Toshkentda "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Xalqaro ko'rgazmada tog ' - kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari ishtirok etdilar.
Ko'rgazma doirasida tog ' - kon sanoati va geologiya vazirining o'rinbosari A. Qadirxodjayev mamlakatimiz litiy qazib olishni boshlash niyatida ekanini ta'kidladi.
"Bizda katta litiy koni bor, uni o'zlashtirish uchun texnik — iqtisodiy asoslash tayyorlandi va biz mamlakatda ushbu metallni qazib olish va qayta ishlashni boshlashga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz", dedi vazir o'rinbosari “Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro ko'rgazmasida.
Uning ta'kidlashicha, vazirlik past uglerodli texnologiyalar va yashil energetikaga o'tish doirasida sanoat tomonidan talab qilinadigan texnologik metallar tarmog'ini rivojlantirishni respublika uchun istiqbolli yo'nalish deb biladi.
O'zbekistonning investitsiya takliflaridan biri Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi Shavazsoy litiy konini o’zlashtirishdir. Rudalar va zaxiralardagi litiyning o'rtacha miqdori (123 ming tonnadan ortiq litiy) bo'yicha Shavazsoy AQSh va Xitoydagi xuddi shunday turdagi konlardan kam emas.
Loyihani amalga oshirish xarajatlari 59,5 million dollarga baholanmoqda.
Qo’shimcha ma’lumotlar Fn Finančné Noviny muxbirining maqolasida.
#kongeologiya #mingeo #litiy #innoprom
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM