Savdo-sanoat palatasi
13.1K subscribers
8.72K photos
1.25K videos
110 files
9.9K links
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy kanali

facebook.com/uzchamber
instagram.com/uzchamber
youtube.com/uzchamber
https://chamber.uz

Murojaat va takliflar uchun 24/7:
+998 (78) 150-60-06
Download Telegram
Savdo-sanoat palatasi
📣 Уважаемые предприниматели! 🇹🇷 ТПП приглашает Вас принять участие в Международной выставке продуктов питания, упаковки и оборудования «F-Istanbul -2023». Выставка состоится 12-13-14 июля 2023 года в выставочном центре Istanbul Expo Center,Yeşilköy, Турции…
📣 Hurmatli tadbirkorlar!

Savdo-sanoat palatasi sizni “F-Istanbul -2023” oziq-ovqat, qadoqlash va uskunalar xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Ko‘rgazma 2023-yil 12-13-14-iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahridagi Istanbul Expo Center, Yeşilköy ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tadi.

Ko'rgazmaning tematik bo'limlari:
Qadoqlash uskunalari va materiallari.
Qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar.
Oziq-ovqat va ichimliklarni qayta ishlash uchun uskunalar.
Oziq-ovqat va qo‘shimchalar.
Do'konlar, Ichimliklar, Urug'lar, Pistalar, Quritilgan mevalar.
Sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar.
Kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar.

Koʼrgazma haqida batafsil maʼlumot:
👉 www.f-istanbul.com

Tashkiliy qo‘mita ko‘rgazma ishtirokchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor va barcha savollar bo‘yicha quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin:
📞 +99899 444 44 96

🕊 Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Anomal sovuq natijasida qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi

Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashmoqda.

«Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko‘plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman», — dedi Prezident.

Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band).

Hisob-kitobga ko‘ra, zarur choralar ko‘rilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot o‘sishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgacha).

❗️«Oldimizda dolzarb vazifa — “qattiq sovuq” oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois, iqtisodiyotda yo‘qotishlar o‘rnini qoplash va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.

🕊 Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savdo-sanoat palatasi
⚡️Anomal sovuq natijasida qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashmoqda. «Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko‘plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib…
Tadbirkorlarga qanday yengilliklar beriladi?

“Qattiq sovuq”dan qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga kredit, soliq, bojxona va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yengilliklar beriladi.

Jumladan:

2 ming nafar kichik va o‘rta tadbirkorlarning yanvar-martda muddati keladigan 4,7 trillion so‘m kredit to‘lovlari 1-iyunga qadar uzaytiriladi;

29 mingta tadbirkorning 2 trillion so‘m soliqdan qarzini 1-iyulga qadar foizsiz, qo‘shimcha garovsiz va “penya”siz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;

quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga ishlab chiqarishni tiklash va aylanma mablag‘ uchun 8 trillion so‘m kredit ajratiladi;

nosoz uskunalarni taʼmirlashga kreditlar ajratiladi, ular bo‘yicha 2,5 milliard so‘mgacha kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5 foizi qoplab beriladi;

27 mingta tadbirkor uchun davlat mulki ijara to‘lovi 1-aprelga qadar o‘zgarmaydi va uni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi (tadbirkorlarda 52 milliard so‘m qoladi);

davlat mulkini sotib olgan tadbirkorlar uchun to‘lovlar, foiz va “penya” 1-aprelga qadar to‘xtatib turiladi;

ishlab chiqarish binolarining har bir yuqori qavati uchun tadbirkorlarga mol-mulk solig‘idan 10 foizdan chegirma beriladi;

qurilish va qurilish materiallari tarmoqlarini tezroq tiklash uchun, davlat investitsiya dasturidan 3 trillion so‘mlik moliyalashtirish shu haftadan ochiladi.

🕊 Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Metan «zapravka»larga 5 barobar ko‘p gaz yetkazib beriladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan bo‘layotgan uchrashuvda maʼlum qildi.

Jumladan, sanoat va xizmat ko‘rsatishni tiklash uchun, respublika bo‘yicha:

kuniga 80 million kub metr gaz va 126 million kilo-vatt soat elektr yetkazib beriladi;

bir hafta ichida gaz quyish shoxobchalariga kunlik 5 million kub metr gaz yetkazib beriladi (hozir – 1 million kub metr).

🕊 Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Наманган шаҳридаги “Баркамол авлод” кичик саноат ва тадбиркорлик зонасида бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил малую промышленную и предпринимательскую зону «Баркамол авлод» в Намангане.

#Mirziyoyev #safar #Namangan #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hafta_statistikasi
30.01.23-03.02.23

⚖️ SSP Markaziy apparati tomonidan a’zolari manfaatida jami 125 ta holatda sudlarga da’vo arizalari kiritildi.

🤝 10 ta holatda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga kelgan nizolar Palata vakillarning yordamida sudgacha o‘zaro kelishuv yo‘li orqali hal etildi.

📁 11 ta normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazildi, shundan 9 tasi bo‘yicha aniq takliflar va mulohazalar bildirildi.

☎️ “Chamber Business Solutions” UK tomonidan Savdo-sanoat palatasi yagona raqamlariga umumiy hisobda 739 ta qo‘ng‘iroq kelib tushdi.

👤 Tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami 170 ta murojaat kelib tushdi.

🕊 Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha toʼxtatildi

“Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–43-son, 03.02.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʼra, tadbirkorlarning 2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oshgan (hosil boʼlgan) soliq qarzini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha foizlarsiz, qoʼshimcha shartlar qoʼymasdan va taʼminot talab etmasdan teng ulushlarda boʼlib-boʼlib toʼlashga ruxsat beriladi.

🫥Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023 yil 1 aprelgacha toʼxtatiladi.

🫥 Tashqi savdo operatsiyalari boʼyicha muddati oʼtgan debitor qarzdorlik uchun xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga 2023 yil 1 aprelgacha jarimalar qoʼllanilmaydi.

🫥Shuningdek, tadbirkorlar 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʼlovlarini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha teng ulushlarda boʼlib-boʼlib toʼlashi mumkin.

🫥Tadbirkorlar tomonidan boʼlib-boʼlib toʼlash sharti bilan sotib olingan davlat aktivlari boʼyicha 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida toʼlanishi lozim boʼlgan toʼlovlar, shu jumladan dastlabki toʼlov toʼlanmaganligi uchun foizlar va penyalar hisoblash 2023 yil 1 aprelgacha toʼxtatib turiladi.

🫥 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar shartlari havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli bajarilmaganligi uchun tadbirkorlarga jarima va penyalar qoʼllanilmaydi.

🫥Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarga nisbatan 2023 yil 1 aprelgacha davlat foydasiga undiruvlar bilan bogʼliq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi toʼxtatiladi.

🫥Qarorga koʼra, tadbirkorlarga havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida nosoz holga kelgan asosiy vositalarni taʼmirlash uchun ajratilgan kreditlar boʼyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), lekin umumiy qiymati 2,5 mlrd soʼmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi.

🕊 Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ПҚ-43.pdf
1.1 MB
🇺🇿 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2023 yildagi “Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-43-son Qarori

🕊 Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ПП-43.pdf
1.1 MB
🇺🇿 Постановление Президента Республики Узбекистан, от 03.02.2023 г. № ПП-43 "О мерах поддержки субъектов предпринимательства для уменьшения негативного воздействия на экономику резкого снижения температуры воздуха"

🕊 Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

Aziz yurtdoshlar, hurmatli tadbirkorlar!

Savdo-sanoat palatasi hamda Chorsu Gold Center hamkorligida O‘zbekiston zargarlik namunalarini milliy brend sifatida tanishtirish, mahalliy zargarlarni qo’llab-quvvatlash, ularning noyob salohiyatini ochib berish maqsadida

📆 8-9, 15-16 va 22-23 fevral kunlari 📍Chorsu Gold Center savdo markazida O’zbekistondagi zargarlik sohasi uchun eng yirik savdo tadbiri – ULGURCHI SAVDO YARMARKAsini tashkil etadi!

Ulgurji savdo yarmarkasi butun zargarlik sanoatini birlashtiradigan yagona maskan bo’lib, ushbu ko’rgazmada qimmatbaho, hashamatli, tilla va zamonaviy dizayndagi zargarlik buyumlari namoyish etiladi.

🤝 Biz barcha ishlab chiqaruvchi va zargarlik sohasi egalarini ko’rgazmada ishtirok etishga va hamkorlik o’rnatishga chorlaymiz!

‼️ Savdo joylari BEPUL ajratiladi. Rastalar soni chegaralangan! Ulgurji zargarlik bozori aprel oyiga qadar o'tkazilib boriladi.

Batafsil ma’lumot uchun:📞 +998 99 816 37 17

🕊 Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣“Sohir qalam moʻjizasi” III Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi va “Xattotlik san’atining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok eting!

📆 2023 yilning 11-18 fevral kunlari Toshkent Fotosuratlar uyida “Sohir qalam moʻjizasi” Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi va unda Buxoro miniatyura maktabi taqdimoti ham o‘tkaziladi.

Ko‘rgazma doirasida 11 fevral kuni soat 10.30 da “Xattotlik san’atining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi gibrid tarzida o‘tkaziladi.

Tadbir mamlakatimizda xattotlik va miniatyura san’atini rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi hamda ilmiy-amaliy konferensiya 📹 Youtube hamda 🌐 Zoom dasturi orqali onlayn e’tiboringizga havola etiladi.

☎️ Batafsil ma’lumot uchun: +99871 279-80-88

🕊 Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

Aziz yurtdoshlar, hurmatli tadbirkorlar!

Savdo-sanoat palatasi hamda Chorsu Gold Center hamkorligida O‘zbekiston zargarlik namunalarini milliy brend sifatida tanishtirish, mahalliy zargarlarni qo’llab-quvvatlash, ularning noyob salohiyatini ochib berish maqsadida

📆 8-9, 15-16 va 22-23 fevral kunlari 📍Chorsu Gold Center savdo markazida O’zbekistondagi zargarlik sohasi uchun eng yirik savdo tadbiri – ULGURCHI SAVDO YARMARKAsini tashkil etadi!

Ulgurji savdo yarmarkasi butun zargarlik sanoatini birlashtiradigan yagona maskan bo’lib, ushbu ko’rgazmada qimmatbaho, hashamatli, tilla va zamonaviy dizayndagi zargarlik buyumlari namoyish etiladi.

🤝 Biz barcha ishlab chiqaruvchi va zargarlik sohasi egalarini ko’rgazmada ishtirok etishga va hamkorlik o’rnatishga chorlaymiz!

‼️ Savdo joylari BEPUL ajratiladi. Rastalar soni chegaralangan! Ulgurji zargarlik bozori aprel oyiga qadar o'tkazilib boriladi.

Batafsil ma’lumot uchun:📞 +998 99 816 37 17

🕊 Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM