Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
12.8K subscribers
15.4K photos
1.12K videos
65 files
5.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
💠 Kon-geologiya vazirligi vakillari “Korea-Uzbekistan Geoscience Big Data Cooperation Workshop” xalqaro seminarida ishtirok etishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillari Koreya Respublikasining Koreya mineral resurslar va geologiya fanlari instituti (KIGAM) oʻrtasida sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan hamkorlik doirasida Janubiy Koreya Respublikasida tashkillashtirilgan “Korea–Uzbekistan Geoscience Big Data Cooperation Workshop” mavzusidagi xalqaro seminarda oʻz taqdimotlari bilan qatnashishdi.

Tadbirda “Establishment of Public Administrative System on Geology and Mineral Resources, Uzbekistan” loyihasi boʻyicha KIGAM Prezidenti bilan muhokamalar oʻtkazildi.

📝📝📝

💠 Представители Мингеологии Республики Узбекистан приняли участие в международном семинаре «Korea-Uzbekistan Geoscience Big Data cooperation Workshop»

В рамках сотрудничества по внедрению цифровых технологий в отрасли между Министерством горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан и Корейским институтом минеральных ресурсов и геологических наук (KIGAM) Корейской Республики представители Мингеологии Республики Узбекистан приняли участие с презентациями в международном семинаре «Korea-Uzbekistan Geoscience Big Data cooperation Workshop».

На мероприятии состоялись переговоры с президентом KIGAM по проекту «Establishment of Public Administrative System On Geology and Mineral Resources, Uzbekistan».

#kongeologiya #mingeo #KIGAM #xalqaro_hamkorlik

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 KOICA, KIGAM va KOMIR korporatsiyalari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuv xususida

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA), Koreya geologiya va mineral resurslar instituti (KIGAM) hamda Koreya kon meloratsiyasi va meliorativ korporatsiyasi (KOMIR) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda xavfli geologik jarayonlar, xabardorlikni oshirish, axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi (GIS DB), loyiha samaradorligini boshqarish sohalari bo‘yicha muloqot olib borildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Встреча с представителями корпораций KOICA, KIGAM и KOMIR

В Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан состоялась встреча с представителями Корейской организации международного сотрудничества (KOICA), Корейского института геологии и минеральных ресурсов (KIGAM) и Корейской горнодобывающей и мелиоративной корпорации (KOMIR).

На встрече состоялся диалог по направлениям опасных геологических процессов, повышения осведомленности, информационных систем и баз данных (GIS DB), управления эффективностью проектов.

#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #KOICA #KIGAM #KOMIR

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 KOICA, KIGAM va KOMIR korporatsiyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2024-yil 20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Koreya mineral resurslar bo‘yicha konlarni qayta tiklash korporatsiyasi (KOMIR), Koreya geologiya va mineral resurslar instituti (KIGAM) vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda vazirlik mutasaddilari hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi delegatsiya a’zolari tomonidan hamkorlikda “Oʻzbekistonda geologik axborotlar va geologik xavfli jarayonlarni boshqarishning yaxlit tizimini yaratish” grant loyihasi muhokama qilindi.

🔹 🔹 🔹

💠 Состоялась встреча с представителями корпораций KOICA, KIGAM и KOMIR

20 марта 2024 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан состоялась очередная встреча с представителями Корейского агентства международного сотрудничества (KOICA), Корейской корпорации восстановления шахт и использования минеральных ресурсов (KOMIR), Корейского института геологии и минеральных ресурсов (KIGAM).

На встрече представителями министерства и членами делегации KOICA обсужден грантовый проект «Создание в Узбекистане единой системы управления геологической информацией и опасными геологическими процессами».

#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #KOICA #KIGAM #KOMIR

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Koreya savdo, sanoat va energiya vazirligi bilan O‘ta muhim minerallar sohasida sheriklik to‘g‘risida kelishuv imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.

Davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat, shu jumladan, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Koreya Respublikasining savdo, sanoat va energiya vazirligi o‘rtasida Kritik minerallarni qazib olish, qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha ikki tomonlama Hamkorlik kelishuvi, “KIGAM” bilan raqamlashtirish va koʻchkilar monitoringi boʻyicha Big Data grant loyihasini amalga oshirish yuzasidan Kelishuv hamda “KIGAM”, Kon-geologiya vazirligi hamda Mineral resurslar instituti oʻrtasida istiqbolli maydonlarni geologik oʻrganish, shu jumladan noyob minerallarni izlash va texnologik tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha Kelishuv imzolandi.

Mazkur hujjatlar Koreyaning texnologik va ilgʻor kompaniyalari bilan “yashil” kelajakka moʻljallangan qoʻshma loyihalarni jadallashtirishga xizmat qiladi.

🔹 🔹 🔹

💠 Подписано соглашение о партнерстве с Министерством торговли, промышленности и энергетики Кореи в области критических минералов

По итогам переговоров между президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым и президентом Республики Корея Юн Сок Йолом принят значительный пакет двусторонних документов.

В рамках государственного визита было подписано в общей сложности 17 документов, в том числе двустороннее соглашение о сотрудничестве между Министерством горнодобывающей промышленности и геологии и Министерством торговли, промышленности и энергетики Республики Корея по добыче, переработке критических минералов и производству продукции с высокой добавленной стоимостью, соглашение с KIGAM о реализации грантового проекта Big Data на цифровизацию и мониторинг оползней, а также соглашение между Мингеологией, Институтом минеральных ресурсов и KIGAM о геологическом изучении перспективных месторождений, включая поиск редких полезных ископаемых и проведение технологических исследований

Эти документы послужат ускорению совместных проектов с корейскими технологическими и передовыми компаниями, нацеленными на «зеленое» будущее.

#kongeologiya #mingeo #tashrif #JanubiyKoreya #ishbilarmonlar #KIGAM

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “GIDROINGEO instituti” DM: Xorijiy loyiha doirasida dala tadqiqot ishlari o‘tkazildi

Joriy yilning 12-13-mart kunlari “Oʻzbekistonda geologik axborotlar va geologik xavfli jarayonlarni boshqarishning yaxlit tizimini yaratish” loyihasi doirasida Toshkent viloyatidagi ko‘chki hududlarida dala tadqiqot ishlari o‘tkazildi.

Tadqiqot ishlarida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM, Koreya mineral resurslar bo‘yicha konlarni qayta tiklash korporatsiyasi (KOMIR), Koreya geologiya va mineral resurslar instituti (KIGAM) hamda SOAM korporatsiyasining vakillari ishtirok etdilar.

Angren ko‘mir koni va 4R-6 “Toshkent-Chimyon” avtomobil yo‘lining kirish qismlarida olib borilgan dala tadqiqot ishlari davomida mutaxassislar geologik sharoitlarni tahlil qildilar, xavflarni baholadilar va qiyaliklarning barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rgandilar.

Tadqiqotlar yer qa’ridan foydalanish va geologik xavflar sohasida zamonaviy monitoring va boshqaruv tizimini ishlab chiqishga qaratilgan loyihaning asosiy vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan ma’lumotlar xavfli geologik jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish usullarini takomillashtirish uchun qo‘llaniladi.

🔹 🔹 🔹

💠 ГУ «Институт ГИДРОИНГЕО»: Проведены полевые исследования в рамках зарубежного проекта

12-13 марта текущего года в рамках проекта «Создание интегрированной системы управления полезными ископаемыми и опасными геологическими процессами в Узбекистане» на оползневых территориях Ташкентской области были проведены полевые обследования.

В исследованиях приняли участие представители Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, ГУ «Институт гидрогеологии и инженерной геологии», Корейской корпорации по восстановлению месторождений минеральных ресурсов (KOMIR), Корейского института геологии и минеральных ресурсов (KIGAM) и корпорации SOAM.

Обследование охватило угольный разрез «Ангренский» и подъездные участки автомобильных дорог 4R-6 «Ташкент-Чимган». В ходе выездных работ специалисты провели анализ геологических условий, оценку рисков и изучение факторов, влияющих на устойчивость склонов.

Проведенные исследования имеют важное значение для реализации основных задач проекта, направленных на разработку современной системы мониторинга и управления в сфере недропользования и геологических рисков. Полученные данные будут применены для совершенствования методов предотвращения и смягчения последствий опасных геологических процессов.

#kongeologiya #mingeo #HYDROENGEO #KOICA #KOMIR #KIGAM #SOAM #xalqaro_hamkorlik

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “O‘zbekistonda xavfli geologik jarayonlar va foydali qazilmalar uchun integratsiyalashgan boshqaruv tizimini yaratish” loyihasi yuzasidan tadbir tashkil qilindi

2025-yil 23-aprel kuni “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda foydali qazilmalar va xavfli geologik jarayonlar uchun integratsiyalashgan boshqaruv tizimini yaratish” mavzusidagi loyihaga start berildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalari, Janubiy Koreyaning KOICA, KOMIR, KIGAM, SOAM, Argonet kompaniyalarining rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda loyihaning maqsadi – geologik ma’lumotlarni boshqarishning Yagona tizimini yaratish va toʻliq raqamlashtirish hamda xavfli geologik jarayonlar yoʻnalishini raqamli modernizatsiya qilishdan iborat ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, loyihaga ko‘ra xavfli geologik jarayonlarni monitoring qilish tizimi zamonaviy masofadan o‘lchash asbob-uskunalari bilan jihozlanadi va tahliliy axborot tizimi yaratilishi, Davlat geologiya fondidagi elektron nusxasi yaratilgan hisobotlar toʻliq raqamlashtirilishi, geologik xaritalar raqamli GAT formatiga o‘tkazilishi, loyihani amalga oshirish natijasida, Davlat geologiya fondining raqamli maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi, O‘zbekiston va Koreya davlatlarida ixtisoslashtirilgan maxsus o‘quv seminar-treninglari tashkillashtirilishi qayd etildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Организовано мероприятие по проекту «Создание интегрированной системы управления опасными геологическими процессами и полезными ископаемыми в Узбекистане»

23 апреля 2025 года в целях обеспечения выполнения задач, определенных в Указе Президента Республики Узбекистан «О Государственной программе по реализации Стратегии «Узбекистан – 2030» в Год охраны окружающей среды и «зеленой экономики»» начата реализация проекта «Создание интегрированной системы управления опасными геологическими процессами и полезными ископаемыми в Республике Узбекистан» на 2025-2029 годы.

В мероприятии приняли участие руководители и специалисты Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан и его подведомственных предприятий, южнокорейских компаний KOICA, KOMIR, KIGAM, SOAM, Argonet.

Отмечено, что целью проекта является создание Единой системы управления геологической информацией, её полная цифровизация, а также цифровая модернизация процессов мониторинга опасных геологических явлений.

Также, в рамках проекта система мониторинга опасных геологических процессов будет оснащена современным дистанционным измерительным оборудованием и будет создана аналитическая информационная система. Все отчёты, имеющие электронные копии в Государственном геологическом фонде, будут полностью оцифрованы, геологические карты переведены в цифровой формат GIS. В результате реализации проекта будет сформирована цифровая база данных Государственного геологического фонда. Кроме того, планируется организация специализированных учебных семинаров и тренингов в Узбекистане и Республике Корея.

#kongeologiya #mingeo #Davlat_dasturi #Ozbekiston2030 #Atrof_muhitni_asrash_va_yashil_iqtisodiyot_yili
#GIDROINGEO_instituti #Ozbekgidrogeologiya #GFU #tadbir #KOICA #KIGAM #KOMIR #SOAM #Argonet #xalqaro_hamkorlik

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 “O‘zbekistonda xavfli geologik jarayonlar va foydali qazilmalar uchun integratsiyalashgan boshqaruv tizimini yaratish” loyihasi yuzasidan o‘tkazilgan tadbir tafsilotlari.

“O‘zbekiston 24” telekanali, “Axborot 24”


🔹 🔹 🔹

💠 Подробности мероприятия организованного по проекту «Создание интегрированной системы управления опасными геологическими процессами и полезными ископаемыми в Узбекистане»

«Axborot 24» телеканал «O‘zbekiston 24»

#kongeologiya #mingeo #Davlat_dasturi #Ozbekiston2030 #Atrof_muhitni_asrash_va_yashil_iqtisodiyot_yili
#GIDROINGEO_instituti #Ozbekgidrogeologiya #GFU #tadbir #KOICA #KIGAM #KOMIR #SOAM #Argonet #xalqaro_hamkorlik #ozbekiston24_telekanali

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM