Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
12.8K subscribers
16K photos
1.16K videos
65 files
5.77K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
💠 “Balpantov” hamda “Turbay” konlaridagi loyihalar haqida

“NKMK” AJ tomonidan maʼdan qazib olish va qayta ishlash quvvatlarni kengaytirishga qaratilgan yirik investitsion loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2022-yilda Tomdi tumani hududida “Balpantov” konini o‘zlashtirish bo‘yicha oltin tarkibli maʼdan qazib olish ishlari boshlangan edi. Loyiha doirasida mazkur kondan yiliga 1 mln tonnadan ortiq maʼdan qazib olish rejalashtirilgan.

O‘tgan vaqt mobaynida “Balpantov” konidan qariyb 6,5 mln kubometr tog‘ jinslari qazib olinib, qariyb 1,3 mln tonna maʼdan temir yo‘l orqali 2-gidrometallurgiya zavodiga qayta ishlash uchun yetkazildi. Hozirda mazkur konda maʼdan qazib olish ishlarida ekskavator, avtoag‘dargichlar, burg‘ilash uskunasi, frontal yuklagichlar kabi zamonaviy konchilik texnikalaridan keng foydalanilmoqda.

Shuningdek, tuman hududidagi “Turbay” konida ham tog‘ jinslarini qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda, mazkur jarayonga zamonaviy konchilik texnikalari jalb qilingan.

#kongeologiya #mingeo #NKMK #Tomdi_tumani #Balpantov #Turbay #loyihalar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
Photo
💠 О проектах на месторождений «Балпантов» и «Турбай»

На сегодняшний день АО «НГМК» поэтапно реализуются крупные инвестиционные проекты, направленные на расширение добычных и перерабатывающих мощностей.

В частности, в 2022 году была начата добыча золотосодержащей руды для освоения месторождения Балпантау на территории Тамдынского района. В рамках данного проекта на месторождении планируется добывать более 1 млн тонн руды в год.

За прошедшее время на месторождении Балпантау добыто около 6,5 млн кубометров горной массы, около 1,3 млн тонн руды для переработки транспортировано по железной дороге на Гидрометаллургический завод №2. На данный момент в добычных работах на месторождении широко используется современная горная техника, такая как экскаватор, самосвалы, буровая установка, фронтальные погрузчики.

Кроме того, на месторождении «Турбай» ведется расширение мощностей по добыче и переработке горных пород, в процесс задействованы современные горнодобывающие технологии.

#kongeologiya #mingeo #NKMK #Tomdi_tumani #Balpantov #Turbay #loyihalar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 "NKMK" AJ: "Turbay" konida maʼdan qazib olish hajmi oshirilmoqda

2025-yilning birinchi yarim yilligida Navoiy kon-metallurgiya kombinati Shimoliy kon boshqarmasi tarkibidagi "Turbay" konida 1,2 million tonnaga yaqin oltin tarkibli maʼdan qazib olinib, temir yo‘l orqali 5-gidrometallurgiya zavodiga qayta ishlash uchun yetkazildi.

"Turbay" konini o‘zlashtirish ishlari investitsion loyiha asosida 2022-yilda boshlangan, bugungi kunga qadar qariyb 18 mln. kubometr tog‘ jinslari qazib olindi.

Konning bosqichma-bosqich o‘zlashtirilishi natijasida hozirgi vaqtda karyer uzunligi 750 metr, kengligi 1 300 metrdan ortiq, chuqurligi qariyb 100 metrni tashkil etadi.

🔹 🔹 🔹

💠 АО «НГМК»: на месторождении «Турбай» увеличиваются объемы добычи руды

В первом полугодии 2025 года на месторождении «Турбай», входящем в состав Северного рудоуправления Навоийского горно-металлургического комбината, было добыто около 1,2 млн тонн золотосодержащей руды, которая по железной дороге доставлена на 5-й гидрометаллургический завод для переработки.

Освоение месторождения «Турбай» началось в 2022 году в рамках инвестиционного проекта. К настоящему времени добыто почти 18 млн кубометров горной массы.

В результате поэтапного освоения месторождения в настоящее время длина карьера составляет 750 метров, ширина — более 1 300 метров, а глубина — около 100 метров.

#kongeologiya #mingeo #NKMK #Turbay #investitsiyalar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM