«O‘zbekiston bunyodkori» gazetasi
865 subscribers
9.37K photos
1.76K videos
393 files
4.2K links
«O‘zbekiston bunyodkori» – газетасининг ҳар бир сони ҳақида тезкор маълумотлар билан танишиш имконига эга бўласиз! Сиз мамлакатимиз архитектура ва қурилиш соҳасидаги барча янгиликлардан бохабар бўлиб борасиз!
Боғланиш учун @Rayhona25
Download Telegram
#Bilasizmi

Savol: Tashkilotlar reytingini hisoblashda inobatga olinadigan ma’lumotlardan xabardormisiz?

‼️Javob: Ha, albatta! Davlat Soliq qo‘mitasi – 45 ball, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 18 ball, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi – 13 ball, Davlat Statistika qo‘mitasi – 10 ball, Ichki ishlar vazirligi – 5 ball, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi –5 ball, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi – 4 ball etib belgilangan. Yana shuni ta’kidlash o‘rinliki, Qurilish vazirligi tomonidan istiqbolda qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini aniqlash mezonlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi bilan kelishgan holda kiritilishi belgilandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#BILASIZMI

❗️Qanday obyektlarning loyiha hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilmaydi?

Shaharsozlik kodeksining 23-moddasiga muvofiq
•  mavsumiy ishlar uchun vaqtinchalik va maishiy binolar;
•  2 qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
•  300 kub metrdan ortiq boʻlmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi obyektlar;
•  mavsumiy ishlar uchun vaqtinchalik va maishiy binolar.
•  I xavf-xatar toifasiga kiradigan obyektlar;
•  bino, inshootlarni va boshqa obyektlar joriy taʼmirlanganda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

Kanalga ulanish:
UZBUNYODKOR kanal
Instagram:
@uzbunyodkor

Rasmiy sayt:
UZBUNYODKOR
#BILASIZMI

😇Qurilishda ichki nazorat qay tartibda amalga oshiriladi?

Shaharsozlik kodeksining 30-moddasiga koʻra ichki nazorat pudratchi tomonidan qurilishdagi kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash, bartaraf etish va oldini olish boʻyicha choralar koʻrish maqsadida amalga oshiriladi.

Ichki nazorat boʻyicha mutaxassis:
•  shaharsozlik hujjatlarining shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi yuzasidan kirish nazoratini;
•  qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlari va uskunalarini tashqi koʻzdan kechirgan holda ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, ish chizmalariga, pasportlarga, sertifikatlarga va sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan kirish nazoratini;
•  texnik va mualliflik nazorati boʻyicha mutaxassislar ishtirokida muhim konstruksiyalarni ularning tayyor boʻlishiga qarab, qabul qilib olish yoʻli bilan qurilish jarayonlari texnologiyalariga rioya etilishiga doir operatsiyalar boʻyicha nazoratni;
•  tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq, qurilish-montaj ishlarini qabul qilib olish nazoratini amalga oshiradi.

😇Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish pudratchining qurilish laboratoriyasi yoki shartnoma asosida jalb etiladigan tashkilot tomonidan taʼminlanadi.
#BILASIZMI

🔵 Aholi punktlaridagi qurilish uchastkalariga begona shaxslarning kirmasligini taʼminlaydigan himoya konstruksiyasida qanday talablar bajarilishi kerak?

• ishlab chiqarish hududlari toʻsiqlarining balandligi 2 metrdan kam boʻlmasligi, ish uchastkalariniki esa 1,2 metrdan kam boʻlmasligi;
• odamlar ommaviy tarzda oʻtadigan joylarga qoʻshilib ketgan toʻsiqlar yaxlit ustki himoya yopmasi bilan jihozlangan boʻlishi;
• ustki himoya yopmasi qordan tushadigan yuk hamda vaqtinchalik tushadigan omillar taʼsiriga chidamli boʻlishi;
• toʻsiqlar ish kuni davomida nazorat qilinadigan va ish tugagandan keyin qulflanadigan darvoza va darchalardan tashqari oraliqlarga ega boʻlmasligi talab etiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BILASIZMI

⁉️Qurilish obyektlarini loyihalashtirishda imkoniyati cheklangan hamda keksa yoshdagi insonlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda  shaharsozlik norma va qoidalari  qanday boʻlishi lozim?
#BILASIZMI

🏢 Koʻp xonadonli turar-joy uylari oʻrtasidagi oraliq masofa qanchani tashkil etishi kerakligini bilasizmi?

Shaharsozlik norma va qoidalarining “Shaharsozlik shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” talablariga muvofiq, bunday binolarning uzun tomonlari oʻrtasidagi masofalar xonalarning yaqqol koʻrinmaslik talablaridan kelib chiqqan holda quyidagicha qabul qilinishi lozim:

• balandligi 2-3 qavat boʻlgan turar-joy uylari uchun - 15 metrdan kam boʻlmasligi;
•  4-5 qavatlilar uchun - 25-30 metrdan kam boʻlmasligi (yashash xonalarida derazalari boʻlgan ushbu binolarning uzun tomonlari va yon tomonlari uchun - 10 metrdan kam boʻlmasligi);
•  9 va undan koʻproq qavatli binolar uchun oraliq masofa - 40-45 metrdan kam boʻlmasligi (yashash xonalarida derazalari boʻlgan ushbu binolarning yon tomonlari uchun - 20-25 metrdan kam boʻlmasligi);
•  zilzilaligi 8 ball va undan yuqori boʻlgan maydonlarda turar-joy binolarining uzun tomonlari orasidagi masofalar eng katta bino ikki baravar balandligidan kam boʻlmasligi zarur.

📝 Shaxsiy turar-joy binolari va bogʻ-dala hovli qurilmalari joylashgan tumanlarda turar-joy binolari (xonalar, oshxonalar va ayvonlar) derazalaridan qoʻshni yer uchastkalarida joylashgan uy va xoʻjalik binolari devorlarigacha boʻlgan masofa 6 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Bunda yaqqol koʻrinmaslik va qoʻshni yer uchastkalarini pana qilmaslik talablariga rioya qilinishi lozim.

Uchastka chegarasidan boʻlgan masofa quyidagilardan kam boʻlmasligi zarur:
•  turar-joy binosi devorigacha 3 metr;
•  xoʻjalik binolarigacha 1 metr.
#BILASIZMI

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish to‘g‘risida” 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qaroriga muvofiq boshqaruv tashkilotlari tomonidan muntazam ravishda ko‘riklar o‘tkazish yo‘li bilan ko'p qavatli uylarning texnik holati ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Bunda barcha texnik ko‘rik natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi hamda mulkdor yoki boshqaruv tashkilotida saqlanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BILASIZMI

🗺Qurilish obyektlari hududini o'rash tartibiga oid talablar

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

Kanalga ulanish:
@uzbunyodkor

Instagram:
@uzbunyodkor

Rasmiy sayt:
UZBUNYODKOR
#BILASIZMI

‼️ Boshqaruv tashkilotlari qaysi soliq turlaridan ozod qilingan

O‘zbekiston Respublikasi
Soliq kodeksining 243-moddasiga muvofiq:

boshqaruvchi tashkilotlar yoki ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi;

bu bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi.
#BILASIZMI

↪️ Qurilish ishlarini tashkil etish qay tartibda amalga oshiriladi?

Shaharsozlik kodeksining 31-moddasiga koʻra qurilish ishlari:
•  buyurtmachi tomonidan hududiy inspeksiya obyektda qurilish-montaj ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida xabardor qilingandan keyin
•  pudratchilar tomonidan malakali muhandis-texnik xodimlar, mutaxassislar va ishchilar jalb etilgan holda
•  ekspert tashkilotlarining ijobiy xulosasi asosida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq
•  qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari majburiy ravishda mavjud boʻlganda amalga oshirilishi kerak.
#Bilasizmi

🟢 Qonunchilikka koʻra atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I toifaga va II toifaga kiruvchi yangi obyektlarni loyihalashtirishda yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalari va lokal suv tozalash inshootlari oʻrnatilishi koʻzda tutilmagan loyihalarni davlat ekologik va shaharsozlik ekspertizalaridan oʻtkazish hamda qurilishi tugallangan obyektlarni, ularni oʻrnatmagan holda foydalanishga qabul qilish man etiladi.

TELEGRAM  | INSTAGRAM | RASMIY SAYT | YOUTUBE | FACEBOOK