Tashqi ishlar vazirligi
10K subscribers
11K photos
242 videos
4.71K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Олий Мажлис Сенатида Ўзбекистон Республикаси Президентининг лавозимига киришиш маросими бўлиб ўтмоқда. Шавкат Мирзиёев тантанали қасамёд қилди, Президентлик Олий нишони ва байроғини қабул қилиб олди.

В Сенате Олий Мажлиса проходит церемония вступления в должность Президента Республики Узбекистан. Шавкат Мирзиёев торжественно принес присягу, принял Высший знак и штандарт Президента.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Янги сайланган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг лавозимга киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталари қўшма мажлисидаги нутқи

Выступление вновь избранного Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии вступления в должность на совместном заседании палат Олий Мажлиса

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev:

Biz chuqur o‘ylangan tashqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya borasidagi harakatlarimizni izchil davom ettiramiz.
Avvalo, mintaqamiz mamlakatlari bilan yaqin do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kuchaytirish asosiy maqsadimiz bo‘ladi.

Dunyoning uzoq-yaqin davlatlari bilan o‘zaro manfaatli va ko‘pqirrali aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor beramiz.

Yaqin qo‘shnimiz bo‘lgan Afg‘onistonda tinch va osoyishta hayotni tiklash uchun afg‘on xalqiga qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ko‘rsatamiz. Ushbu mamlakat bilan birgalikda yirik transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdormiz.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, Parlamentlararo ittifoq, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro mintaqaviy tashkilotlar hamda moliyaviy institutlar bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘taramiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
2023-yil 14-iyul kuni Minsk shahrida O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

***
On July 14, 2023, Minsk hosted political consultations between the Foreign Ministries of Uzbekistan and Belarus.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Janubiy Koreyada kuchli yomg‘ir tufayli sodir bo‘lgan suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘ldi va 10 nafardan ortiq inson bedarak yo‘qoldi

O‘zbekistonning Seuldagi Elchixonasi: Vatandoshlarimiz orasida qurbonlarga oid maʼlumot olinmadi. Vaziyat nazorat ostida.

Batafsil
Батафсил

Telegram на русском - English| Facebook | Twitter| YouTube
Forwarded from Baxtiyor Saidov
O‘zbekistondagi besh yillik missiyasini ulkan natijalar bilan yakunlayotgan Turkmaniston Elchisi Yazguli Mammedov janoblari bilan uchrashdik. Janob Elchi ikki qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda bevosita ishtirokchi bo‘ldi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
***
Farewell meeting with the Ambassador of Turkmenistan H.E. Yazguli Mammedov, who has accomplished his five-year mission in Uzbekistan with great achievements. Mr. Ambassador became a direct participant in boosting ties between our fraternal countries. Wish him successes in his future endeavors.
***
Провели встречу с Послом Туркменистана Е.П. Язгули Маммедовым, который завершает свою пятилетнюю миссию в Узбекистане с большими достижениями. Господин Посол стал непосредственным участником активизации связей между нашими братскими странами. Желаем успехов в его будущих начинаниях.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
Forwarded from Baxtiyor Saidov
O’zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya Elchisi Timoti Torlot janoblariga so‘nggi yillarda hamkorligimizning jadal sur’atda rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdik. O‘tgan davrda munosabatlarimizda ko‘plab yutuqlarga guvoh bo‘ldik, bundan ham ko‘prog‘i hali oldinda.
***
Thanked the Ambassador of the UK H.E. Timothy Torlot, who is completing his diplomatic mission in Uzbekistan, for his role in achieving the active dynamics between our two nations over the recent years. We have seen many developments and look forward to reaching even more.
***
Поблагодарили Посла Великобритании Е.П. Тимоти Торлота, завершающего свою дипломатическую миссию в Узбекистане, за его роль в активизации сотрудничества между нашими странами в последние годы. За прошедший период мы стали свидетелями многих достижений в наших отношениях, и еще больше впереди.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
Икки муқаддас масжид ходими – Саудия Арабистони Подшоҳи Салмон бин Абдулазиз Ол Сауднинг таклифига биноан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев “Марказий Осиё - Кўрфаз араб мамлакатлари ҳамкорлик кенгаши” форматидаги биринчи саммитда иштирок этиш учун 18-19 июль кунлари Жидда шаҳрида бўлади.

По приглашению Служителя двух святынь – Короля Саудовской Аравии Салмана бин Абдулазиза Аль Сауда Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 18-19 июля посетит город Джидду для участия в первом Саммите в формате «Центральная Азия – Совет сотрудничества арабских государств Залива».

#Mirziyoyev #sammit #KAMHK #MarkaziyOsiyo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Икки муқаддас масжид ходими – Саудия Арабистони Подшоҳи Салмон бин Абдулазиз Ол Сауднинг таклифига биноан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Служителя двух святынь – Короля Саудовской Аравии Салмана бин Абдулазиза Аль Сауда отбыл в эту страну с рабочим визитом.

#Mirziyoyev #sammit #SaudiyaArabistoni

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2023-yil 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa tinchlik instituti Konfliktologiya markazi maslahatchisi Patrik de Vri bilan videokonferensaloqa shaklida muloqot o‘tkazdi.
***
On July 18, 2023, the Special Representative of the President of the Republic of Uzbekistan for Afghanistan Ismatulla Irgashev met with the Advisor to the Conflictology Center of the European Institute of Peace Patrick de Vries via videoconference.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter