Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
12.6K subscribers
15.7K photos
1.14K videos
65 files
5.67K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
💠 Togʼ-kon sanoati va geologiya vazirining maslahatchisi N. Muxutdinov va «Oʼzbekgeofizika» АJ boshqaruv raisi R.Yusupjonov Xorazm viloyatiga ishchi safariga bordilar.

Tashrif davomida viloyatda olib borilayotgan dala geofizika ishlarining borishi koʼrib chiqildi. Joriy yilda Xorazm vohasida jami 3 ta loyiha asosida dala geofizika ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yanvar-fevral oylarida hududda «Oʼzbekgeofizika» АJ “Fargʼona geofizika ekspeditsiyasi” filialining dala partiyalari tomonidan 2D seysmik qidiruv ishlari 115 pog. km, elektrorazvedkaning MTZ, ChZ-VP usullari bilan 550 f.n. hajmlarda rejaga nisbatan 100% ga bajarildi.

Oʼrganish davomida mineral-xom ashyo bazasini koʼpaytirish maqsadida uglevodorod resurlarini oʼstirishga oid materiallar oʼrganildi va masʼul ijrochilarga tegishli koʼrsatmalar berildi.

📝📝📝

💠 Советник министра горнодобывающей промышленности и геологии Н.Мухутдинов и председатель правления АО «Узбекгеофизика» Р.Юсупжонов совершили рабочую поездку в Хорезмскую область.

В ходе визита был рассмотрен ход полевых геофизических работ, проводимых в регионе. В этом году планируется провести полевые геофизические работы в Хорезмской области по 3 проектам.

В январе-феврале полевыми партиями филиала «Ферганская геофизическая экспедиция» АК «Узбекгеофизика» выполнены сейсморазведочные работы 2Д в объеме 115 пог.км, 550 ф.н., методами электроразведки МТЗ, ЧЗ-ВП. План выполнен на 100%.

В ходе исследования были изучены материалы, связанные с освоением углеводородных ресурсов с целью увеличения минерально-сырьевой базы, и даны соответствующие поручения ответственным лицам.


#kongeologiya #mingeo #geofizika_ishlari #Ozbekgeofizika #seysmik_qidiruv #elektrorazvedka #Xorazm_viloyati


Сайт | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Xorazm viloyatidagi Yangiariq loyihasi doirasida olib borilayotgan 2D seysmik qidiruv va davlat geologik monitoring ishlari ko‘zdan kechirildi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining maslahatchisi N. Muxutdinov rahbarligidagi guruh “O‘zbekgeofizika” AJ “Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi” filialiga qarashli dala partiyasidagi ishlar bilan tanishdi.

Xorazm viloyati hududida olib borilayotgan 2D seysmik qidiruv ishlari ko‘zdan kechirildi. Yangiariq 2D loyihasi doirasida hududda joylashgan istiqbolli tuzilmalarni aniqlash bo‘yicha sifatli seysmik materiallar olish, ularning chuqur geologik modellarini yaratish, karbonat va terrigen yura yotqiziqlari bo‘yicha chuqur izlov burg‘ilashga tayyorlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, vazirlik mutasaddilari “O‘zbekgidrogeologiya” DUK Davlat geologik monitoring xizmati Xorazm gidrogeologik stansiyasidagi ishlarni ham o‘rganishdi.

📝📝📝

💠 Ответственные лица министерства ознакомились с ходом работ по сейсморазведке 2D выполняемые в рамках проекта «Янгарик» в Хорезмской области и деятельностью службы государственного геологического мониторинга

Группа под руководством советника министра горнодобывающей промышленности и геологии Н.Мухутдинова ознакомилась с работой полевой партии филиала «Ферганская геофизическая экспедиция» АО «Узбекгеофизика».

Проведен обзор сейсморазведочных работ 2D в Хорезмской области. В рамках проекта «Янгарик 2D» поставлены соответствующие задачи по получению качественных сейсмических материалов для выявления перспективных структур, расположенных на участке, создания их глубинных геологических моделей, подготовки к глубокому разведочному бурению карбонатных и терригенных отложений.

Также должностные лица министерства ознакомились с работами, проводимыми на Хорезмской гидрогеологической станции Службы Государственного геологического мониторинга ГУП "Узбекгидрогеологии".

#kongeologiya #mingeo #seysmik_qidiruv #Ozbekgeofizika #Ozbekgidrogeologiya #Xorazm_viloyati

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “NKMK” AJ Bosh suv olish inshootlar sexi va “Sarimoy maydoni” payvandlash-mexanika uchastkasi haqida

Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanidagi Sarimoy qishlog‘ida (Amudaryo daryosining o‘ng sohilida) Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Bosh suv olish inshootlar sexi va “Sarimoy maydoni” payvandlash-mexanika uchastkasi joylashgan.

Korxona Qizilqum sahrosidagi kombinat ishlab chiqarish korxonalariga hamda Zarafshon va Uchquduq shaharlar aholisiga suv yetkazib berish bilan, uchastka jamoasi esa mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Sarimoy qishlog‘i olis va chekka aholi manzillaridan biri. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida aholi, yoshlar va xotin-qizlarga ish sharoitlarini yaratib berish maqsadida 2021-yilda tashkil etilgan uchastka 20 ta ish o‘rni bilan boshlangan, hozirda ish o‘rinlari soni 80 taga yetgan.

Uchastkada 400 ga yaqin turdagi mahsulot o‘zlashtirilib, nasoslar uchun ehtiyot qismlari va uzellar, vallar, yarimmuftalar, boltlar, gayka va boshqa mahsulotlarni yasash, elektrogazpayvandlash ishlari bo‘yicha har xil hajmdagi konteynerlar, drenaj romlar va payvandlash usuli bilan detallarni taʼmirlash samarali yo‘lga qo‘yildi. 2024-yilda uchastka tomonidan 24 mlrd. so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Yaqinda uchastka negizida elektr-taʼmirlash bo‘linmasi tashkil etilib, 12 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Buning uchun sarimoylik ishsiz xotin-qizlar Zarafshon taʼmirlash-mexanika zavodida to‘rt oy davomida kasbga o‘qitildi.

🔹 🔹 🔹

💠 О цехе водозабора и сварочно-механическом участке «площади Саримой» АО «НКМК»

В селе Саримой Тупроккалинского района Хорезмской области (на правом берегу реки Амударья) расположены водозаборный цех АО «НКМК» и сварочно-механический участок «площади Саримой».

Предприятие занимается подачей воды на производственные объекты комбината в пустыне Кызылкум, жителям городов Зарафшан и Учкудук, а также коллектив участка производит локализованную продукцию.

Село Саримой — одно из отдалённых и труднодоступных населённых пунктов. С целью социально-экономического развития региона и создания условий труда для населения, молодёжи и женщин, участок был создан в 2021 году с 20 рабочими местами. В настоящее время количество рабочих мест увеличилось до 80.

На участке освоено производство около 400 видов продукции: запасные части и узлы для насосов, валы, полумуфты, болты, гайки и другие изделия. Эффективно налажено выполнение электросварочных работ, изготовление контейнеров разных размеров, дренажных рам и ремонт деталей методом сварки. В 2024 году участок произвёл локализованную продукцию на сумму 24 млрд сумов.

Недавно на базе участка было создано электро-ремонтное подразделение, где открыто 12 новых рабочих мест. Для этого нетрудоустроенные женщины из села Саримой прошли четырёхмесячное обучение профессии на ремонтно-механическом заводе в Зарафшане.

#kongeologiya #mingeo #Navoiyuran #loyihalar #Sarimoy_maydoni #Xorazm_viloyati #Tuproqqala_tumani #Zarafshon_TMZ

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM