspertlari bilan hamkorlikda “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” yangi tahrirdagi qonun ishlab chiqilgani, qabul qilingani bu orqali qonunchilik bazasi sezilarli darajada mustahkamlanganini va “prezidentning xalqaro forumdagi tashabbusi bilan keyingi 10 yil ichida kompaniyalarga qaytariladigan foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun maxsus soliq pozitsiyani yanada raqobatbardosh qilishini” ta’kidladi.
Shuningdek, panel sessiya davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan savol-javob va muhokamalar olib bordi.
Первый заместитель министра горнодобывающей промышленности и геологии О.Насритдинходжаев принял участие на панельной сессии «Узбекистан как стратегический хаб для важных сырьевых ресурсов: инвестиционные возможности по цепочке добавленной стоимости» проведенной в рамках Ташкентского международного инвестиционного форума.
На панельной сессии участники обсудили потенциал и перспективные проекты по минеральной базе страны, а также провели оживленную беседу о путях усиления роли Узбекистана в глобальных цепочках поставок. Были озвучены планы на ближайшую перспективу и представлена информация о работе, проводимой на практике.
Первый заместитель министра также отметил, что благодаря сотрудничеству, в частности с экспертами ЕБРР, законодательная база страны значительно укрепилась с принятием нового закона «О недрах», а «инициатива президента о специальном налоге на права добычи полезных ископаемых, который будет возвращаться компаниям в течение следующих 10 лет, сделает нашу позицию более конкурентоспособной».
В ходе панельной сессии участники обменялись мнениями по теме и ответили на вопросы аудитории.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #TXIF_2025 #panel_sessiyasi #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #tashabbuslar #qonunchilik #YTTB #Yer_qari_togrisidagi_qonun
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda China General Nuclear Power Corporation kompaniyasi raisi Ya Chanli boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbir davomida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar haqida fikr almashildi.
Министр горнодобывающей промышленности и геологии Б.Исламов вместе с представителями министерства провел встречу с делегацией во главе с председателем China General Nuclear Power Corporation Я Чанли.
В ходе мероприятия состоялся обмен мнениями об укреплении международного сотрудничества, привлечении инвестиций в отрасль, последовательных реформах в горнодобывающей промышленности и геологии.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #CGNPC
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Yaponiyaning Sumitomo Corporation kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, Mahalliylashtirish markazi va Sumitomo Corporation o‘rtasida loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikni mustahkamlash haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, Sumitomo Corporation vakillari tomonidan kompaniya faoliyati, ishlab chiqariluvchi mahsulotlar yuzasidan taqdimot qilindi.
В Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии состоялась встреча с делегацией японской компании Sumitomo Corporation.
На встрече речь шла о реализации проектов, укреплении сотрудничества между АО «НГМК», ГП «Навоийуран», Центром локализации и Sumitomo Corporation.
Представители Sumitomo Corporation также представили информацию о деятельности компании, производимой продукции.
#kongeologiya #mingeo #Navoiyuran #NKMK #TKSMSKRIAM #xalqaro_hamkorlik #Sumitomo_Corporation
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 18-iyun kuni Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari U. Yusupov Moʻgʻulistonning “Steppe Kuper” kompaniyasi vitse-prezidenti Badarch Enxbat hamda kompaniya rahbari maslahatchisi Ochir Ochirjav bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Kon-geologiya vazirligiga qarashli korxonalar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, metallurgiya sanoati, qayta tiklanuvchi energetika yo‘nalishlari hamda “Uzbek Overseas Geology Company” MChJning Moʻgʻulistondagi vakolatxonasi faoliyati boʻyicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
18 июня 2025 года заместитель министра горнодобывающей промышленности и геологии У. Юсупов провёл встречу с вице-президентом монгольской компании «Степпе Купер» Бадарчем Энхбатом и советником руководителя компании Очиром Очиржавом.
В ходе встречи обсуждены вопросы развития двустороннего сотрудничества и реализации совместных проектов с предприятиями, входящими в систему Мингеологии.
Стороны также обменялись мнениями по вопросам взаимодействия в сфере металлургического производства, возобновляемой энергетики, а также по деятельности представительства ООО «Uzbek Overseas Geology Company» в Монголии.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Steppe_kuper #Uzbek_overseas_geology_company #loyihalar #uchrashuv
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM