Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
12.7K subscribers
15.7K photos
1.14K videos
65 files
5.65K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
💠 Energiya resurslarini tejash va undan foydalanish samaradorligini oshirish usullari haqida tadbir bo‘lib o‘tdi

2024-yil 25-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “Geologiya, togʻ-kon sanoati, metallurgiya sohasi xodimlari uchun energiya resurslarini tejash va undan foydalanish samaradorligini oshirish usullari” mavzusida brifing o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent davlat texnika universiteti falsafa fanlari doktorlari S.Maxmudov, J.Mirsaidov, S.Aripov hamda vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar ishlab chiqarish hamda xonadonlarda energiya tejamkorligiga erishish usullari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi va mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

🔹 🔹 🔹

💠 Состоялось мероприятие по теме «Методы экономии и повышения эффективности использования энергоресурсов»

25 июля 2024 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологи проведен брифинг на тему «Методы экономии и повышения эффективности использования энергоресурсов для работников геологии, горнодобывающей промышленности и металлургии».

На мероприятии со своими презентациями приняли участие доктора философии С.Махмудов, Ж.Мирсаидов, С.Арипов Ташкентского Государственного технического университета, а также работники центрального аппарата министерства.

Участники ознакомлены с современными методами экономии энергии в производстве и жилых помещения, получили исчерпывающие ответы на интересующие в данном направлении вопросы.

#kongeologiya #mingeo #brifing #energiya_tejamkorligi #TDTU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Energiya resurslarini tejash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish usullari haqida tadbir bo‘lib o‘tdi

2024-yil 14-noyabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti A.Po‘latov mavzu yuzasidan ma’ruza va taqdimot bilan ishtirok etdi.

Ishtirokchilar energiya tejamkorligiga erishishning samarali usullari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ma’ruzachi tomonidan mavzu yuzasidan xodimlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Состоялось мероприятие на тему «Методы экономии и повышения эффективности использования энергоресурсов»

14 ноября 2024 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии состоялось мероприятие на тему «Дополнительные меры по повышению эффективности использования энергоресурсов».

Доцент Ташкентского государственного технического университета А.Пулатов выступил с докладом и презентацией.

Участники получили информацию о способах достижения энергоэффективности. Докладчик дал ответы на интересующие сотрудников вопросов.

#kongeologiya #mingeo #brifing #energiya_tejamkorligi #TDTU #tadbir

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Energiya tejamkorlik yo‘nalishida qayta tiklanuvchi texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalarida energiya tejamkorlik yo‘nalishida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatgan holda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Vazirlik ma’muriy binosida 800 litr quvvatga ega bo‘lgan suv isitgich geokollektorlari o‘rnatilgan. Ma’muriy binoni issiq suv bilan ta’minlashda foydalanilmoqda.

Soha korxonalari jumladan, “Navoiyuran” DKda quvvati 2205 kVt bo‘lgan foto elektr stansiyalari o‘rnatilib ishga tushirilgan. Yil davomida yana 13 ta obyektda, ya’ni mavjud bo‘sh maydon va binolarga quvvati 1200 kVt bo‘lgan fotoelektr stansiyalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. “NKMK” AJ ishlab chiqarish obyektlarida umumiy 9550 kVt quvvatga ega foto elektr stansiyalari ishga tushirilgan va yiliga 14,3 mln.kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

“NKMK” AJda quyosh energiyasidan nafaqat elektr energiyasi, balki issiqlik energiyasi ishlab chiqarishga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Foydalanishda bo‘lgan quyosh suv isitgichlarining umumiy soni 4993 donaga yetkazilgan.

“OKMK” AJ korxonalariga umumiy quvvati 9 791 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatilgan.

“O‘zmetkombinat” AJ tomonidan 1555 kVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasi o‘rnatilgan va 2025-yilda 225 kVt quyosh foto elektr stansiyasi o‘rnatish rejalashtirilgan. Quyosh foto elektr stansiyalar tomonidan hozirgi kunga qadar 2 246 260 kVt.s elektr energiya ishlab chiqarildi.

Shuningdek, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ (499 kVt), “O‘zbekgeofizika” AJ (160 kVt) va “O‘zbekgirdogeologiya” AJ (82,45 kVt) quyosh foto elektr stansiyalari o‘rnatilgan. “O‘zbekgeofizika” AJ tizimida hajmi 2400 litr quvvatga ega suv isitish geokollektorlari oʻrnatilib, samarali ishlab kelmoqda.

🔹 🔹 🔹

💠 Внедрение возобновляемых технологий в направлении энергосбережения

В Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии и его подведомственных организациях ведется активная работа по использованию возобновляемых источников энергии в целях энергосбережения.

В частности, в административном здании Министерства установлены геоколлекторы с водонагревателем объёмом 800 литров, которые обеспечивают здание горячей водой.

На предприятиях отрасли, в том числе на ГП «Навоийуран», введены в эксплуатацию фотоэлектрические станции мощностью 2205 кВт. В течение года планируется установка фотоэлектрических станций общей мощностью 1200 кВт ещё на 13 объектах, включая свободные площади и здания.

На производственных объектах АО «НГМК» введены в эксплуатацию фотоэлектрические станции общей мощностью 9550 кВт, ежегодно вырабатывающие 14,3 млн кВт*ч электроэнергии.

В АО «НГМК» особое внимание уделяется не только производству электроэнергии, но и тепловой энергии за счёт солнечной энергии. Общее количество солнечных водонагревателей в эксплуатации достигло 4993 единиц.

На предприятиях АО «АГМК» установлены солнечные фотоэлектрические станции общей мощностью 9791 кВт.

АО «Узметкомбинат» установило солнечную фотоэлектрическую станцию мощностью 1555 кВт и планирует в 2025 году установить ещё одну станцию мощностью 225 кВт. Фотоэлектрические станции уже произвели 2 246 260 кВт*ч электроэнергии.

Также солнечные фотоэлектрические станции были установлены на следующих предприятиях: АО «Узбекгеологоразведка» — 499 кВт, АО «Узбекгеофизика» — 160 кВт, АО «Узбекгидрогеология» — 82,45 кВт. В системе АО «Узбекгеофизика» также установлены геоколлекторы с водонагревателями объемом 2400 литров, которые эффективно функционируют.

#kongeologiya #mingeo #energiya_tejamkorligi #muqobil_energiya_manbalari #quyosh_stansiyalari #geokollektorlar #NKMK #Navoiyuran #OKMK #Ozmetkombinat #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekgeofizika #Ozbekgidrogeologiya

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM