🫥 Yaratilgan yangi konstruksiyaga ko‘ra kern olish miqdori 100% ga ko‘tariladi
🫥 Bugungi kunga qadar neft va gaz qazib olishda burg‘ilash jarayonida 1962 yilda konstruksiyasi yaratilgan “Nedra”, “Silur” va “Kembriy”
kern oluvchi snaryadlari ishlatilmoqda. Bunda o‘rtacha
kern olish miqdori 50-65%ni tashkil etadi.
🫥 Rivojlangan burg‘ilash kompaniyalarida esa
kern olish foizi 90-100 % ni tashkil qiladi.
🫥 Geologiya fanlari universiteti, Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti» Davlat muassasasi katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi Q. M. Muxitdinov tomonidan Respublikamizda neft va gaz geologiyasi sanoatida komersiyalash maqsadida innovatsion yangi
kern (tog‘ jinsi namunasi) oluvchi snaryadlar konstruksiyasini va texnologiyasini yaratish, ishlab chiqarish obyektlarida tadbiq qilish, natijada
kern olish sifati va foizini oshirish maqsadida
kern oluvchi snaryad,
kern ushlagich va parmalash boshchalarining yangi konstruksiyasi yaratildi.
✅ Yaratilgan yangi konstruksiya ga ko‘ra:
🗣kern oluvchi snaryadlar Ø168/80mm, Ø139,7/67mm, Ø127/67(52)mm;
🗣kern ushlagichlar Ø80mm, Ø67mm, Ø52mm.;
🗣burg‘i boshchalari Ø187/80mm, Ø158,7/67mm, Ø139,7/67mm.;
🗣Ishlab chiqilgan snaryadlar burg‘ilash korxonalarida ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq qilindi.
✅ Amalga oshirilgan ishlar natijasida
kern olish miqdori 100% ga ko‘tarildi.
#kongeologiya #mingeo #GFU #NGKGQI #konstruksiy #kern_olish #memorandum #hamkorlikСайт | Telegram | Facebook | Instagram