2025-yil 18-iyun kuni Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari U. Yusupov Moʻgʻulistonning “Steppe Kuper” kompaniyasi vitse-prezidenti Badarch Enxbat hamda kompaniya rahbari maslahatchisi Ochir Ochirjav bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Kon-geologiya vazirligiga qarashli korxonalar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, metallurgiya sanoati, qayta tiklanuvchi energetika yo‘nalishlari hamda “Uzbek Overseas Geology Company” MChJning Moʻgʻulistondagi vakolatxonasi faoliyati boʻyicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
18 июня 2025 года заместитель министра горнодобывающей промышленности и геологии У. Юсупов провёл встречу с вице-президентом монгольской компании «Степпе Купер» Бадарчем Энхбатом и советником руководителя компании Очиром Очиржавом.
В ходе встречи обсуждены вопросы развития двустороннего сотрудничества и реализации совместных проектов с предприятиями, входящими в систему Мингеологии.
Стороны также обменялись мнениями по вопросам взаимодействия в сфере металлургического производства, возобновляемой энергетики, а также по деятельности представительства ООО «Uzbek Overseas Geology Company» в Монголии.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Steppe_kuper #Uzbek_overseas_geology_company #loyihalar #uchrashuv
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, 1 ta uran, 1 ta yer osti suvlari va 1 ta ko‘mir konlari bo‘yicha zaxiralar va konditsiyalarning texnik-iqtisodiy hisoblash bo‘yicha hisobotlar ko‘rib chiqildi.
Проведено очередное заседание Государственной комиссии по запасам полезных ископаемых.
На заседании были рассмотрены отчеты с подсчетом запасов и технико-экономическим обоснованием кондиций по 1-му месторождению урана, 1-му месторождению подземных вод и 1-му месторождению угля.
#kongeologiya #mingeo #DZK #yigilish
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ “Hisor” markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasiga press-tur tashkillashtirildi.
Press tur davomida ishtirokchilarga dastlab “Samarqand” MGQE faoliyati, ekspeditsiyada amalga oshirilayotgan laboratoriya tadqiqotlari haqida ma’lumot berildi.
Keyinchalik, press turning ikkinchi kunida “Hisor” MGQE mutaxassislari ekspeditsiya obyektlari, jumladan “Akba” istiqbolli uchastkasida qilinayotgan burg‘ilash, lahim o‘tish ishlari xususida jurnalistlarga, tadbir ishtirokchilariga batafsil gapirib berdilar.
Uchinchi kuni ishtirokchilar“Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” DM faoliyati bilan tanishib, Xalqaro geologiya stratigrafik hamjamiyati tomonidan dunyoda yagona deb e’tirof etilgan “Zinzilban” geologik kesmasi xalqaro stratigrafik etalon – ems yarusining quyi chegarasi standarti yoki tayanch nuqta deb tan olinganligini bilib oldilar.
Zinzilban kesmasi 1989-yilda Xalqaro stratigrafiya komissiyasining 28-xalqaro kongressida quyi devon yotqiziqlarining ems yarusi quyi chegarasini xalqaro miqyosda mutlaq yoshini ajratish birligi sifatida qabul qilingan. 1996-yilda Xalqaro geologik fanlar ittifoqi (IUGS) tomonidan tayanch nuqta deb tan olingan va “Oltin qoziq” mavqei berilgan.
Press-tur tadbiri O‘zA, Manzur, Darakchi, “Xalq so‘zi” 1, 2 kabi nashrlarda, “Mening yurtim” telekanali “Hudud”, “Renessans TV” telekanalining “Ovoza” dasturida 1, 2, “Qashqadaryo TV” telekanali “Qashqadaryo axboroti” ko‘rsatuvida keng yoritildi.
Shuningdek, tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining tizimosti korxonalari “O‘zmetkombinat” AJ, “Geologiya va geofizika instituti” DM, “Mineral resurslar instituti” DM, “Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” DM, “O‘zbekko‘mir” AJ kabilarda tadbir to‘g‘risida postlar, lavhalar tayyorlandi.
#kongeologiya #mingeo #press_tur #Ozbekgeologiyaqidiruv #Hisor_MGQE #Kitob_GMTB #Mening_yurtim #Hudud #Renessans_TV #Qashqadaryo_TV #Xalq_sozi #UzA #Manzur #Darakchi #Ovoza #Akba_uchastkasi
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Yaponiyaning Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi vakili X. Ishiin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar, 2024-yil oktabr oyida Tokioda bo‘lib o‘tgan 2‑Yaponiya–O‘zbekiston iqtisodiy maslahatlashuvi yig‘ilishi (Iqtisodiy hamkorlik qo‘mitalarining 16‑sessiyasi) doirasida erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashishdi.
В Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии состоялась встреча с делегацией во главе с представителем Министерства экономики, торговли и промышленности Японии господином Х. Ишиином.
В ходе встречи стороны обсудили достигнутые результаты по итогам Второго японско-узбекского экономического консультативного совета (16-й сессии комитетов по экономическому сотрудничеству), состоявшегося в октябре 2024 года в Токио.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #uchrashuv
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 19 iyun kuni “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tushuntirish ishlarini olib borish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “GIDROINGEO instituti” DM ijro apparati va tashkiliy bo‘linmalarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Kon-geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh.Sag‘dullayev korrupsiyaga qarshi kurashish va uning huquqiy asoslari, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va turlari, odob-axloq qoidalari, uning prinsiplari hamda Odob-axloq komissiyasi vakolatlari to‘g‘risida taqdimot qildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar, izohlar va tushuntirishlar berdi.
19 июня текущего года в ГУ «Институт гидрогеологии и инженерной геологии» был проведен очередной семинар, посвященный разъяснительной работе в сфере противодействия коррупции, повышению правовой грамотности и культуры сотрудников, а также формированию нетерпимого отношения к коррупции.
В мероприятии приняли участие ответственные сотрудники исполнительного аппарата и организационных подразделений ГУ «Институт ГИДРОИНГЕО».
Начальник отдела внутреннего антикоррупционного контроля Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Ш. Сагдуллаев выступил с презентацией по вопросам борьбы с коррупцией и ее правовым основам, понятию и видам конфликта интересов, нормам этики, их принципам, а также полномочиям Комиссии по этике. В завершение он ответил на интересующие участников вопросы, дал пояснения и разъяснения.
#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar #GIDROINGEO_instituti #tadbirlar
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalari CAEx ko‘rgazma majmuasida “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasida o‘z stendi bilan qatnashmoqda.
Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi bo‘yicha ko‘rgazma stendi keng jamoatchilik hamda tadbir ishtirokchilarini o‘ziga jalb etmoqda.
Vazirlik stendiga qiziqish bildirayotganlarga “NKMK” AJ, “OKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “O‘zTMK” AJ, Geologiya yo‘nalishidagi muassasalar faoliyati, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan ekologik loyihalar haqida ma’lumotlar, tarqatma materiallar berilmoqda.
Shuningdek, kelgusida soha korxonalari bilan hamkorlikda ishlash istagini bildirgan xorijlik ekspertlar, turli kompaniyalar vakillari bilan dastlabki muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Министерство горнодобывающей промышленности и геологии и его подведомственные предприятия принимают участие в международной выставке экологических технологий «Eco Expo Central Asia 2025» в выставочном комплексе CAex.
Выставочный стенд по горнодобывающей промышленности и геологии привлекает как широкую публику, так и участников мероприятия.
Тем, кто заинтересован в стенде министерства, предоставляется информация и раздаточные материалы о деятельности АО «НГМК», АО «АГМК», ГП «Навоийуран», АО «УзТМК», учреждений геологической отрасли, о реализуемых экологических проектах в горнодобывающей промышленности и геологии,
Также проводятся предварительные переговоры с иностранными экспертами и представителями различных компаний, выразившими заинтересованность в дальнейшем сотрудничестве с предприятиями отрасли.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Eco_Expo_Central_Asia_2025 #NKMK #OKMK #Navoiyuran #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #GGI
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kongeologiya #mingeo #GFU #Innovstsiya_markazi #Ozbekiston24 #Ortga_qaytmas_islohotlar
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 20-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratishni davom ettirish bo‘yicha amalga oshilishli lozim bo‘lgan ustivor vazifalar hamda vazirlik xodimlarining bu boradagi shaxsiy maʼsuliyati to‘g‘risida “Iqtisodiy o‘qish” tadbiri o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori, polkovnik Sh.Qobilov, Toshkent davlat yuridik unversiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori S.Niyozova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarini malakasini oshirish markazi, “Bandlik va inson resurslarini boshqarish” kafedrasi mudiri siyosiy fanlar nomzodi, dotsent X.To‘xtaboyev ishtirok etishdi.
Ma’ruzachilar o‘z taqdimotlarida korrupsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillar, Oʻzbekiston Respublikasida mazkur sohada yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida ma’lumotlar berib o‘tishdi.
Shuningdek, tadbirda spikerlar seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi.
20 июня текущего года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии было проведено экономическое обучение, посвященное выполнению приоритетных задач по дальнейшему формированию среды, свободной от коррупции, а также повышению личной ответственности сотрудников министерства в данном направлении.
В мероприятии приняли участие профессор Академии МВД Республики Узбекистан, полковник Ш.Кобилов; профессор кафедры уголовного права, криминологии и борьбы с коррупцией Ташкентского государственного юридического университета, доктор юридических наук С. Ниязова; заведующий кафедрой «Занятость и управление человеческими ресурсами» Центра повышения квалификации сотрудников Министерства по сокращению бедности и занятости, кандидат политических наук, доцент Х. Тухтабаев.
В ходе своих выступлений спикеры осветили вопросы, связанные с коррупцией и причинами её возникновения, рассказали о новых нормативно-правовых актах, принятых в Узбекистане в данной сфере, а также ознакомили участников с реализуемыми реформами.
Кроме того, в ходе мероприятия докладчики ответили на вопросы, интересующие участников семинара.
#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar #Iqtisodiy_oqish #tadbirlar #Mehnat_vazirligi #TDYU
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Kon-geologiya vazirligi Jamoatchilik kengashi a’zolari, Vazirlikning tegishli bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Dastlab, Geologiya fanlari universiteti prorektori O.Qodirov Jamoatchilik kengashining yangi raisi sifatida tanishtirildi. U kengash a’zolariga kun tartibidagi masalalarni o‘qib eshittirdi.
Vazirlik Kasaba uyushmasi raisi F.Magdiyevning joriy yilda amalga oshirilgan ishlar haqidagi, Murojaatlar bo‘limi boshlig‘i A.Jamolovning murojaatlar tahlili to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.
Jamoatchilik kengashi a’zolari hisobot beruvchilarga savollari hamda takliflarini bayon qilishdi. Kelgusi yig‘ilishlarda kun tartibini belgilab olish, Jamoatchilik kengashi ishini takomillashtirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalardan unumli foydalanish har tomonlama manfaatli ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
20 июня 2025 года состоялось заседание Общественного совета Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан.
В заседании приняли участие члены Общественного совета, руководители соответствующих подразделений министерства.
В начале мероприятия проректор Университета геологических наук О. Кадыров был представлен в качестве нового председателя Общественного совета. Он ознакомил членов совета с вопросами, включёнными в повестку дня.
В ходе заседания были заслушаны отчёты председателя профсоюзного комитета министерства Ф. Магдиева о проделанной работе за текущий год, а также начальника отдела по рассмотрению обращений А. Джамолова о результатах анализа поступивших обращений.
Члены Общественного совета задали вопросы и высказали свои предложения докладчикам. Было отмечено, что определение повестки на будущие заседания и эффективное использование информационно-коммуникационных технологий для совершенствования деятельности Общественного совета являются весьма полезными и перспективными направлениями.
#kongeologiya #mingeo #Jamoatchilik_kengashi #Kasaba_qomitasi #murojaatlar_tahlili #yigilish
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 18-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi ayrim geografik obyektlarning nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish hamda yangi nom berish to‘g‘risida”ga qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 1-,2-, 3- va 4-ilovalarga muvofiq Davlat tili va me’yorlariga muvofiqlashtirilgan tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi noruda, rudali uglevodorod konlari hamda foydali qazilma konlari nomlari ro‘yxatlari tasdiqlangan.
Normativ-huquqiy hujjatlarda mazkur tasdiqlangan nomlardan foydalanilishi belgilandi.
18 июня 2025 года принято постановление Кабинета Министров «О приведении наименований отдельных географических объектов в горнодобывающей промышленности и геологии в соответствие с правилами и нормами государственного языка и о присвоении новых наименований».
Постановлением утверждены перечни наименований месторождений нерудных, рудных, углеводородных и других полезных ископаемых в горнодобывающей и геологической сферах, приведённые в соответствие с государственным языком и установленными нормами, согласно приложениям №1, 2, 3 и 4.
Установлено, что в нормативно-правовых актах необходимо использовать именно эти утверждённые наименования.
#kongeologiya #mingeo #Hukumat_qarori #davlat_tilida_ish_yuritish #kon_nomlari
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM