Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
11.6K subscribers
14.3K photos
935 videos
65 files
5.12K links
Download Telegram
Aziz yurtdoshlar, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi jamoasi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan barchangizni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan muborakbod etaman!

So‘nggi yillarda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida o‘zbek tilini rivojlantirish, sohada o‘zbek tilining nufuzini oshirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Qidiruv geofizikasi atamalarining ruscha-o‘zbekcha qisqacha izohli lug‘ati” chop etildi. Mazkur lug‘at geologiyaning ajralmas qismi bo‘lgan geofizika yo‘nalishida ko‘p qo‘llanadigan ruscha atamalarning o‘zbekcha atalishi, ularning taʼrifi va maʼnosi haqida maʼlumot beradi. Shuningdek, “Konchilik ishlari atamalarining ruscha-oʼzbekcha qisqacha izohli lug‘ati” nashr qilingan. Ushbu izohli lug‘at foydali qazilmalarni ochiq usulda va yer ostida qazib olishga doir 2200 dan ortiq atamalarni o‘z ichiga olgan. Unda konchilik ishlari atamalarining tarjimasi va qisqacha izohi keltirilgan. Sohada bu boradagi islohotlar jadal davom ettiriladi.

Til bor ekan, millat barhayotdir. Yana bir bora bugungi bayram, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘lgani munosabati bilan barchangizni samimiy tabriklayman!

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islomov

#kongeologiya #mingeo #Ozbek_tili_bayrami #vazir_tabrigi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Aziz yurtdoshlar!
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan barchangizni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!


So‘nggi yillarda O‘zbekistonda, xususan tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida o‘zbek tilini rivojlantirish, o‘zbek tilining nufuzini oshirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Vazirlikda o‘zbek tilida hujjatlar yuritish va ish yuritish tizimi joriy etilgan. Tizimosti tashkilotlari, korxonalar va aksiyadorlik jamiyatlari, boshqa vazirlik hamda idoralar bilan aloqalar o‘zbek tilida amalga oshirilmoqda.

Vazirlik xodimlari o‘rtasida o‘zbek tili va nutq madaniyatini oshirish maqsadida tizimli ravishda seminar va treninglar tashkil etilmoqda.

Vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida o‘zbek tili va uning terminologiyasini boyitish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Yangi atamalar va istilohlar yaratilmoqda.

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini mustahkamlash va uni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha keng islohotlar olib borilmoqda. Bu boradagi sa’y-harakatlarni yana davom ettiramiz.

Til bor ekan, millat barhayotdir. Yana bir bora bugungi bayram, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lgani munosabati bilan barchangizni samimiy tabriklayman!

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islomov

#kongeologiya #mingeo #Ozbek_tili_bayrami #vazir_tabrigi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube