O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA), Koreya geologiya va mineral resurslar instituti (KIGAM) hamda Koreya kon meloratsiyasi va meliorativ korporatsiyasi (KOMIR) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda xavfli geologik jarayonlar, xabardorlikni oshirish, axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi (GIS DB), loyiha samaradorligini boshqarish sohalari bo‘yicha muloqot olib borildi.
В Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан состоялась встреча с представителями Корейской организации международного сотрудничества (KOICA), Корейского института геологии и минеральных ресурсов (KIGAM) и Корейской горнодобывающей и мелиоративной корпорации (KOMIR).
На встрече состоялся диалог по направлениям опасных геологических процессов, повышения осведомленности, информационных систем и баз данных (GIS DB), управления эффективностью проектов.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #KOICA #KIGAM #KOMIR
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat geologik monitoring xizmati, “O‘zbekgidrogeologiya”, “O‘zbekko‘mir” AJ, Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA), Koreya mineral resurslar bo‘yicha konlarni qayta tiklash korporatsiyasi (KOMIR) vakillari bilan Angren ko‘mir koni hududida bo‘ldilar.
Mutaxassislar Angren ko‘mir koni hududida tarqalgan ko‘chkilarning hosil bo‘lishi, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rganib chiqildi.
Shuningdek ekspertlar guruhi loyiha doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini ta’minlash to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi.
Представители Государственной службы геологического мониторинга, ГУ «Узбекгидрогеология», АО «Узбекуголь», Корейской организации международного сотрудничества (KOICA), Корейская корпорация восстановления шахт и использования минеральных ресурсов (KOMIR) побывали на Ангренском угольном месторождении.
Специалисты изучили образование оползней в районе Ангренского угольного месторождения и факторы, влияющие на них.
Также группа экспертов обменялась мнениями по обеспечению эффективности работы, которая будет проводиться в дальнейшем в рамках проекта.
#kongeologiya #mingeo #DGMX #Ozbekgidrogeologiya #Ozbekkomir #KOICA #KOMIR #xalqaro_hamkorlik
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Koreya mineral resurslar bo‘yicha konlarni qayta tiklash korporatsiyasi (KOMIR), Koreya geologiya va mineral resurslar instituti (KIGAM) vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda vazirlik mutasaddilari hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi delegatsiya a’zolari tomonidan hamkorlikda “Oʻzbekistonda geologik axborotlar va geologik xavfli jarayonlarni boshqarishning yaxlit tizimini yaratish” grant loyihasi muhokama qilindi.
20 марта 2024 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан состоялась очередная встреча с представителями Корейского агентства международного сотрудничества (KOICA), Корейской корпорации восстановления шахт и использования минеральных ресурсов (KOMIR), Корейского института геологии и минеральных ресурсов (KIGAM).
На встрече представителями министерства и членами делегации KOICA обсужден грантовый проект «Создание в Узбекистане единой системы управления геологической информацией и опасными геологическими процессами».
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #KOICA #KIGAM #KOMIR
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Geologiya fanlari universitetining “Iqtisodiyot” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Alimova Dilshoda Baxtiyor qizi USAID’s FGI loyihasi, KOICA, NIPA ko‘magida joriy yilning 9-13-sentabr kunlari o‘tkazilgan va mukofot jamg‘armasi 50 million so‘mga teng bo‘lgan “WeStart: 3D Edition” ayollar startap loyihalari inkubatsiya dasturida o‘z loyihasi bilan ishtirok etdi.
Dilshoda Alimova tanlov yakunida faxrli o‘rinni egalladi va 15 million so‘mlik vaucherni qo‘lga kiritdi.
Talabaning “Estate Vision” loyihasi arxitektorlar va arxitektura yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ular “Estate Vision” platformasiga o‘z loyihasining chizmalari yoki 3D dizaynini yuklab, uning 3D printerda chiqadigan modelini (maket) buyurtma qilishlari mumkin.
Студентка 3-го курса университета геологических наук Алимова Дилшода Бахтиер кизи приняла участие в инкубационной программе женских стартап-проектов «Westart: 3D Edition», которая проводилась с 9 по 13 сентября текущего года при поддержке USAID’s FGI, KOICA, NIPA с призовым фондом 50 миллионов сумов.
Дилшода Алимова заняла почетное место по итогам конкурса и получила ваучер на 15 миллионов сумов.
Проект студентки УГН «Estate Vision» предназначен для архитекторов и студентов, изучающих архитектуру, которые могут загрузить чертежи или 3D-дизайн своего проекта на платформу и заказать его модель (макет), которая выводится на 3D-принтер.
#kongeologiya #mingeo #GFU #USAID #KOICA #NIPA #We_start_3D_Edition #yutuqlar
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 12-13-mart kunlari “Oʻzbekistonda geologik axborotlar va geologik xavfli jarayonlarni boshqarishning yaxlit tizimini yaratish” loyihasi doirasida Toshkent viloyatidagi ko‘chki hududlarida dala tadqiqot ishlari o‘tkazildi.
Tadqiqot ishlarida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM, Koreya mineral resurslar bo‘yicha konlarni qayta tiklash korporatsiyasi (KOMIR), Koreya geologiya va mineral resurslar instituti (KIGAM) hamda SOAM korporatsiyasining vakillari ishtirok etdilar.
Angren ko‘mir koni va 4R-6 “Toshkent-Chimyon” avtomobil yo‘lining kirish qismlarida olib borilgan dala tadqiqot ishlari davomida mutaxassislar geologik sharoitlarni tahlil qildilar, xavflarni baholadilar va qiyaliklarning barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rgandilar.
Tadqiqotlar yer qa’ridan foydalanish va geologik xavflar sohasida zamonaviy monitoring va boshqaruv tizimini ishlab chiqishga qaratilgan loyihaning asosiy vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan ma’lumotlar xavfli geologik jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish usullarini takomillashtirish uchun qo‘llaniladi.
12-13 марта текущего года в рамках проекта «Создание интегрированной системы управления полезными ископаемыми и опасными геологическими процессами в Узбекистане» на оползневых территориях Ташкентской области были проведены полевые обследования.
В исследованиях приняли участие представители Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, ГУ «Институт гидрогеологии и инженерной геологии», Корейской корпорации по восстановлению месторождений минеральных ресурсов (KOMIR), Корейского института геологии и минеральных ресурсов (KIGAM) и корпорации SOAM.
Обследование охватило угольный разрез «Ангренский» и подъездные участки автомобильных дорог 4R-6 «Ташкент-Чимган». В ходе выездных работ специалисты провели анализ геологических условий, оценку рисков и изучение факторов, влияющих на устойчивость склонов.
Проведенные исследования имеют важное значение для реализации основных задач проекта, направленных на разработку современной системы мониторинга и управления в сфере недропользования и геологических рисков. Полученные данные будут применены для совершенствования методов предотвращения и смягчения последствий опасных геологических процессов.
#kongeologiya #mingeo #HYDROENGEO #KOICA #KOMIR #KIGAM #SOAM #xalqaro_hamkorlik
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 23-aprel kuni “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda foydali qazilmalar va xavfli geologik jarayonlar uchun integratsiyalashgan boshqaruv tizimini yaratish” mavzusidagi loyihaga start berildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalari, Janubiy Koreyaning KOICA, KOMIR, KIGAM, SOAM, Argonet kompaniyalarining rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbirda loyihaning maqsadi – geologik ma’lumotlarni boshqarishning Yagona tizimini yaratish va toʻliq raqamlashtirish hamda xavfli geologik jarayonlar yoʻnalishini raqamli modernizatsiya qilishdan iborat ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, loyihaga ko‘ra xavfli geologik jarayonlarni monitoring qilish tizimi zamonaviy masofadan o‘lchash asbob-uskunalari bilan jihozlanadi va tahliliy axborot tizimi yaratilishi, Davlat geologiya fondidagi elektron nusxasi yaratilgan hisobotlar toʻliq raqamlashtirilishi, geologik xaritalar raqamli GAT formatiga o‘tkazilishi, loyihani amalga oshirish natijasida, Davlat geologiya fondining raqamli maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi, O‘zbekiston va Koreya davlatlarida ixtisoslashtirilgan maxsus o‘quv seminar-treninglari tashkillashtirilishi qayd etildi.
23 апреля 2025 года в целях обеспечения выполнения задач, определенных в Указе Президента Республики Узбекистан «О Государственной программе по реализации Стратегии «Узбекистан – 2030» в Год охраны окружающей среды и «зеленой экономики»» начата реализация проекта «Создание интегрированной системы управления опасными геологическими процессами и полезными ископаемыми в Республике Узбекистан» на 2025-2029 годы.
В мероприятии приняли участие руководители и специалисты Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан и его подведомственных предприятий, южнокорейских компаний KOICA, KOMIR, KIGAM, SOAM, Argonet.
Отмечено, что целью проекта является создание Единой системы управления геологической информацией, её полная цифровизация, а также цифровая модернизация процессов мониторинга опасных геологических явлений.
Также, в рамках проекта система мониторинга опасных геологических процессов будет оснащена современным дистанционным измерительным оборудованием и будет создана аналитическая информационная система. Все отчёты, имеющие электронные копии в Государственном геологическом фонде, будут полностью оцифрованы, геологические карты переведены в цифровой формат GIS. В результате реализации проекта будет сформирована цифровая база данных Государственного геологического фонда. Кроме того, планируется организация специализированных учебных семинаров и тренингов в Узбекистане и Республике Корея.
#kongeologiya #mingeo #Davlat_dasturi #Ozbekiston2030 #Atrof_muhitni_asrash_va_yashil_iqtisodiyot_yili
#GIDROINGEO_instituti #Ozbekgidrogeologiya #GFU #tadbir #KOICA #KIGAM #KOMIR #SOAM #Argonet #xalqaro_hamkorlik
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanali, “Axborot 24”
«Axborot 24» телеканал «O‘zbekiston 24»
#kongeologiya #mingeo #Davlat_dasturi #Ozbekiston2030 #Atrof_muhitni_asrash_va_yashil_iqtisodiyot_yili
#GIDROINGEO_instituti #Ozbekgidrogeologiya #GFU #tadbir #KOICA #KIGAM #KOMIR #SOAM #Argonet #xalqaro_hamkorlik #ozbekiston24_telekanali
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM