Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
12.2K subscribers
14.5K photos
992 videos
65 files
5.24K links
Download Telegram
💠 Kon-geologiya vazirligi va NDKTU vakillari Frayberg konchilik akademiyasi faoliyati bilan tanishishdi

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti vakillari Germaniyaning “Frayberg konchilik akademiyasi” texnika universitetida bo‘lishdi.

Uchrashuvda xorijiy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan maqsadli yo‘nalishlarda PhD kadrlar tayyorlash, ilmiy stajirovkalar tashkil qilish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Shuningdek, Yevropa Komissiyasi “Erasmus+” dasturi tomonidan moliyalashtirilgan Ekologik qazib olish va tabiiy resurslarni innovatsion boshqarish sohasidagi 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan xalqaro grant loyihasi muhokama qilindi.

🔹 🔹 🔹

💠 Представители Мингеологии и НГГТУ ознакомились с деятельностью Фрайбергской горной академии

Должностные лица Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан и представители Навоийского государственного горно-технологического университета посетили Технический университет Германии «Фрайбергская горная академия».

В ходе встречи были проведены переговоры с руководством зарубежного образовательного учреждения по таким вопросам, как подготовка PhD по целевым направлениям, организация научных стажировок.

Также обсуждался международный грантовый проект на 2023-2026 годы в сфере экологической добычи и инновационного управления природными ресурсами, финансируемый программой Европейской Комиссии «Erasmus+».

#kongeologiya #mingeo #NDKTU #xalqaro_hamkorlik

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Kon-geologiya sohasi uchun kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, bu yoʻnalishda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik masalalari” mavzusida brifing

Batafsil

🔹 🔹 🔹

💠 Брифинг на тему «Подготовка кадров для горнодобывающей промышленности и геологии, повышение их квалификации, вопросы сотрудничества с зарубежными странами в этом направлении».

#kongeologiya #mingeo #brifing #GFU #MISIS_Olmaliq_filiali #NDKTU #Ozbekiston_telekanali

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Iyun – iyul oylarida Yoshlar oyligi doirasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimosti korxona va tashkilotlarida konferensiyalar, sport musobaqalari, intellektual bellashuvlar, kibersport bo‘yicha turnirlar hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkazildi

🔹 🔹 🔹

💠 В июне-июле в рамках Месяца молодежи на подведомственных предприятиях и организациях Мингеологии прошли конференции, спортивные соревнования, интеллектуальные состязания, киберспортивные турниры и встречи «Руководитель и молодежь».

#kongeologiya #mingeo #Yoshlar_oyligi #NKMK #OKMK #Ozmetkombinat #Navoiyuran #NDKTU #GGI #MRI #GFU #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekgeofizika

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Iyun – iyul oylarida Yoshlar oyligi doirasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimosti korxona va tashkilotlarida konferensiyalar, sport musobaqalari, intellektual bellashuvlar, kibersport bo‘yicha turnirlar hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkazildi

🔹 🔹 🔹

💠 В июне-июле в рамках Месяца молодежи на подведомственных предприятиях и организациях Мингеологии прошли конференции, спортивные соревнования, интеллектуальные состязания, киберспортивные турниры и встречи «Руководитель и молодежь».

#kongeologiya #mingeo #Yoshlar_oyligi #NKMK #OKMK #Ozmetkombinat #Navoiyuran #NDKTU #GGI #MRI #GFU #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekgeofizika

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 NDKTU hamda Xitoy konchilik va texnologiyalar universiteti “2+2” ta’lim dasturi

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Xitoy konchilik va texnologiyalar universiteti hamkorligida Kimyo muhandisligi hamda Konchilik ishi yo‘nalishlarida “2+2” qo‘shma ta’lim dasturi asosida qabul boshlandi.

Dastur ishtirokchilari ta’limning 1-, 2-bosqichida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 3-, 4-bosqichida esa Xitoyda tahsil oladi. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga ikkala universitetning diplomlari topshiriladi.

🔹 🔹 🔹

💠 Образовательная программа «2+2» в НГТУ и Китайского горно-технологического университета

В Навоийском государственный горно-технологическом университете начата совместная образовательная программа «2+2» по направлениям «Химическая инженерия» и «Горное дело» в сотрудничестве с Китайским горно-технологическим университетом.

Участники программы будут учиться в Навоийском государственном горно-технологическом университете на 1-м и 2-м, а также в Китае на 3-м и 4-м курсах. Успешно окончившим программу студентам будут вручены дипломы двух университетов.

#kongeologiya #mingeo #NDKTU #xalqaro_hamkorlik #Xitoy_DKTU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya sohasi xodimi orden bilan mukofotlandi

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyining ijrochi direktori Tadjitdinova Feruza Raxmankulovna Prezident Farmoniga muvofiq II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi jamoasi faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan ta’lim sohasining barcha xodimlari, ustoz-murabbiylarning sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!

🔹 🔹 🔹

💠 Сотрудник сферы горнодобывающей промышленности и геологии награжден орденом

Указом Президента Республики Узбекистан исполнительный директор академического лицея при Навоийском государственном горно-технологическом университете Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Таджитдинова Феруза Рахманкуловна, награждена орденом «Соғлом авлод учун» II степени.

От имени коллектива Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан желаем успехов в почетном труде всем работникам сферы образования, наставникам, преподавателям, награжденным почетными званиями, орденами и медалями!

#kongeologiya #mingeo #Prezident_Farmoni #orden #NDKTU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 NDKTU va O‘zbekiston texnologik metallar kombinati o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

Toshkent shahrida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” aksiyadorlik jamiyati rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar birgalikda yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida Ilmiy texnologik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bitim imzolandi.

🔹 🔹 🔹

💠 Подписано соглашение о сотрудничестве между НГГТУ и АО «Узбекский комбинат технологических металлов»

Состоялась встреча руководителей Навоийского государственного горно-технологического университета и акционерного общества «Узбекистанский комбинат технологических металлов».

Стороны обсудили приоритетные направления совместной реализации новых инновационных проектов, проведения совместных научных исследований и дальнейшего расширения взаимовыгодного взаимодействия.

По итогам встречи было подписано соглашение о расширении научно-технологического сотрудничества.

#kongeologiya #mingeo #NDKTU #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #hamkorlik

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Xatirchi tumanida tadbirkorlar bilan muloqot tashkil qilindi

2024-yil 8-noyabr kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yer qa’ridan ruxsatnoma asosida foydalanuvchilar, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutaxassislari, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM, Geologiya fanlar universiteti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rahbariyati va olimlar ishtirokidagi davra suhbatida sohadagi o‘zgarishlar va islohotlar haqida taqdimot qilindi.

Tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak berish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish uchun xomashyo bazasini shakllantirish zarurligi, ilm-fan yutuqlari, muhandislik ishlanmalarini tatbiq qilish kabi muhim masalalar qayd etildi.

Shuningdek, tadbirda ruxsatnoma, tabiiy pardozbop va qurilish toshlarini qazib olish hamda oltin izlovchilar usulida qazib olishga oid masalalar yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi, tadbirkorlarni qiynayotgan muammoli masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.

Vazirlik mas’ullari va mutaxassislarning Navoiy viloyatiga xizmat safari davom etmoqda.

🔹 🔹 🔹

💠 В Хатырчинском районе организована встреча с предпринимателями

8 ноября 2024 года в Хатырчинском районе Навоийской области состоялся «круглый стол» с недропользователями и предпринимателями.

На круглом столе с участием специалистов Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, руководства ГУ «Центр пользования недрами», Университета геологических наук, Навоийского государственного горно-технологического университета и ученых была представлена презентация об изменениях и реформах в отрасли.

Отмечены такие важные вопросы, как оказание всесторонней поддержки предпринимателям, создание новых рабочих мест, необходимость формирования сырьевой базы для производства, достижения науки, внедрение инженерных разработок.

Специалисты подробно ответили на вопросы участников, касающиеся выдачи разрешений, добычи природного чистого и строительного камня, добычи золота золотоискателями, а также приняли меры по решению проблемных вопросов, волнующих предпринимателей.

Поездка ответственных лиц и специалистов в Навоийскую область продолжается.

#kongeologiya #mingeo #YQFM #GFU #NDKTU #davra_suhbati #tadbirkorlar #Navoiy_viloyati #Xatirchi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Navoiy viloyatining Nurota, Konimex, Qiziltepa, Navbahor tumanlari va G‘ozg‘on shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkillashtirildi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Geologiya fanlar universiteti, Navoiy Davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi vakillarining Navoiy viloyatidagi xizmat safari doirasida Nurota, Konimex, Qiziltepa, Navbahor tumanlari hamda G‘ozg‘on shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar va muloqotlar davomida yer qa’ri foydalanuvchilari, noruda xomashyo qazib olib, qurilish materiallari ishlab chiqarayotgan tadbirkorlar, hududlarda ruxsatnoma asosida yer qa’ridan foydalanayotgan korxonalar rahbarlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan taqdimotlar qilindi.

Tadbirlarda vazirlik va uning tizimosti korxonalarining rahbarlari tomonidan sohaga ilm-fan yututqlarini keng tatbiq etish takliflari berildi, tadbirkorlarning muammoli masalalarini tezkor hal qilish choralari ko‘rildi.

🔹 🔹 🔹

💠 В Нуратинском, Конимехском, Кызылтепинском, Навбахорском районах и городе Газган Навоийской области организованы встречи с предпринимателями

В рамках рабочей поездки в Навоийскую область представителей Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, Университета геологических наук, Навоийского государственного горно-технологического университета, ГУ «Центр пользования недрами», Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии были проведены встречи с предпринимателями в Нуратинском, Конимехском, Кызылтепинском, Навбахорских районах и в городе Газган.

В ходе встреч и диалогов были сделаны презентации по вопросам, интересующим недропользователей, предпринимателей, добывающих сырье и производящих строительные материалы, руководителей предприятий, пользующихся недрами в регионах на основании разрешения.

На мероприятиях руководителями министерства и его подведомственных предприятий даны предложения по широкому внедрению достижений науки в проводимые работы, приняты меры по оперативному решению проблемных вопросов предпринимателей.

#kongeologiya #mingeo #YQFM #TKSGSNQI #GFU #NDKTU #davra_suhbati #tadbirkorlar #Navoiy_viloyati #Qiziltepa #Nurota #Konimex #Gozgon #Navbahor

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Tomdi, Uchquduq, Karmana tumanlari hamda Zarafshon shahrida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi

Joriy yilning 12 – 13-noyabr kunlari Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Karmana tumanlari hamda Zarafshon shahrida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, yer qa’ri foydalanuvchilari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbirlarda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mas’ullari, Geologiya fanlari universiteti, Navoiy Davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rahbariyatlari, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi vakillari sohadagi ijobiy o‘zgarishlar, islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar, ilm-fan yutuqlari, muhandislik ishlanmalarini geologiya va tog‘-kon sanoati sohasiga tatbiq qilish haqida taqdimotlar qilishdi.

Shuningdek, tadbirkorlarni, viloyatda faoliyat olib borayotgan ruxsatnoma asosida ishlovchi yer qa’ri foydalanuvchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Dolzarb masalalar yechimi yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

🔹 🔹 🔹

💠 Организованы встречи с субъектами предпринимательства в Тамдынском, Учкудукском, Карманинском районах, а также в городе Зарафшан

12-13 ноября текущего года в Тамдынском, Учкудукском, Карманинском районах и в городе Зарафшан Навоийской области были организованы встречи, круглые столы с предпринимателями и недропользователями.

В мероприятиях ответственные лица Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, руководства Университета геологических наук, Навоийского государственного горно-технологического университета, представители ГУ «Центр пользования недрами», Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии проинформировали о позитивных изменениях в отрасли, реформах в законодательстве, выступили с презентациями на тему применение в горнодобывающей промышленности достижений науки и инженерных разработок.

Также были даны ответы на вопросы, интересующие предпринимателей, недропользователей, работающих в регионе. Были заслушаны предложения и инициативы по решению актуальных вопросов.

#kongeologiya #mingeo #YQFM #TKSGSNQI #GFU #NDKTU #davra_suhbati #tadbirkorlar #Navoiy_viloyati #Zarafshon #Uchquduq #Tomdi #Karmana

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Zarafshon shahrida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining doimiy vakili faoliyat yuritmoqda

Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi bosh inspektori A.Abdushukurov Zarafshon shahri, Tomdi va Uchquduq tumanlarida tadbirkorlik subyektlariga yer qa’ridan foydalanish sohasi bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish, yer osti boyliklaridan foydalanishda huquqbuzarliklarni tezkor aniqlash, oldini olish va profilaktika o‘tkazish maqsadida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Zarafshon shahridagi doimiy vakili etib tayinlangan.

Inspeksiya vakili Zarafshon shahar hokimligi binosida ishlarni muvofiqlashtirib bormoqda.

Xususan, joriy yilning noyabr oyida Tomdi, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahrida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar hamda yer qa’ri foydalanuvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida “Billur Kvarts” MChJga “Altintau” kvarts-kaolin konining 2-3-4-uchastkalarida olib borilgan qo‘shimcha o‘rganishlar yakuni bo‘yicha Inspeksiyaning tegishli xulosasini olishida amaliy yordam berildi.

🔹 🔹 🔹

💠 В городе Зарафшан работает постоянный представитель Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии

Главный инспектор Кызылкумской горно-технической инспекции А.Абдушукуров назначен постоянным представителем Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии в городе Зарафшан в целях оказания государственных услуг в сфере недропользования субъектам предпринимательства, оперативного выявления, предупреждения и профилактики правонарушений в сфере недропользования в г. Зарафшан, Томдинском и Учкудукском районах.

Представитель инспекции координирует работу в здании хокимията города Зарафшан.

В частности, во время встреч с предпринимателями и недропользователями, осуществляющими деятельность в Томдинском, Учкудукском районах и городе Зарафшан, ООО «Billur Kvarts» оказана практическая помощь в получении соответствующего заключения инспекции по итогам дополнительных исследований, проведенных на участках 2-3-4 кварц каолинового месторождения «Алтынтау».

#kongeologiya #mingeo #YQFM #TKSGSNQI #GFU #NDKTU #davra_suhbati #tadbirkorlar #Navoiy_viloyati #Tomdi #Zarafshon #Uchquduq #Qizilqum_kon_texnika_inspeksiyasi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Xatirchida GFU va NDKTU rektorlari hamda ilmiy xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida Tog‘-kon va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektorlari, olimlar va ilmiy xodimlar, tuman hokimligi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv tumanning mineral xomashyo resurslaridan samarali foydalanish, yangi istiqbolli maydonlarni o‘rganish, investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha davra suhbati tarzida o‘tdi, universitetlar vakillari tomonidan istiqbolli foydali qazilmalar bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

Tuman hokimiyati mutasaddi rahbarlari va tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.

🔹 🔹 🔹

💠 В Хатырчинском районе состоялась встреча с участием ректоров и научных сотрудников УГН и НГГТУ

В Хатырчинском районе Навоийской области состоялось совещание с участием ректоров Университета геологических наук и Навоийского государственного горно-технологического университета, ученых и научных сотрудников, руководителей хакимията района.

Встреча прошла в формате круглого стола по вопросам эффективного использования минерально-сырьевых ресурсов района, изучения новых перспективных месторождений, улучшения инвестиционного климата, представителями вузов были сделаны презентации перспективных полезных ископаемых.

Руководители районных органов власти и участники обменялись мнениями по интересующим их вопросам.

#kongeologiya #mingeo #GFU #NDKTU #Xatirchi #uchrashuv #taqimot #Navoiy_viloyati

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi va tizimdagi tashkilotlar tomonidan 2024-yil davomida murojaatlarning ko‘rib chiqilishi haqida ma’lumot

2024-yil davomida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda tashkiliy tuzilma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga jami 14657 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 4629 tasi og‘zaki, 2956 tasi yozma, 497 tasi elektron murojaatlar.

Prezident virtual qabulxonasi orqali jami 3931 ta, ishonch telefonlarida 2523 ta hamda veb-saytlar orqali 121 ta murojaat qabul qilingan.

Nazoratga olingan murojaatlarning ko‘rib chiqish holatlari bo‘yicha statistikada 95,1 foizi qanoatlantirilgan va tushuntirishlar berilgan, 0,7 foizi takroriy, 1,8 foizi rad etilgan, 0,3 foizi ko‘rmasdan qoldirilgan va 2 foizi tugatilgan.

🔹 🔹 🔹

💠 Информация о рассмотрении обращений Мингеологией и подведомственными организациями в течение 2024 года

В течение 2024 года в Министерство горнодобывающей промышленности и геологии и в подведомственные организации поступило в общей сложности 14 657 обращений. Из них 4629 устных, 2956 письменных и 497 электронных обращений.

Всего было получено 3931 обращение через Виртуальную приемную Президента, 2523 по горячим линиям и 121 через веб-сайты организаций.

Статистика рассмотрения взятых на контроль обращений: 95,1% удовлетворены и получили разъяснения, 0,7% являются повторными, 1,8% были отклонены, 0,3% оставлены без рассмотрения, а 2% прекращены.

#kongeologiya #mingeo #sarhisob_2024 #infografika #murojaatlar #NKMK #OKMK #Navoiyuran #Shargunkomir #YQFM #Ozmetkombinat #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekgeofizika #Ozbekkomir #TKSGSNQI #Ozbekgidrogeologiya #GFU #NDKTU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM