Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
12.8K subscribers
15.3K photos
1.11K videos
65 files
5.53K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
💠 Ustyurtning shimoliy qismida Aktumsuk loyihasi asosida 2D seysmik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “O‘zbekgeofizika” AJ “Ustyurt geofizika ekspedisiyasi” filiali tomonidan Ustyurt mintaqasining Aktumsuk loyihasi asosida 2D seysmik qidiruv ishlarini bajarish rejalashtirilgan.

Joriy yilning fevral oyi davomida Aktumsuk dislokatsiya tizimining g‘arbiy qismida tajriba ishlari olib borildi.

🔹 🔹 🔹

💠 На северном Устюрте проводятся сейсморазведочные работы 2D по проекту Актумсук

Проведение сейсморазведочных работ 2D в северной части Устюртского региона планируется провести в рамках сейсморазведочного проекта "Актумсук" филиалом «Устюртская геофизическая экспедиция» АО «Узбекгеофизика» Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан.

В феврале текущего года проводились опытные работы в западной части Актумсуксой системы дислокаций.

#kongeologiya #mingeo #Ozbekgeofizika #Aktumsuk #Ustyurt_GE #2D_seysmorazvedka_ishlari #tadqiqotlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Mineral resurslar institutida Amantaytov maʼdan maydonidan olingan namunalar bo‘yicha mineralogik tadqiqot ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” DM “Texnologik mineralogiya” laboratoriyasida AL-642204188-sonli “Qiyin boyitiluvchi uglerodli maʼdanlar tarkibidan oltinni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish” grant loyihasi doirasida Amantaytov maʼdan maydonidan olingan namunalar bo‘yicha makroskopik va mikroskopik usullarda mineralogik tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Tadqiqotlar davomida oltin bilan bog‘liq minerallar xususiyatlari o‘rganildi va mineral assotsiatsiyalari aniqlandi.

🔹 🔹 🔹

💠 В Институте минеральных ресурсов проводятся минералогические исследования на пробах, отобранных из месторождения Амантайтау

В лаборатории «Технологическая минералогия» ГУ «Институт минеральных ресурсов» Университета геологических наук Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан проводятся макроскопические и микроскопические минералогические исследования на пробах, отобранных из Амантайтауского месторождения в рамках грантового проекта «Разработка технологии извлечения золота из труднообогащаемых углеродистых полезных ископаемых» под номером АЛ- 642204188.

В ходе исследований были изучены свойства минералов, родственных золоту и определены минеральные ассоциации.

#kongeologiya #mingeo #GFU #MRI #tadqiqotlar #Amantaytov

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Angren ko‘mir koni hududida ilmiy-geologik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda

Geologiya fanlari universiteti Geologiya va geofizika instituti “Litologiya va cho‘kindi rudogenez” laboratoriyasi xodimlari tomonidan Angren ko‘mir koni hududida ilmiy-geologik qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Tadqiqotlar ko‘mir qatlamlarini qamrab olgan tog‘ jinslarining litologik tarkibi va lito-fatsial joylashuv xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan.

Dala ishlari davomida turli gorizontlardagi cho‘kindi jinslarning tarkibi, struktura va yuzaga chiqish shakllari o‘rganilmoqda. Ushbu ma’lumotlar asosida havzaning paleogeografik rivojlanishi va cho‘kindi rudogenez jarayonlarining ilmiy asoslari aniqlanadi.

Mazkur ishlanmalar konning istiqbolli qatlamlarini baholash va yangi geologik model yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔹 🔹 🔹

💠 Ведутся научно-геологоразведочные работы на Ангренском угольном разрезе

Сотрудниками лаборатории «Литология и осадочный рудогенез» Института геологии и геофизики Университета геологических наук ведутся научно-геологоразведочные работы на территории Ангренского угольного разреза.

Исследования направлены на определение литологического состава и особенностей литофациального расположения горных пород, покрывающих угольные пласты.

В ходе полевых работ изучаются состав, структура и формы выхода на поверхность осадочных пород различных горизонтов. На основе этих данных определяются научные основы палеогеографического развития бассейна и процессов осадочного рудогенеза.

Данные разработки имеют важное значение для оценки перспективных пластов и создания новой геологической модели.

#kongeologiya #mingeo #GFU #GGI #Angren_komir_koni #litologiya #ilmiy_geologik_qidiruv_ishlari #tadqiqotlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM