Tashqi ishlar vazirligi
10.1K subscribers
11.8K photos
252 videos
4.96K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

2020-yilning 20-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifining kun tartibi va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Muluqot davomida energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Vazirlar Afg‘onistonning Balx viloyatida 20-avgust kuni sodir bo‘lgan “So‘g‘diyona trans” sho‘ba korxonasi vakillariga qurolli hujum hodisasini muhokama qildilar.

H.Atmar mamlakatning vakolatli organlari tomonidan voqea tafsilotlari sinchkovlik bilan tekshirilayotganini va unga aloqadar shaxslar javobgarlikka tortilishini ta’kidladi.

O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishini so‘radi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24586/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Italiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Agostino Pinnani qabul qildi

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24590/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston Respublikasi TIV Operativ shtabi axboroti

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan hamda Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent-Rostov-Don-Toshkent” va “Toshkent-Kinel-Toshkent” temir yo‘l reyslarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur masala Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Transport vaizrligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan.

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 23-avgust 927 nafar yurtdoshlarimiz bilan poezd “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nadi.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qilishicha, vatandoshlarning olib kelish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi Samara viloyatining “Kinel” stansiyasiga 24-avgust kuni yetib kelishi rejalashtirilgan.

Vatanimizga qaytib kelganidan so‘ng O‘zbekiston fuqarolari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda karantinda bo‘lishlari shartligini eslatib o‘tamiz.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24593/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
◽️Жорий йилнинг 24 август куни видеоконференция шаклида икки томонлама келишувларнинг амалга оширилишини мувофиқлаштириш ва илгари суриш бўйича Ўзбекистон-Ҳиндистон қўмитасининг биринчи йиғилиши бўлиб ўтди. Ўзбекистон томонидан Қўмита ҳамраиси – ташқи ишлар вазирининг биринчи ўринбосари Ф.Арзиев, Ҳиндистон томонидан – ташқи ишлар давлат вазири В.Муралидаран ҳисобланади.

Тадбир Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари - инвестициялар ва ташқи савдо вазири С.Умурзаковнинг табрик сўзи билан очилиб, унда қўшма лойиҳа ва ташаббусларни самарали илгари суришда Қўмитанинг роли алоҳида таъкидланди ҳамда томонларнинг биргаликдаги фаолиятининг устуворликлари белгиланди.

Йиғилиш давомида қишлоқ хўжалиги, фармацевтика, соғлиқни сақлаш, таълим ва инфратузилмани ривожлантириш соҳаларида қўшма лойиҳаларни амалга ошириш билан боғлиқ масалалар муҳокама қилинди.

Шунингдек, инвестицияларни рағбатлантириш ва ўзаро ҳимоя қилиш тўғрисидаги Битим ва имтиёзли савдо тўғрисидаги Битимни тайёрлаш ва имзолашни тезлаштириш бўйича кейинги чоралар кўриб чиқилди.
-------
◽️24 августа текущего года в формате видеоконференции состоялось первое заседание Узбекско - Индийского комитета по координации и продвижению практической реализации двусторонних договоренностей, сопредседателями которого являются: с узбекской стороны - первый заместитель министра иностранных дел Ф.Арзиев, с индийской стороны – государственный министр иностранных дел В.Муралидаран.

Мероприятие было открыто приветственной речью заместителя Премьер-министра – министра инвестиций и внешней торговли Республики Узбекистан С.Умурзакова, в которой была подчеркнута роль Комитета в эффективном продвижении совместных проектов и инициатив и обозначены приоритеты дальнейшего взаимодействия сторон.

В ходе заседания были обсуждены вопросы, связанные с реализацией совместных проектов в сферах сельского хозяйства, фармацевтики, здравоохранения, образования и развития инфраструктуры.

Также были рассмотрены дальнейшие шаги по ускорению подготовки и подписания Соглашения о поощрении и взаимной защите инвестиций и Соглашения о преференциальной торговле.

Facebook ◽️ Instagram ◽️ Twitter
2020-yil 25-avgust kuni O‘zbekistonning Boku shahridagi Elchixonasi va Ozarbayjonning Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Made in Uzbekistan. Textile” onlayn biznes forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24600/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Xalifa Shahin al-Marar bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24598/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Торкунов Анатолий Васильевични Ўзбекистон Республикасининг «Дўстлик» ордени билан мукофотлаш тўғрисида

О награждении Торкунова Анатолия Васильевича орденом «Дўстлик» Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2020-yilning 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Isroil davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Eduard Shapirani qabul qildi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24603/
Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston Respublikasining MDHga raisligi doirasida, 2020-yilning 26-avgust kuni Hamdo‘stlikka ishtirokchi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklarining konsullik xizmatlari rahbarlari maslahat kengashining 27-yig‘ilishi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24609/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi haqida

2020-yilning 28-29 avgust kunlari Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturida Hukumat, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida hamda boshqa idoralarda uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, aloqa va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24607/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Zamonaviy dunyoda O‘zbekiston tashqi siyosatining kun tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Yangi O‘zbekiston” gazetasi muxbiriga intervyu berdi

https://mfa.uz/uz/press/smi/2020/08/24610/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Komil Rashidov Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U bunga qadar Bosh vazirning maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri lavozimida ishlagan.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24613/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axboroti

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan o‘z Vataniga olib kelish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda, temir yo‘l va charter reyslari amalga oshirilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston transport vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan rejaga muvofiq, 2020 yilning 28 avgustidan boshlab "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning reyslari Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samara shaharlariga har hafta mobaynida tashkil etiladi.

Hozirda vatandoshlarimizning aynan bir hudud, jumladan, temir yo‘l stansiyalarida to‘planishni davom ettirayotgani ularni bosqichma-bosqich olib kelish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

Shuni qayd etamizki, koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning ommaviy to‘planishi virusni yuqtirish xavfini oshiradi. Ayniqsa, sog‘lig‘i xavf ostidagi toifalar (qariyalar, homilador ayollar, bemorlar, surunkali kasallikka chalinganlar) uchun bu holat yanada xatarlidir.

Rossiya hududida bo‘lgan vatandoshlarimizdan poyezd stansiyalarida to‘planmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘raymiz.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24616/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
2020-yilning 28-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24618/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма тўққиз йиллиги муносабати билан чет эл фуқаролари ва хорижда истиқомат қилаётган ватандошларимизни мукофотлаш тўғрисида

О награждении в связи с двадцатидевятилетием независимости Республики Узбекистан граждан иностранных государств и соотечественников, проживающих за рубежом

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Tabriklaymiz!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan mamlakatimiz diplomatlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24619/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
2020-yilning 28-avgust kuni Xelsinki Yakuniy akti imzolanganining 45 yilligiga bag‘ishlangan “Xelsinki+45: YXHTning barcha 57 ishtirokchi davlatlari uchun O‘zbekiston misolida hozirgi bosqichdagi majburiyatlarning dolzarbligi” mavzusida onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi tomonidan tashkillashtirildi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24621/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz