Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
12.9K subscribers
15.3K photos
1.1K videos
65 files
5.51K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев кўмир ва уран ишлаб чиқаришни кенгайтиришга қаратилган лойиҳалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проектов по расширению добычи угля и урана.

#Mirziyoyev #taqdimot #togkonsanoati #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
💠 Sebine Technology kompaniyasi Angren kaolinidan alyumin va glinozin ajratib olish loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreyaning “Sebine Technology” kompaniyasi vakillari Angren koʻmir konidan qazib olinadigan kaolin xom ashyosini xususiyatlarini oʻrganish maqsadida “O‘zbekko‘mir” AJ va uning tizim korxonalarida boʻldi.

"Oʻzbekkoʻmir" AJ hamda kompaniya vakillari ishtirokidagi uchrashuvda janubiy koreyalik mutaxassislar Angren kaolinidan alyumin va glinozyom ajratib olish boʻyicha bir qancha loyihalar ustida ishlashga kelishib olindi.

📝📝📝📝

💠 Компания Sebine Technology планирует реализовать проекты по извлечению алюминия и глинозема из ангренского каолина

Представители южнокорейской компании «Sebine Technology» посетили подведомственные предприятия АО «Узбеккумир» с целью изучения свойств каолинового сырья, добываемого на Ангренском угольном месторождение.

В встрече с участием должностных лиц АО «Узбеккумир» и представителей компании достигнута договоренность проработать ряд проектов по извлечению алюминия и глинозема из ангренского каолина.

#kongeologiya #mingeo #Ozbekomir #Janubiy_Koreya #Sebine_Technology #loyihalar #Angren_komir_koni #kaolin

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Balpantov” hamda “Turbay” konlaridagi loyihalar haqida

“NKMK” AJ tomonidan maʼdan qazib olish va qayta ishlash quvvatlarni kengaytirishga qaratilgan yirik investitsion loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2022-yilda Tomdi tumani hududida “Balpantov” konini o‘zlashtirish bo‘yicha oltin tarkibli maʼdan qazib olish ishlari boshlangan edi. Loyiha doirasida mazkur kondan yiliga 1 mln tonnadan ortiq maʼdan qazib olish rejalashtirilgan.

O‘tgan vaqt mobaynida “Balpantov” konidan qariyb 6,5 mln kubometr tog‘ jinslari qazib olinib, qariyb 1,3 mln tonna maʼdan temir yo‘l orqali 2-gidrometallurgiya zavodiga qayta ishlash uchun yetkazildi. Hozirda mazkur konda maʼdan qazib olish ishlarida ekskavator, avtoag‘dargichlar, burg‘ilash uskunasi, frontal yuklagichlar kabi zamonaviy konchilik texnikalaridan keng foydalanilmoqda.

Shuningdek, tuman hududidagi “Turbay” konida ham tog‘ jinslarini qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda, mazkur jarayonga zamonaviy konchilik texnikalari jalb qilingan.

#kongeologiya #mingeo #NKMK #Tomdi_tumani #Balpantov #Turbay #loyihalar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
Photo
💠 О проектах на месторождений «Балпантов» и «Турбай»

На сегодняшний день АО «НГМК» поэтапно реализуются крупные инвестиционные проекты, направленные на расширение добычных и перерабатывающих мощностей.

В частности, в 2022 году была начата добыча золотосодержащей руды для освоения месторождения Балпантау на территории Тамдынского района. В рамках данного проекта на месторождении планируется добывать более 1 млн тонн руды в год.

За прошедшее время на месторождении Балпантау добыто около 6,5 млн кубометров горной массы, около 1,3 млн тонн руды для переработки транспортировано по железной дороге на Гидрометаллургический завод №2. На данный момент в добычных работах на месторождении широко используется современная горная техника, такая как экскаватор, самосвалы, буровая установка, фронтальные погрузчики.

Кроме того, на месторождении «Турбай» ведется расширение мощностей по добыче и переработке горных пород, в процесс задействованы современные горнодобывающие технологии.

#kongeologiya #mingeo #NKMK #Tomdi_tumani #Balpantov #Turbay #loyihalar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari tor va kengaytirilgan tarkibda muzokara oʻtkazib, bir qator yirik qoʻshma loyihalarga start berdilar

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #muzokara #loyihalar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
💠 Olis va choʻl hududlarda yer osti suvlarini qidirish boʻyicha loyihalar belgilab olindi

Respublikamizning olis va choʻl hududlarida yer osti suvlari manbalarini kam xarajatli innovatsion tadqiqot usullari orqali qidirib topish va geologik tadqiqotlarni olib borish boʻyicha pilot loyihalarni belgilab olish va kelgusida oʻzaro tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Aspek” kompaniyasi, Kon-geologiya vazirligi, “Navoiy KMK” AJ, “Navoiyuran” DM va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Markaziy Qizilqum hududlarida joylashgan “Navoiy KMK” AJ va “Navoiyuran” DK obyektlarini suv bilan taʼminlash, shuningdek, aholini ichimlik suv taʼminotini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida xorijlik hamkorlar bilan birgalikda tegishli mutaxassislar-gidrogeologlar ishtirokida tanlangan loyihalarni joyiga chiqqan holda oʻrganishga kelishib olindi.

🔹 🔹 🔹

💠 Определены проекты по разведке подземных вод в отдаленных и пустынных районах

Проведена встреча между представителями компании «Аспек», Министерством горнодобывающей промышленности и геологии, АО «Навоийский ГМК», ГП «Навоийуран» и АО «Узсувтаминот», в целях поиска источников подземных вод в отдаленных и пустынных районах нашей республики с помощью недорогих инновационных методов исследования, определения пилотных проектов по проведению геологоразведочных работ, а также налаживания дальнейшего обмена опытом.

Обсуждены вопросы водоснабжения объектов АО «Навоийский ГМК» и ГП «Навоийуран», расположенных в Центрально-Кызылкумском районе и улучшения питьевого водоснабжения населения.

По итогам встречи была достигнута договоренность совместно с зарубежными партнерами изучить выбранные проекты на месте с участием соответствующих специалистов-гидрогеологов.

#kongeologiya #mingeo #Ozbekgidrogeologiya #NKMK #Navoiyuran #loyihalar #Aspek #xalqaro_hamkorlik

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Vazir “Navoiyuran” davlat korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar bilan tanishdi

Navoiy viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov “Navoiyuran” davlat korxonasiga bordi.

Vazir korxona huzurida yangidan tashkil etilgan Situatsion markaz faoliyati bilan tanishdi, Uran ishlab chiqarish zavodida quvvatlarni kengaytirish maqsadida oʻrnatilgan yangi kuydirish pechini ko‘zdan kechirdi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida “Navoiyuran” davlat korxonasi uchun burgʻilash uskunalarini ishlab chiqarayotgan korxonalardagi mahsulotlarning sifati hamda ularni oʻz vaqtida yetkazib berish masalalariga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlanib, ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish, shuningdek, energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Министр ознакомился с работой, проектами, реализуемыми на государственном предприятии «Навоийуран»

Министр горнодобывающей промышленности и геологии Б.Исламов, находящийся в командировке в Навоийской области посетил государственное предприятие «Навоийуран».

Министр ознакомился с деятельностью созданного Ситуационного центра при предприятии, осмотрел новую печь обжига, установленную на урановом заводе с целью расширения производственных мощностей.

Было подчеркнуто, что в рамках программы локализации государственному предприятию «Навоийуран» необходимо уделять серьезное внимание вопросам качества продукции на предприятиях, производящих буровое оборудование, и своевременной их поставки, были даны поручения по дальнейшему расширению производственных мощностей, а также по реализации новых проектов, направленных на снижение энергопотребления.

#kongeologiya #mingeo #Navoiyuran #loyihalar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “NKMK” AJ Bosh suv olish inshootlar sexi va “Sarimoy maydoni” payvandlash-mexanika uchastkasi haqida

Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanidagi Sarimoy qishlog‘ida (Amudaryo daryosining o‘ng sohilida) Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Bosh suv olish inshootlar sexi va “Sarimoy maydoni” payvandlash-mexanika uchastkasi joylashgan.

Korxona Qizilqum sahrosidagi kombinat ishlab chiqarish korxonalariga hamda Zarafshon va Uchquduq shaharlar aholisiga suv yetkazib berish bilan, uchastka jamoasi esa mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Sarimoy qishlog‘i olis va chekka aholi manzillaridan biri. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida aholi, yoshlar va xotin-qizlarga ish sharoitlarini yaratib berish maqsadida 2021-yilda tashkil etilgan uchastka 20 ta ish o‘rni bilan boshlangan, hozirda ish o‘rinlari soni 80 taga yetgan.

Uchastkada 400 ga yaqin turdagi mahsulot o‘zlashtirilib, nasoslar uchun ehtiyot qismlari va uzellar, vallar, yarimmuftalar, boltlar, gayka va boshqa mahsulotlarni yasash, elektrogazpayvandlash ishlari bo‘yicha har xil hajmdagi konteynerlar, drenaj romlar va payvandlash usuli bilan detallarni taʼmirlash samarali yo‘lga qo‘yildi. 2024-yilda uchastka tomonidan 24 mlrd. so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Yaqinda uchastka negizida elektr-taʼmirlash bo‘linmasi tashkil etilib, 12 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Buning uchun sarimoylik ishsiz xotin-qizlar Zarafshon taʼmirlash-mexanika zavodida to‘rt oy davomida kasbga o‘qitildi.

🔹 🔹 🔹

💠 О цехе водозабора и сварочно-механическом участке «площади Саримой» АО «НКМК»

В селе Саримой Тупроккалинского района Хорезмской области (на правом берегу реки Амударья) расположены водозаборный цех АО «НКМК» и сварочно-механический участок «площади Саримой».

Предприятие занимается подачей воды на производственные объекты комбината в пустыне Кызылкум, жителям городов Зарафшан и Учкудук, а также коллектив участка производит локализованную продукцию.

Село Саримой — одно из отдалённых и труднодоступных населённых пунктов. С целью социально-экономического развития региона и создания условий труда для населения, молодёжи и женщин, участок был создан в 2021 году с 20 рабочими местами. В настоящее время количество рабочих мест увеличилось до 80.

На участке освоено производство около 400 видов продукции: запасные части и узлы для насосов, валы, полумуфты, болты, гайки и другие изделия. Эффективно налажено выполнение электросварочных работ, изготовление контейнеров разных размеров, дренажных рам и ремонт деталей методом сварки. В 2024 году участок произвёл локализованную продукцию на сумму 24 млрд сумов.

Недавно на базе участка было создано электро-ремонтное подразделение, где открыто 12 новых рабочих мест. Для этого нетрудоустроенные женщины из села Саримой прошли четырёхмесячное обучение профессии на ремонтно-механическом заводе в Зарафшане.

#kongeologiya #mingeo #Navoiyuran #loyihalar #Sarimoy_maydoni #Xorazm_viloyati #Tuproqqala_tumani #Zarafshon_TMZ

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining Navoiy viloyatiga xizmat safari davom etmoqda

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov Navoiy viloyatidagi xizmat safari davomida “Navoiyuran” DK “Zafarobod” kon boshqarmasi ishchi-xodimlari istiqomat qilayotgan Zafarobod shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Vazir boshchiligidagi ishchi guruh Konimex tumani hududidagi Aulbek maydonida “O‘zbekgidrogeologiya” DM va “Navoiyuran” DK hamkorligida yangi istiqbolli uran konlarini izlab topish va zaxiralarni o‘stirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini ko‘zdan kechirdi.

Tomdi tumani hududidagi “Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni “Qizilqoq” tajriba-sinov maydonida uran zaxiralarini o‘stirish maqsadida geologiya-qidiruv va tajriba-sinov ishlarining borishi xususidagi taqdimotdan keyin konda qidiruv ishlarini qisqa muddatda yakuniga yetkazib, davlat zaxiralari komissiyasidan o‘tkazish topshirig‘i berildi.

Shuningdek, safar davomida “Navoiyuran” davlat korxonasining Sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexi quvvatlarini kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

🔹 🔹 🔹

💠 Продолжается командировка Министра горнодобывающей промышленности и геологии в Навоийскую область

Министр горнодобывающей промышленности и геологии Б.Исламов в ходе рабочей поездки по Навоийской области ознакомился с работой, проводимой в поселке Зафарабад, где проживают рабочие-сотрудники рудоуправления «Зафарабад» ГП «Навоийуран».

Рабочая группа во главе с министром осмотрела состояние работ по поиску новых перспективных урановых месторождений и наращиванию запасов в сотрудничестве с ГУ «Узбекгидрогеология» и ГП «Навоийуран» на участке Аулбек в Конимехском районе.

После презентации о ходе геологоразведочных и опытно-промышленных работ по отработке запасов урана на опытном поле «Кызылког» производственного участка «Учкудук» в Томдинском районе было дано поручение в сжатые сроки завершить геологоразведочные работы на месторождении и передать их в Государственную комиссию по запасам полезных ископаемых.

Также в ходе поездки обсуждался вопрос расширения мощностей цеха по производству серной кислоты государственного предприятия «Навоийуран».

#kongeologiya #mingeo #Navoiyuran #loyihalar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 O‘zbekiston – Xitoy “yashil” minerallar bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi delegatsiyalarining “yashil” minerallar bo‘yicha ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda muhim ahamiyat kasb etuvchi sohalar – qayta tiklanuvchi energetika, elektromobillar va yuqori texnologiyali sanoat uchun zarur bo‘lgan strategik xomashyo — texnologik metallar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar taqdimot qilindi.

Xususan, 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan sanoat uchun muhim minerallar sohasini rivojlantirish dasturi doirasida xomashyodan tayyor mahsulotga bo‘lgan ko‘p pog‘onali qiymat zanjirlarini yaratish bo‘yicha loyihalar haqida ma’lumot berildi hamda ularni moliyalashtirish mexanizmlari yuzasidan qisqa muddatlarda o‘zaro manfaatli takliflar ishlab chiqishga kelishildi.

Texnogen chiqindilarni qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ilg‘or texnologiyalar transferi bo‘yicha innovatsion yechimlar taklif etildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Состоялось заседание Узбекско–китайской рабочей группы по вопросам «зелёных» полезных ископаемых

Состоялось первое заседание рабочей группы по вопросам «зелёных» полезных ископаемых с участием делегаций Министерства горнодобывающей промышленности и геологии и Министерства торговли Китайской Народной Республики.

На мероприятии обсуждались вопросы расширения сотрудничества в производстве технологических металлов — стратегически важного сырья для таких ключевых отраслей «зелёной» экономики, как возобновляемая энергетика, электромобили и высокотехнологичная промышленность.

Кроме того, представители АО «Узбекский комбинат технологических металлов» презентовали реализуемые инвестиционные проекты.

В частности, была представлена информация о проектах, направленных на создание многоступенчатых цепочек добавленной стоимости — от сырья до готовой продукции — в рамках программы развития критически важных минералов для промышленности на 2025–2026 годы. Также было достигнуто соглашение о разработке взаимовыгодных предложений по механизмам финансирования этих проектов в кратчайшие сроки.

Предложены инновационные решения в области переработки техногенных отходов, производства продукции с высокой добавленной стоимостью и трансфера передовых технологий.

#kongeologiya #mingeo #yashil_energetika #investitsiyalar #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #loyihalar #uchrashuv #xalqaro_hamkorlik

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 O‘zbekiston – Xitoy “yashil” minerallar bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi haqida lavha.

“Yoshlar” telekanali, “Yangi davr” informatsion dasturi

🔹 🔹 🔹

💠 Сюжет о заседании Узбекско–китайской рабочей группы по вопросам «зелёных» полезных ископаемых.

Информационная программа «Yangi davr» телеканала «Yoshlar»

#kongeologiya #mingeo #yashil_energetika #investitsiyalar #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #loyihalar #uchrashuv #xalqaro_hamkorlik #Yoshlar_telekanali #Yangi_davr

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Vazir Cove Capital LLC kompaniyasi boshqaruvchi hamkori bilan uchrashdi

2025-yil 28-aprel kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, vazirlik mas’ullari, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ rahbariyati bilan birgalikda Cove Capital LLC kompaniyasi boshqaruvchi hamkori Pini Altxaus bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatimizda geologiya va tog‘-kon sanoati sohasiga qaratilayotgan e’tibor, “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” Qonunning yangi tahriri, investorlarga hamda yer qa’ri foydalanuvchilariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, sohaga sarmoya kiritishning ijobiy jihatlari haqida so‘z yuritildi.

Shu bilan birga xorij tomoniga “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ faoliyati, asosiy vazifalari, investitsiya loyihalari haqida ma’lumot berildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Министр встретился с управляющим партнером компании Cove Capital LLC

28 апреля 2025 года министр горнодобывающей промышленности и геологии Б.Исламов совместно с ответственными сотрудниками министерства и руководством АО «Узбекский комбинат технологических металлов» провёл встречу с управляющим партнером компании Cove Capital LLC Пини Альтхаусом.

На встрече обсуждались внимание, уделяемое в последние годы в нашей стране сфере геологии и горнодобывающей промышленности, новая редакция Закона «О недрах», создаваемые условия для инвесторов и недропользователей, а также положительные стороны инвестирования в отрасль.

Зарубежной стороне была предоставлена информация о деятельности АО «Узбекский комбинат технологических металлов», основных задачах, инвестиционных проектах.

#kongeologiya #mingeo #investitsiyalar #loyihalar #uchrashuv #xalqaro_hamkorlik #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #Cove_Capital_LLC

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi A.Xursanov va boshqa mutasaddilar MISiS Fan va texnologiyalar universiteti rektori Alevtina Chernikova bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida imzolangan bitimga muvofiq MISiS Fan va texnologiyalar universiteti va “OKMK” AJ hamkorligida tashkil qilinayotgan “GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, sohaga kerakli kadrlar yetishtirishda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Soha tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining (GFU, NDKTU) MISiS Fan va texnologiyalar universiteti bilan birgalikda muhandislik loyihalarini amalga oshirish sanoat rivojiga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Обсуждены вопросы создания передовой инженерной школы «GeoMetTex»

Министр горнодобывающей промышленности и геологии Б.Исламов, председатель правления АО «Алмалыкский горно-металлургический комбинат» А.Хурсанов и другие официальные лица встретились с ректором университета науки и технологий МИСиС Алевтиной Черниковой.

Состоялся обмен мнениями по вопросам основных направлений деятельности передовой инженерной школы «GeoMetTex», создаваемой в сотрудничестве Университета науки и технологий МИСиС и АО «АГMK» в соответствии с соглашением, подписанным в рамках международной промышленной выставки «INNOPROM. Центральная Азия», а также по вопросам дальнейшего укрепления сотрудничества в подготовке необходимых для отрасли кадров.

Отдельно было отмечено, что реализация инженерных проектов совместно с высшими учебными заведениями сферы (УГН, НГГТУ) и университетом науки и технологий МИСиС будет служить развитию промышленности.

#kongeologiya #mingeo #loyihalar #uchrashuv #xalqaro_hamkorlik #OKMK #MISIS #GFU #NDKTU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Traxys North America LLC vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov Traxys North America LLC kompaniyasi prezidenti Mark Kristoff boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda xorij delegatsiyasi vakillariga O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, geologiya qidiruv ishlari hamda sanoat ishlab chiqarish jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

🔹 🔹 🔹

💠 Состоялась встреча с представителями Traxys North America LLC

Министр горнодобывающей промышленности и геологии Б.Исламов провел встречу, с делегацией возглавляемой президентом компании Traxys North America LLC Марком Кристоффом.

В ходе встречи представители иностранной делегации были проинформированы о реформах в горнодобывающей промышленности и геологии в Узбекистане.

Также были обсуждены вопросы укрепления международного сотрудничества, привлечения инвестиций в геологоразведочные работы и производственные процессы.

#kongeologiya #mingeo #investitsiyalar #loyihalar #uchrashuv #xalqaro_hamkorlik #Traxys_North_America_LLC

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM