Uzbektourism.uz
5.07K subscribers
11.7K photos
1.41K videos
2 files
5.83K links
Ekologiya vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi

Manzil: Toshkent sh., Yunusobod t., Amir Temur ko‘chasi, 107B.

Sayt: uzbektourism.uz

Facebook: https://www.facebook.com/motas.uz/

Pochta: [email protected]

Tel: +998 71 205 06 00
Download Telegram
#live #uzbektourism #International_Pahlavon_Mahmud_Strongmen_games #uzbekistan_travel

Ayni paytda Xiva shahrida “III International Pahlavon Mahmud Strongmen Games” xalqaro turniriga start berildi.

17 davlatdan tashrif buyurgan sportchilar bugungi bellashuvlarda 3 ta yo‘nalishda o‘z omadini sinovdan o‘tkazmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqaning birinchi bosqichida alp qomat yigitlar birinchi marta 200 kilolik qumdan tayyorlangan yuklamani Qoʼqon aravasiga yuklab, 20 metrga kim tez olib kelish boʼyicha bellashayapti.

Ikkinchi shartda esa polvonlar 400 kilogrammlik yuklamani yelkada koʼtargancha 20 metr masofaga olib kelish boʼyicha kuch sinashadi. Bunda ham tezlik muhim oʼrin tutadi.

Uchinchi bosqichda polvonlar 140-160-180-200 kilolik yuklamalarni 120-150-170-200 santimetr balandlikka kim tez oʼrnatishda musobaqalashadi.

Umuman olganda, ushbu turnirda polvonlarning nafaqat kuchi, balki epchillligi, chaqqonligi va bardoshliligi ham sinovdan oʼtkaziladi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube