Uzbektourism.uz
5.22K subscribers
12.8K photos
1.5K videos
2 files
6.22K links
Ekologiya vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi

Manzil: Toshkent sh., Yunusobod t., Amir Temur ko‘chasi, 107B.

Sayt: uzbektourism.uz

Facebook: https://www.facebook.com/motas.uz/

Pochta: [email protected]

Tel: +99871 200-00-88
Download Telegram
#LIVE #ziyoratturizm #samarkand

Samarqanddagi “Ipak yo’li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining ikkinchi sho’basi o’tkazilmoqda.

Ziyorat turizm haftaligi doirasida o’tayotgan bugungi tadbir “Nodir manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish, reyestr tuzish va raqamlashtirish masalalari”ga bag’ishlangan.
_________
В Международном университете туризма и культурного наследия «Шелковый путь» проходит вторая секция международной конференции «Вопросы совершенствования системы сохранения и исследования древних рукописей».

Сегодняшнее мероприятие, которое проводится в рамках «Недели паломнического туризма», посвящено «Вопросам сохранения и реставрации редких ресурсов, учета и оцифровки».

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#live #unwto #zurabpololikashvili #samarkand

BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi. 
____________

Генеральный секретарь Всемирной туристской организации Зураб Пололикашвили прибыл в Узбекистан. В Международном аэропорту Самарканда высокопочтенного гостя встретил заместитель Премьер министра - министр Туризма и культурного наследия Республики Узбекистан Азиз Абдухакимов.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#live #unwto #zurabpololikashvili #samarkand

UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili “II O’zbekiston iqtisodiy forumi”da ishtirok etish uchun Samarqand turistik markazida joylashgan kongress-xollga keldi.

Qayd etish joizki, 2023-yilda O’zbekiston Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-yubiley sessiyasiga mezbonlik qiladi va ushbu tadbir aynan Samarqand shahrida bo’lib o’tadi.
_______

Генеральный секретарь ЮНВТО Зураб Пололикашвили прибыл в конгресс-холл, расположенный в Туристическом центре Самарканда, для участия во II Экономическом форуме Узбекистана.

Следует отметить, что в 2023 году в Узбекистане пройдет юбилейная 25-я сессия Генеральной Ассамблеи Всемирной туристской организации. Данное мероприятие пройдет в Самарканде.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#live #unwto #zurabpololikashvili #samarkand

UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Samarqand turistik markazidagi "Boqiy shahar"ni ko‘zdan kechirdi.

Pololikashvili ushbu maskanning turistik imkoniyatlarini alohida e'tirof etdi.
_________

Генеральный секретарь ЮНВТО Зураб Пололикашвили посетил "Вечный город" в туристическом центре Самарканда.

Пололикашвили особо отметил туристический потенциал этого места.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#live #unwto #zurabpololikashvili #samarkand

Zurab Pololikashvili “Konigil” turizm qishlog’iga keldi va bu yerning sayyohlik salohiyati bilan tanishdi.

Qolaversa, u bu yerda hunarmandchilik buyumlarini ko‘zdan kechirdi va ularni yuqori baholadi. Shuningdek, mahorat darslari ham tashkil etildi.

Shuningdek, Aziz Abduhakimov yuqori martabali mehmonni "Konigil" turistik qishlog‘ining kundalik hayoti va bu yerda yashaydigan insonlarning turmush tarzi bilan tanishtirdi va ular haqida ma'lumot berdi.
________
Зураб Пололикашвили посетил туристическую деревню “Конигиль” и ознакомился с туристическим потенциалом.

Кроме того, он осмотрел здесь изделия ручной работы и высоко оценил их, а также были организованы мастер-классы. Азиз Абдухакимов ознакомил высокопоставленного гостя с бытом туристической деревни и образом жизни людей, проживающих здесь.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#live #unwto #zurabpololikashvili #samarkand

Zurab Pololikashvili "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi va universitet hayoti va ta'lim jarayoni bilan tanishdi.

Ayni damda Pololikashvili talabalar uchun mehmon ma'ruzasi bilan ishtirok etmoqda.
________
Зураб Пололикашвили посетил Международный университет туризма и культурного наследия "Шелковый путь", где ознакомился с жизнью и образовательным процессом университета.

В настоящее время Пололикашвили выступает с гостевой лекцией для студентов.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#live #unwto #zurabpololikashvili #samarkand

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimiz turizm brendini aks ettiruvchi maxsus logotiplar bilan qoplangan avtokarvonda Qatarga, futbol bo'yicha jahon chempionatiga yo‘l olmoqda.

Samarqandda UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili va Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ana shu avtokarvonni kuzatish tadbirida ishtirok etishdi.
__

Делегация во главе с молодежным тренером Абдурахманом Фозиловым, проходившим службу в Узбекистане, направляется в Катар на чемпионат мира по футболу, в покрытым специальными логотипами автокараване, изображающие туристический бренд Узбекистана.

Сегодня в Самарканде Генеральный секретарь ЮНВТО Зураб Пололикашвили и заместитель Премьер-министраминистр туризма и культурного наследия Азиз Абдухакимов торжественно проводили участников автокаравана.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#live #unwto #zurabpololikashvili #samarkand

UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Samarqanddagi Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi va Ulug'bek madrasasida bo‘ldi. Unga Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamrohlik qilyapti.

Ma'lumot uchun, Pololikashvilining O‘zbekistonga tashrifi 7-noyabrga qadar davom etadi.
______
Генеральный секретарь ЮНВТО Зураб Пололикашвили
посещает комплекс Регистан, мавзолей Амира Темура и медресе Улугбека в Самарканде. Его сопровождает заместитель Премьер-министра – министр туризма и культурного наследия Азиз Абдухакимов.

Для сведения, визит Пололикашвили в Узбекистан продлится до 7 ноября.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#tourism #UNWTO #Samarkand

UNWTO Bosh Assambleyasi yubiley sessiyasini Samarqandda yuqori saviyada o‘tkazish masallari muhokama qilindi
https://uzbektourism.uz/news/view?id=2770

Обсуждены вопросы проведения на высоком уровне юбилейной сессии Генеральной ассамблеи UNWTO в Самарканде
https://uzbektourism.uz/ru/news/view?id=2770

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
#tourism #UNWTO #Uzbekistan #Samarkand

O‘zbekiston UNWTO Bosh Assambleyasi Prezidenti va 2 ta Qo‘mita a’zosi etib saylandi

Shu kunlarda Bolgariyaning Sofiya shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Yevropa komissiyasining 68-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Sofiya mezbonlik qilayotgan bugungi nufuzli tadbirda tashkilotning qator vakolatli organlari uchun saylovlar o‘tkazilmoqdi. Quvonarlisi, saylovlar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston 3 ta nominatsiyada g‘olib deb topildi.

Jumladan, xalqaro tashkilot tomonidan O‘zbekistonga UNWTO Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasida mezbon sifatida prezidentlik qilish vakolati berildi. Ushbu rasmiy vakolat topshirilar ekan, UNWTO rahbariyati va a’zolari tomonidan bugungi kunda UNWTO Bosh assambleyasining 25-yubiley sessiyasini o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlarini hamda mamlakatda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston keyingi 2023-2027 yillar muddatiga UNWTO Ijroya kengashining Vakolatlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zoligiga qabul qilindi. Bu UNWTO Ijroya kengashi tomonidan qabul qilinadigan muhim qaror va hujjatlar, ularda a’zo davlatlar ishtiroki haqqoniyligi va tamoyillarga mosligini nazorat qilish vakolati O‘zbekistonga ishonib topshirilganligini bildiradi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston 2023 – 2027-yillar davomida UNWTO Afillangan a’zolar qo‘mitasiga saylandi. Mazkur Qo‘mita dunyo bo‘ylab 500 dan ortiq turizm sohasi xususiy tashkilotlari, ilmiy markazlar va uyushmalarni o‘z ichiga olganligi, mamlakatimiz uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.

Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchilarga “Samarqand - Yangi O‘zbekiston turizm darvozasi” taqdimoti amalga oshirildi. Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 16-20-oktabr kunlari Samarqand shahrida UNWTO Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
#tourism #travel #Samarkand

Samarqand shahriga xayriya sayohati tashkil etildi
https://uzbektourism.uz/news/view?id=2776

Организована благотворительное путешествие в Самарканд
https://uzbektourism.uz/ru/news/view?id=2776

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube