Uzbektourism.uz
5.09K subscribers
11.7K photos
1.41K videos
2 files
5.85K links
Ekologiya vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi

Manzil: Toshkent sh., Yunusobod t., Amir Temur ko‘chasi, 107B.

Sayt: uzbektourism.uz

Facebook: https://www.facebook.com/motas.uz/

Pochta: [email protected]

Tel: +998 71 205 06 00
Download Telegram
#live #tourism #Kokand #Golden_Valley_Marathon_2023

Bugun Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida "Golden Valley Marathon" xalqaro marafoni o‘tkazilmoqda.

Tadbir Madaniyat va turizm vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi ko‘magida tashkil etilmoqda. Xalqaro marafonda professional yuguruvchilar bilan minglab havaskorlar ham ishtirok etishyapti.

Ishtirokchilar orasida aynan ushbu marafonda qatnashish istagida 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan 200 dan ortiq sportsevarlar Qo‘qonga tashrif buyurishdi. Shuningdek, marafonda respublikamizning turli hududlaridan kelgan hamda mahalliy qo‘qonliklar soni ham ming nafardan ortib ketdi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
Forwarded from Bukhara Tourism_Official
#Live
#open_air_konsert

Бухородаги Пойи Калон мажмуасида Владимир Спиваковнинг хайрия концертидан лавҳалар
____

Кадры с благотворительного концерта Владимира Спивакова в комплексе Пойи Калян в Бухаре


@bukhtourism
#live #tourism #International_fair #COEX #Uzbekistan #Seul

Seoul International Travel Fair SITF-2023: O‘zbekiston Seuldagi xalqaro yarmarkada ishtirok etmoqda
https://uzbektourism.uz/news/view?id=2737

Seoul International Travel Fair sitf-2023: Узбекистан принимает участие в международной ярмарке в Сеуле
https://uzbektourism.uz/ru/news/view?id=2737

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
#live #tourism #Kashkadarya #fashion_week

Madaniyat va turizm vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi tomonidan joriy yilning 11-13-may kunlari Qashqadaryo viloyati bo‘ylab "Ethno and modern fashion week" xalqaro festivali hamda etnosport o‘yinlari, gastronomik festival, milliy hunarmandlik va zargarlik yarmarkasi tashkil etiladi.

Ayni damda Shahrisabz shahrida tashkilotchilar, xorijlik va mahalliy dizaynerlar ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatchilik uchun matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
#live #tourism #Kashkadarya #fashion_week

Ayni paytda Qashqadaryo viloyati bo‘lib o‘tayotgan "Ethno and modern fashion week" xalqaro festivali hamda etnosport o‘yinlari, gastronomik festival, milliy hunarmandlik va zargarlik yarmarkasining xorijiy mehmonlari uchun Shahrisabz shahridagi Davlat maqom muzeyiga info-tur tashkil etilmoqda.

Muzeyda o‘zbek maqom san'ati tarixi va rivojlanish jarayonlari bo‘yicha batafsil ma'lumotlar beruvchi eksponatlar o‘rin olgan bo‘lib, xorijliklar ular bilan batafsil tanishtirildi.

"Mamlakatingiz san'ati tarixi haqidagi ma'lumotlar menda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, muzey bo‘ylab taralayotgan musiqa meni hayratlantirdi. Bu insonni tinchlantirib, unga psixologik ta'sir ko‘rsatar ekan", dedi fransiyalik mashhur dizayner Lopez Arteaga.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
#live #tourism #Kashkadarya #gastro_festival

Bugun Shahrisabz shahrida Qashqadaryo viloyatining gastroturizmi imkoniyatlarini o‘zida to‘liq namoyon etuvchi Xalqaro gastronomik festivali tashkil etilmoqda.

Unda viloyatning har bir hududidan mashhur oshpazlar Qashqadaryoga xos bo‘lgan taomlarni tayyorlab, festival ishtirokchilari e'tiboriga havola qilmoqda.

E'tiborlisi, oshpazlar tomonidan tayyorlangan tandir go‘shti, qashqadaryocha palov, yaxna go‘shti, chuchvara va mantilar hamda boshqa turli taomlarni tatib ko‘rgan xorijlik sayyohlar viloyatning gastronomik imkoniyati yuqori ekanligini qayd etishdi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
#live #tourism #Kashkadarya #fashion_week

Ayni paytda Shahrisabz shahrida "Ethno and modern fashion week" xalqaro festivalining yakuniy tantanali marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimov, Madaniyat va turizm vazirligi boshqarma boshlig‘i Z.Abdullayeva va bir qator rasmiylar ishtirok etayapti.

Tadbir davomida jahonning va mamlakstimizning mashhur dizaynerlari tomonidan ishlangan modalar namoyishi tomoshabinlar e'tiboriga havola etilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
#live #tourism #Uzbekistan #Germany

Ayni damda, “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida Madaniyat va turizm vazirligi hamda Germaniya turistik assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Germaniya ishtirokida “Destination forum” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Germaniya turistik assotsiatsiyasi rasmiylari Norbert Fibig, Klaus Hildebrandt, Klaus Mangold hamda ikki mamlakatning yirik turistik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etmoqda.

***
В настоящее время, в гостинице «InterContinental Tashkent» проходит международная конференция «Destination Forum» организованная Министерством культуры и туризма совместно с Немецкой ассоциацией туризма с участием представителей туристической отрасли Германии и Узбекистана .

В мероприятии принимают участие Министр культуры и туризма Озодбек Назарбеков, представители немецкой туристической ассоциации Норберт Фибиг, Клаус Хильдебрандт, Клаус Мангольд, а также руководители крупных туристических компаний двух стран.
#live #tourism #festival #Namangan

Bugun, 21-may kuni Namangan shahrida "Xalqaro gullar festivali" boshlandi.

62-marotaba tashkil etilayotgan xalqaro tadbirda 50 dan ortiq mamlakatlardan gulchilar ishtirok etib, nodir gulchilik san'ati bilan butun dunyodan va yurtimizning barcha hududlaridan kelgan sayyohlarni tanishtirmoqda.

Ma'lumot uchun, "Xalqaro gullar festivali" joriy yilning 21-iyuniga qadar davom etadi. Festival doirasida xorijlik va mamlakatimizning mashhur san'atkorlari chiqishlari ham o‘rin olgan.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
#live #uzbektourism #International_Pahlavon_Mahmud_Strongmen_games #uzbekistan_travel

Ayni paytda Xiva shahrida “III International Pahlavon Mahmud Strongmen Games” xalqaro turniriga start berildi.

17 davlatdan tashrif buyurgan sportchilar bugungi bellashuvlarda 3 ta yo‘nalishda o‘z omadini sinovdan o‘tkazmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqaning birinchi bosqichida alp qomat yigitlar birinchi marta 200 kilolik qumdan tayyorlangan yuklamani Qoʼqon aravasiga yuklab, 20 metrga kim tez olib kelish boʼyicha bellashayapti.

Ikkinchi shartda esa polvonlar 400 kilogrammlik yuklamani yelkada koʼtargancha 20 metr masofaga olib kelish boʼyicha kuch sinashadi. Bunda ham tezlik muhim oʼrin tutadi.

Uchinchi bosqichda polvonlar 140-160-180-200 kilolik yuklamalarni 120-150-170-200 santimetr balandlikka kim tez oʼrnatishda musobaqalashadi.

Umuman olganda, ushbu turnirda polvonlarning nafaqat kuchi, balki epchillligi, chaqqonligi va bardoshliligi ham sinovdan oʼtkaziladi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
#live #kurgazma

Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan festival doirasidagi ko‘rgazmadan fotoreportaj

——
Фоторепортаж с выставки в рамках фестиваля, проходящего в Бухаре

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
#live #silk_and_spices2023

Ayni daqiqalarda Buxoro shahridagi "Poyi Kalon" majmuasida XX an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Madaniyat va turizm vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, xorijiy davlatlarning yurtimizdagi vakolatli organlari, mamlakatimizning qator tashkilotlari rasmiylari hamda mahalliy aholi vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbir jarayonlarini "O‘zbekiston 24", "Madaniyat va marifat" telekanallari orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin.

——

В эти минуты в комплексе «Пои калон» в Бухаре проходит торжественная церемония закрытия 20-го традиционного фестиваля «Шелк и пряности».

В мероприятии принимают участие представители Министерства культуры и туризма, Хокимията Бухарской области, уполномоченных органов зарубежных стран, официальные лица ряда организаций нашей страны, а также представители местного населения.

За событиями можно следить в прямом эфире на телеканалах «Узбекистан 24», «Маданият ва марифат».

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy |Telegram |Facebook|Instagram |YouTube
#LIVE

Ayni paytda Samarqandda “Focus on Tourism & Creative Economy” halqaro kongress o'z ishini boshladi.

Kongress ishini Madaniyat va turizm vaziri o'rinbosari U.Azamov hamda viloyat hokimi o'rinbosari R.Qobilov ochib berdilar.

---
#LIVE

В настоящее время в Самарканде начал свою работу международный конгресс “Focus on Tourism & Creative Economy”.

Работу конгресса открыли заместитель Министра культуры и туризма У.Азамов и заместитель хокима области Р.Кобилов.
Forwarded from Uzbekistan.travel
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uzbekistantravel #uzbtravel #usa

🇺🇿🇺🇸Manxetten markazida O‘zbekistonning turizm salohiyati keng targ‘ib qilinmoqda.
Nyu-York shahridagi Tayms-skver LED ekranlarida O‘zbekiston haqidagi reklama roligi efirga uzatila boshlandi.
Video har soatda 2 marta efirga uzatiladi, uni 🟢onlayn tarzda ko'rishingiz mumkin.
✈️Yaqinlaringizga ulashing!

🇺🇿🇺🇸Туристический потенциал Узбекистана широко продвигается в самом центре Манхэттена.
На площади Таймс сквер в Нью-Йорке на LED-экране началась трансляция рекламного ролика про Узбекистан.
Ролик каждый час транслируется 2 раза, который вы сможете посмотреть🟢онлайн по #live камере.
✈️Поделитесь с друзьями!

🇺🇿🇺🇸 The tourism potential of Uzbekistan is widely promoted in the center of Manhattan.
On the Times Square in New York, a commercial about Uzbekistan began broadcasting on the LED screen.
The video is broadcast 2 times every hour, which you can watch🟢online on the #live camera.
✈️Share it with your friends!

Telegram 📸Instagram 💬Facebook 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM