Forwarded from Travelkhorezm
#ICHKI_TURIZM_XORAZMDA
BAYRAMNI YURTIMIZ AYOLLARI XORAZMDA NISHONLAMOQDA
8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni"ni har yili ayollarimiz esda qolarli qilib o'tkazishni xohlashadi. Bu yil ularga davlatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasi ushbu imkoniyatni amalga oshirishga yordam berdi.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan respublikamizning turli hududlarida yashovchi “Ayollar daftari”ga kirgan munis opa-singillarimiz uchun Xorazm viloyatidagi tarixiy obidalar boʻylab bepul sayohatlar uyushtirilmoqda. Shu boisdan, viloyatimizga respublikamizning barcha chekka hududida yashovchi xotin-qizlarimiz sayohat uchun tashrif buyurmoqda.
Sayohatingiz maroqli bo`lsin aziz, opa-singillar!
Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti Axborot xizmati
@travelkhorezm

March 5, 2021