Forwarded from Namangan viloyati Turizm boshqarmasi.
#referendum2023
“Referendumda faol ishtirok etaman” Namanganda targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bugun, Davlatobod tumanida joylashgan “Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxonasida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda oliy taʼlim muassasalari talabalari, viloyatning shahar va tumanlarida yashovchi yoshlar ishtirok etdi. 2 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Soʻzga chiqqanlar yangi Konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan oʻrni, unga kiritilayotgan yangi qoʻshimchalar va oʻzgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini taʼkidlab, barchani 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumda faol ishtirok etishga chorladi.
Tadbir davomida elimiz sevgan bir guruh sanʼatkorlarning eng sara kuy-qoʻshiqlar bilan chiqishi namanganliklarga olam-olam quvonch ulashdi.
Rasmiy|Facebook|Telegram