Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
11.7K subscribers
14.6K photos
997 videos
65 files
5.25K links
Download Telegram
💠 JOGMEC korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2024 yil 5 dekabr kuni Kon-geologiya vaziri oʻrinbosarlari A. Kadirxodjayev hamda U. Yusupov Yaponiyaning JOGMEC korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

Yaponiya – Oʻzbekiston oʻrtasidagi aloqalar rivojlanayotgani, xususan JOGMEC korporatsiyasi bilan amalga oshirilayotgan loyiha yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasida oʻzaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish 2025-yil uchun ikki tomonlama ish reja va dastalbki “yoʻl xarita” loyihasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

🔹 🔹 🔹

💠 Состоялась встреча с представителями корпорации JOGMEC

5 декабря 2024 года заместители министра А.Кадирходжаев и У.Юсупов провели встречу с представителями японской корпорации JOGMEC.

Состоялся обмен мнениями о развитии связей между Японией и Узбекистаном, в частности о реализуемом проекте с корпорацией JOGMEC.

В завершение встречи были обсуждены вопросы разработки двустороннего плана работы и предварительного проекта «дорожной карты» на 2025 год, который выведет взаимодействие между сторонами на новый уровень.

#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #JOGMEC #uchrashuv

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Yite Holdings kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

2024-yil 11-dekabr kuni Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida vazir oʻrinbosari U.Yusupov boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasining “Yite Holdings” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo togʻ-kon sanoati 3-xalqaro kongressi hamda koʻrgazmasi yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Muzokaralarda istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Состоялась встреча с представителями Yite Holdings

11 декабря 2024 года заместитель министра горнодобывающей промышленности и геологии У.Юсупов встретился с представителями компании YITE Holdings (Китайская Народная Республика).

На встрече было отмечено, что 3-й Международный конгресс и выставка Горнорудная промышленность Узбекистана и Центральной Азии расширяют возможности реализации новых инвестиционных проектов.

В ходе переговоров состоялся обмен мнениями по реализации перспективных инициатив.

#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Yite_Holdings #uchrashuv

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Muhim xomashyo sektoridagi muammolar muhokama etildi

2024-yil 17-dekabr kuni Toshkentda “Muhim xomashyo sektoridagi xatarlarni yumshatish, Markaziy Osiyoda “yashil” manbalarga o‘tish va o‘sishni rag‘batlantirish bo‘yicha mintaqaviy maslahatlashuvlar” o‘tkazildi.

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov, BMTning Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokistondagi mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston vakillari ishtirok etishdi.

Maslahatlashuvlar 5 ta sessiyaga bo‘lingan holda tashkil qilinib, ularda ishtirokchilar muhim xomashyo materiallari sohasidagi tashabbuslar, Markaziy Osiyoda mazkur sohadagi imkoniyatlar, ekologik, ijtimoiy va boshqaruv risklari, mintaqadagi muammolarni hal etish yuzasidan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashilmoqda.

💠 Обсуждены проблемы в секторе критически важных сырьевых материалов

17 декабря 2024 года в Ташкенте проходят региональные консультации на тему «Региональные консультации Снижение рисков в секторе критически важных сырьевых материалов для содействия «зеленому» переходу и росту в Центральной Азии».

В мероприятии приняли участие заместитель министра горнодобывающей промышленности и геологии У.Юсупов, региональный представитель ООН по Афганистану, Центральной Азии, Ирану и Пакистану Оливер Штольпе, а также представители Казахстана, Кыргызской Республики и Туркменистана.

Консультации организованы в формате пяти сессий, в рамках которых участники обсудят инициативы в сфере критически важного сырья, возможности Центральной Азии в данной области, экологические, социальные и управленческие риски, а также укрепление сотрудничества для решения региональных проблем.

#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #kritik_metallar #Markaziy_Osiyo #BMT #tadbir

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi, “O‘zbekgidrogeologiya” hamda “GIDROINGEO” DM vakillari Turkiya tajribasini o‘rganishmoqda

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “O‘zbekgidrogeologiya” DM va “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM xodimlari Turkiyaning Konya viloyatida burg‘i quduqlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlash bo‘yicha xizmat safarida bo‘ldilar.

Xizmat safari mobaynida Konya viloyatida suv hisoblagichlarning ishlab chiqarish, gidrogeologiyada raqamlashtirish, quduqlarga o‘rnatilgan suv hisoblagichlar texnologiyasi hamda yer osti suvlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Представители Мингеологии, ГУ «Узбекгидрогеология» и ГУ «ГИДРОИНГЕО» обменялись опытом в Турции

Сотрудники Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, ГУ «Узбекгидрогеология» и ГУ «Институт гидрогеологии и инженерной геологии» побывали в командировке по оснащению буровых скважин приборами учета воды в провинции Конья (Турция).

В ходе командировки был изучен опыт Турции в области производства счетчиков воды, цифровизация в сфере гидрогеологии, технологии счетчиков воды, установленных в скважинах, а также методы рационального использования подземных вод.

#kongeologiya #mingeo #gidrogeologiya #Ozbekgidrogeologiya #Gidroingeo #Konya #xalqaro_hamkorlik #yer_osti_suvlari #hisoblagichlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” DM vakillari Olmaotada tashkil qilingan xalqaro geoforumda qatnashishdi

“Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” DM xodimlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida “YuNESKO global geoparklari barqaror rivojlanish va hamkorlik uchun” mavzusida tashkil qilingan xalqaro geoforumda ishtirok etishdi.

Forum doirasida Markaziy Osiyoda YuNESKO global geoparklarini yaratishda mavjud muammolar, YuNESKO talablari, geologik meros va uning muhofazasi mavzusida suhbat hamda taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Markaziy Osiyodagi salohiyati yuqori bo‘lgan geoparklar, YuNESKO global geoparkini tashkil qilish mumkin bo‘lgan hududlar o‘rganildi. Qozog‘iston Respublikasi Jambil viloyatida joylashgan “Qoratau” geoparkidagi geologik obyektlarga dala tashrifi uyushtirildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Представители ГУ «Китабский геологический природный парк» приняли участие в международном геофоруме в городе Алматы

Сотрудники ГУ «Китабский геологический природный парк» приняли участие в международном геофоруме «Глобальные геопарки ЮНЕСКО для устойчивого развития и сотрудничества», организованном в городе Алматы (Казахстан).

В рамках форума состоялась беседа и презентации по актуальным проблемам создания глобальных геопарков ЮНЕСКО в Центральной Азии, требованиям ЮНЕСКО, геологическому наследию и его охране.

Также были изучены геопарки с высоким потенциалом в Центральной Азии, а также территории, на которых можно создать глобальный геопарк ЮНЕСКО. Была организована полевая поездка к геологическим объектам геопарка «Каратау», расположенного в Жамбылской области Республики Казахстан.

#kongeologiya #mingeo #Kitob_GMTB #Olmaota #YuNESKO #xalqaro_hamkorlik #geopark

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri boshchiligidagi delegatsiyasining Xitoyga xizmat safari xususida

Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov boshchiligidagi ishchi guruh Xitoyning Shijyashuang shahrida boʻlib, “Shijiazhuang Coal Mining Machinery Co. Ltd.” korxonasining zavodi va ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi hamda korxona rahbariyati bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik toʻgʻrisida muzokaralar oʻtkazdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi “Shijiazhuang Coal Mining Machinery Co. Ltd.” korxonasi tomonidan Respublika togʻ-kon sanoati ehtiyojlari uchun zarur burgʻilash uskunalarini yetkazib berish masalalarini muhokama qildi.

Bundan tashqari, delegatsiya “CNNC Airborne Survey and Remote Sensing Center” ilmiy markazi faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, “Hebei Ruishi Bits Manufacturing Co. Ltd.” korxonasi rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazildi.

🔹 🔹 🔹

💠 О служебной поездке делегации во главе с министром горнодобывающей промышленности и геологии в Китай

Рабочая группа во главе с министром горнодобывающей промышленности и геологии Б. Исламовым посетила город Шицзячжуан в Китае, где ознакомилась с заводом и производственными мощностями компании Shijiazhuang Coal Mining Machinery Co. Ltd. и провела переговоры с руководством компании о взаимовыгодном сотрудничестве.

Делегация Узбекистана также обсудила вопросы поставки бурового оборудования, необходимого для нужд горнодобывающей промышленности Республики, с компанией Shijiazhuang Coal Mining Machinery Co. Ltd.

Кроме того, делегация ознакомилась с деятельностью научного центра CNNC Airborne Survey and Remote Sensing Center.

Состоялись переговоры с руководством компании Hebei Ruishi Bits Manufacturing Co. Ltd.

#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Shijiazhuang_Coal_Mining_Machinery_Co_Ltd #CNNC_Airborne_Survey_and_Remote_Sensing_Center
#Hebei_Ruishi_Bits_Manufacturing_Co_Ltd

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi delegatsiyasi tomonidan Londonda bir qator xalqaro moliyaviy institutlar vakillari bilan muzokaralar olib borildi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya vakillari xizmat safari bilan London shahrida bo‘ldi.

Tashrif davomida “SRK Consulting”, “Sustainable Fitch”, “Finasia Capital” va London fond birjasi hamda boshqa xalqaro moliyaviy institut hamda banklar rahbarlari bilan bir qator muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralarda davlat ishtirokidagi tog‘-kon sanoati korxonalarini transformatsiya qilish ishlari doirasida resurslarni xalqaro standartlar asosida baholash, ESG reytinglarini olish va yevroobligatsiyalarni chiqarish masalalarida hamkorlik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Делегация Министерства горнодобывающей промышленности и геологии провела переговоры в Лондоне с представителями ряда международных финансовых институтов

Делегация во главе заместителя министра горнодобывающей промышленности и геологии У.Юсупова побывали с деловым визитом в Лондоне.

В ходе визита был проведен ряд переговоров с руководителями SRK Consulting, Sustainable Fitch, Finasia Capital и Лондонской фондовой биржи, а также других международных финансовых институтов и банков.

На переговорах были достигнуты предварительные договоренности о сотрудничестве в вопросах оценки ресурсов на основе международных стандартов, получения рейтингов ESG и выпуска еврооблигаций в рамках работы по трансформации горнодобывающих предприятий.

#kongeologiya #mingeo #London_birjasi #ESG #SRK_Consulting #Sustainable_Fitch #Finasia_Capital #xalqaro_hamkorlik #NKMK #OKMK #Navoiyuran #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣 No comment: “Tog‘-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – Mining Metals Uzbekistan 2024” ko‘rgazmasi hamda Xalqaro kon-metallurgiya forumi

📝📝📝

🗣 No comment: Выставка «Горное дело, металлургия и металлообработка – MiningMetals Uzbekistan 2024» и Международный горно-металлургический форум

#kongeologiya #mingeo #Mining_Metals_Uzbekistan_2024 #Iteca_Exhibitions #ICAEurasia #Xalqaro_konchilik_forumi #xalqaro_hamkorlik #nocomment #sarhisob_2024

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Gidroingeo” DMda ERG Inc kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM muassasasi vakillari Koreyaning ERG kompaniyasi rahbari Na Kyung Von boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda sho‘rlanish darajasi yuqori bo‘lgan suvlarni qayta ishlash, resurslarni qayta tiklashni tijoratlashtirish hamda yer osti suvlarini tozalash bo‘yicha UNDP hamda Koreyaning Kotra tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, geoekologik muamolarni hal qilishda Koreyaning zamonaviy qurilmalarini qo‘llash, ularni O‘zbekistonga olib kelish yuzasidan fikr almashildi.

🔹 🔹 🔹

💠 В ГУ «Гидроингео» состоялась встреча с генеральным директором компрании ERG Inc

Представители ГУ «Институт гидрогеологии и инженерной геологии» Университета геологических наук Министерства горнодобывающей промышленности и геологии встретились с делегацией под руководством главы Южнокорейской компании ERG Inc. На Кюнг Воном.

На встрече обсуждались вопросы реализации в Узбекистане проектов по переработке высокосоленых вод, коммерциализации, рекреации ресурсов и очистке подземных вод, финансируемых UNDP и Корейской организацией KOTRA.

Также состоялся обмен мнениями по применению и поставке в Узбекистан современных корейских устройств используемых для решении геоэкологических проблем.

#kongeologiya #mingeo #Gidroingeo #xalqaro_hamkorlik #UNDP #KOTRA #ERG_Inc

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kolorado universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2025-yil 10-yanvar kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov, vazirlik mas’ullari hamda “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ rahbariyati Kolorado konlar maktabi professori Kadri Dagdilon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Kolorado universiteti bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Texnologik metallar oliy maktabi, yosh mutaxassislarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, texnologik innovatsiyalarga yo‘naltirilgan laboratoriyalarni tashkil etish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, mamlakatimizning iqtidorli talabalari uchun Kolorado konlar maktabida o‘qishga mo‘ljallangan maxsus stipendiya dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun xalqaro grantlar ajratish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, vazirlik tizimidagi universitetlarda dual ta’lim dasturlarini joriy etish, Kolorado konlar maktabi bilan hamkorlikni amalga oshirish orqali qo‘shma o‘quv rejalar ishlab chiqish, mutaxassislarni tayyorlash uchun moslashtirilgan dasturlarni ishlab chiqish kabi tashabbuslar borasida so‘z yuritildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Обсуждены вопросы сотрудничества с университетом Колорадо

10 января 2025 года заместитель министра горнодобывающей промышленности и геологии У.Юсупов, ответственные лица министерства, а также руководство АО «Узбекский комбинат технологических металлов» провели встречу с профессором Колорадской Горной школы Кадри Дагдилоном.

На встрече обсуждались такие вопросы, как создание совместно с университетом Колорадо Высшей школы технологических металлов, поддержка стартап-проектов молодых специалистов, создание лабораторий, ориентированных на технологические инновации и оснащение их современным оборудованием, создание специальных стипендиальных программ для одаренных студентов нашей страны для обучения в Колорадской горной школе, предоставление международных грантов на совместные исследовательские проекты.

Также обсуждены такие инициативы, как внедрение двойных образовательных программ в университетах министерства, разработка совместных учебных планов посредством партнерства с Колорадской горной школой, разработка индивидуальных программ подготовки и повышение компетенций специалистов.

#kongeologiya #mingeo #Kolorado_konlar_maktabi #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #xalqaro_hamkorlik

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM