Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
11.7K subscribers
14.6K photos
996 videos
65 files
5.25K links
Download Telegram
💠 “Oʻzbekgeofizika” AJ: Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi hududlardagi 3D seysmik qidiruv ishlari to‘liq bajarildi

“Oʻzbekgeofizika” AJ “Yakkabogʻ geofizika ekspeditsiyasi” filialining Jambuloq 3D dala partiyasi tomonidan Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Beshkent egilmasining shimoli-sharqiy qismi va Uchbosh – Qarshi fleksura-uzulmali zonalarida 2023-yilda rejalashtirilgan 700 kv km hajmdagi 3D seysmik qidiruv ishlari yakuniga yetkazildi.

2024-yilda Jambuloq 3D loyihasi doirasida neft va gazga istiqbolli maydonlarda 800 kv km hajmdagi 3D seysmik qidiruv ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

🔹 🔹 🔹

💠 АО «Узбекгеофизика»: завершены сейсморазведочные работы 3D на территории Камашинского района Кашкадарьинской области

Успешно завершены сейсморазведочные работы 3D в объеме 700 кв км на северо-восточной части Бешкентского прогиба и Учбаш-Каршинской флексурно-разрывной зоне на территории Камашинского района Кашкадарьинской области. Работы выполнены в рамках проекта Жамбулак 3D со стороны полевой партии филиала «Яккабагская геофизическая экспедиция» АО «Узбекгеофизика».

В 2024 году планируется продолжить работы в рамках проекта и выполнить 800 кв км сейсморазведочных работ 3D на нефтегазоперспективных площадях Кашкадарьинской области.

#kongeologiya #mingeo #Ozbekgeofizika #Jambuloq_3D #Yakkabog_GE #Qashqadaryo #Qamashi #seysmik_qidiruv_ishlari

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “O‘zbekgeofizika” AJ: 2024-yilda neft va gazga istiqbolli seysmik qidiruv ishlarining natijalari

2024-yilda “O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan Davlat dasturiga muvofiq, 2D usulida 6800 pog. km, 3D usulida esa 1900 kv. km hajmdagi seysmik qidiruv ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Olib borilgan izlanishlar natijasida 19 ta neft va gazga istiqbolli strukturalar burg‘ilash uchun topshirildi.

Bundan tashqari, yakunlangan loyihalar doirasida 3 ta yakuniy geologik hisobot tayyorlanib, Davlat geologiya fondiga topshirildi. 2025-yil uchun tayyorgarlik doirasida yangi loyihalar ishlab chiqilib, tegishli ekspertiza xulosalari olindi.

“O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan tayyorlangan va chuqur burg‘ilashga topshirilgan strukturalardan 2024-yilda 3 ta Chunagar (terrigen yura), Quyi Shege va Yangi Kultak konlari ochildi.

🔹 🔹 🔹

💠 АО «Узбекгеофизика»: Результаты сейсморазведочных работ на нефть и газ в 2024 году

В 2024 году АО «Узбекгеофизика», в соответствии с Государственной программой, успешно выполнило сейсморазведочные работы объемом 6800 погонных километров методом 2D и 1900 квадратных километров методом 3D. В результате проведенных исследований подготовлено 19 перспективных нефтегазовых структур для глубокого бурения.

Кроме того, в рамках завершенных проектов было защищено 3 итоговых геологических отчета, которые сданы в Государственный геологический фонд. В рамках подготовки к 2025 году разработаны новые проекты и получены соответствующие экспертные заключения.

Из структур, ранее подготовленных АО «Узбекгеофизика» и переданных для глубокого бурения, в 2024 году открыто три новых месторождения: Чунагар (теригенная юра), Куйи Шеге и Янги Култак.

#kongeologiya #mingeo #Ozbekgeofizika #seysmik_qidiruv_ishlari #geologiya_qidiruv_ishlari #sarhisob_2024

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM