Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
13.1K subscribers
14.7K photos
1.03K videos
65 files
5.31K links
Download Telegram
💠 Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament haqida

2025-yil 6-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2-son qarori qabul qilindi.

Texnik reglament inson hayoti va salomatligini, mol-mulki va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda isteʼmolchilarni chalgʻitadigan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida portlash xavfi boʻlgan muhitda Oʻzbekiston hududida qoʻllanilishi va bajarilishi majburiy boʻlgan yagona talablarni belgilaydi.

Texnik reglament talablari portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalarning belgilangan roʻyxatiga nisbatan qoʻllaniladi.

Texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab 6 oy oʻtgach amalga kiritiladi.

🔹 🔹 🔹

💠 О техническом регламенте по безопасности оборудования, используемого во взрывоопасных средах

6 января 2025 года принято постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан «Об утверждении технического регламента о безопасности оборудования, используемого во взрывоопасных средах».

Технический регламент устанавливает единые обязательные требования, которые должны применяться и выполняться на территории Республики Узбекистан при эксплуатации оборудования в средах с опасностью взрыва. Его целью является защита жизни и здоровья человека, имущества и окружающей среды, а также предотвращение действий, вводящих в заблуждение потребителей.

Технический регламент вступает в силу через 6 месяцев со дня его официального опубликования и распространяются на оборудование включённое в установленный перечень.

#kongeologiya #mingeo #Vazirlar_Mahkamasining_qarori #reglament

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 O‘zbekiston” radiokanalining “Shu kunning mavzusi” eshittirishida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Neft-gaz sohasida sanoat xavfsizligi bo‘lim boshlig‘i A.Norov Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 2-son qarori bilan qabul qilingan “Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament”ning mohiyati haqida so‘z yuritgan.

🔹 🔹 🔹

💠 В передаче «Shu kunning mavzusi» радиоканала «O‘zbekiston» Начальник отдела промышленной безопасности в нефтегазовом секторе Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии А.Норов рассказал о сути и значении технического регламента по безопасности оборудования, используемого во взрывоопасных средах утвержденного постановлением Кабинета Министров от 6 января 2025 года.

#kongeologiya #mingeo #Vazirlar_Mahkamasining_qarori #reglament #TGKSGSNQI #Shu_kunning_mavzusi #radioeshittirish #Ozbekiston_radiokanali

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (28.02.2025-y., 131-son) qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan foydali qazilmalarni qazib olish uchun foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarida yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan marksheyderlik o‘lchovlari, ularni rasmiylashtirish va hisobotlarda aks ettirish yagona shartli koordinatalar tizimi - 1984-yilgi xalqaro geodezik tizim asosida amalga oshirish, foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi hisobotlarni topshirish tartibi belgilandi.

Shuningdek, qarorda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi hamda inspeksiyaning Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlangan.

🔹 🔹 🔹

💠 Принято постановление правительства о мерах по организации деятельности Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии

Принято постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан «О мерах по организации деятельности Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии при Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии республики Узбекистан» (28.02.2025, № 131).

В соответствии с данным постановлением на участках недр, предоставленных для добычи полезных ископаемых, пользователи недр обязаны проводить маркшейдерские измерения, оформлять их и отражать в отчетах в единой условной системе координат – международной геодезической системе 1984 года. Также установлен порядок представления отчетности о объемах добытых полезных ископаемых.

Кроме того, постановлением утверждены положения об Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии при Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии, а также о Военизированной горноспасательной части Инспекции.

#kongeologiya #mingeo #TKSGSNQI #Vazirlar_Mahkamasining_qarori #Nizom #Tartib

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM