Tashqi ishlar vazirligi
9.55K subscribers
10.4K photos
237 videos
4.51K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев номига хорижий давлатлар, ҳукуматлар ва парламентлар раҳбарлари, таниқли давлат ва жамоат арбобларидан қутловлар келмоқда.
Табрикларда давлатимиз раҳбарига мустаҳкам соғлик, Ўзбекистон халқига тинчлик-осойишталик ва равнақ тилаб, самимий истаклар изҳор этилган.

На имя Президента Шавката Мирзиёева поступают поздравительные послания глав государств, правительств и парламентов зарубежных стран, видных государственных и общественных деятелей.
В посланиях выражаются искренние пожелания крепкого здоровья главе нашего государства, мира и процветания народу Узбекистана.

#Mirziyoyev #qutlovlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2020-yilning 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizdagi missiyasini yakunlayotgan Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi rahbari, Elchi Eduards Stipraysni qabul qildi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24509/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Tayinlov

2020-yil 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Feruza Mahmudova Toshkentdan Tel-Aviv shahriga yetib keldi.

U avval O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 28-iyul kuni “Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik salohiyati: yangi imkoniyatlar” mavzusida vebinar o‘tkazildi. Muloqot “Delovaya Rossiya” Umumrossiya jamoat tashkiloti tomonidan tashkil etildi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24514/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 29-iyul kuni videokonferensaloqa shaklida O‘zbekiston-Ukraina hamkorligining shartnoma-huquq bazasini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24516/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Senatorlar Tashqi ishlar vazirligining 2020-yilning birinchi yarmida iqtisodiy diplomatiya sohasidagi faoliyati bilan tanishdi

2020-yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va xalq deputatlari viloyat kengashlari a’zolari Tashqi ishlar vazirligining 2020-yilning birinchi yarmida iqtisodiy diplomatiya sohasidagi faoliyati natijalari bilan tanishdi.

Tadbirda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Tashqi ishlar vazirligining xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rivojlantirish borasidagi faoliyati to‘g‘risida xabardor qildi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/about/activity/24517/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatining bayonoti

O‘zbekiston muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishlaydi.

Ushbu muborak kunlarda o‘t ochishning to‘xtatilishi afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini boshlash uchun zarur sharoit yaratishiga umid qilamiz.

O‘zbekiston barcha afg‘on tomonlarini mamlakatning tinch kelajagi yo‘lida ushbu ezgu maqsadga erishishda oqillik va konstruktiv yondashuv namoyish etishga chaqiradi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, afg‘onlararo siyosiy jarayonni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda tinch va farovon Afg‘oniston barpo etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishda davom etadi.

https://mfa.uz/uz/press/statements/2020/07/24520/
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон ва Афғонистон Президентлари телефон орқали мулоқот қилдилар.
Давлат раҳбарлари муқаддас Қурбон ҳайити муносабати билан бир-бирларини самимий қутлаб, биродар халқларимизга тинчлик-осойишталик ва фаровонлик тиладилар.
Мулоқот чоғида икки томонлама ҳамкорликни кенгайтиришнинг долзарб масалалари кўриб чиқилди. Минтақавий кун тартибидаги энг муҳим масалалар юзасидан ҳам батафсил фикр алмашилди.

Состоялся телефонный разговор Президентов Узбекистана и Афганистана.
Главы государств обменялись теплыми поздравлениями по случаю священного праздника Курбан хайит, искренне пожелав братским народам двух стран мира, спокойствия и благополучия.
Рассмотрены актуальные вопросы двустороннего сотрудничества. Состоялся также обстоятельный обмен мнениями по наиболее важным аспектам региональной повестки.

#Mirziyoyev #muloqot #Afgoniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Otabek Valiyev Vazir yordamchisi – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Kotibiyati rahbari etib tayinlandi. O.Valiyev bunga qadar vazir o‘rinbosari yordamchisi lavozimida ishlagan.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24524/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 3-avgust kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari darajasida videokonferensiya shaklida navbatdagi ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24526/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidikov videokonferensiya shaklida Islom olami fan, ta’lim va madaniyat masalari bo‘yicha tashkiloti (ICESCO) Bosh direktori Salim al-Malik bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va ICESKO o‘rtasidagi hamkorlikning holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

ICESCOning yetakchi mutaxassislarini O‘zbekistonning ilmiy-tadqiqot markazlariga jalb qilish, qo‘shma xalqaro konferensiyalar tashkil etish, jahon tamadduni rivojiga hissa qo‘shgan o‘zbek olimlari haqida kitob nashr etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Salim al-Malik O‘zbekistonning tarixiy islomiy obidalari va me’moriy yodgorliklarini Tashkilotning Islom merosi ro‘yxatiga kiritishga ICESCO tayyorligini ma’lum qildi.

Muzokaralar davomida maxsus onlayn video-teledasturlar va seminarlardan foydalangan holda pandemiya sharoitida o‘quv jarayonini davom ettirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24529/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Tinchlik uchun konsensusni mustahkamlash” mavzusidagi Afg‘oniston bo‘yicha onlayn-konferensiya ishida ishtirok etdi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24532/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidagi transchegaraviy suvlardan foydalanish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter|Telegram (на русском)
2020-yil 6-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Belarus Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24542/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axboroti

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, 2020-yilning 4-5-avgust kunlari “Toshkent-Buzuluk-Toshkent” va “Toshkent-Kinel-Toshkent” yo‘nalishlarida Rossiya Federatsiyasining Orenburg va Samara viloyatlariga O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun ikkita poezd yuborildi.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilish uchun yurtdoshlarimiz to‘plangan joyda bo‘lib turibdi.

6-avgust kuni Orenburg viloyatining “Buzuluk” stansiyasidan 920 nafar vatandoshlarimiz bilan birinchi poezd O‘zbekistonga jo‘nab ketdi. Ikkinchisi 7-avgust kuni Samara viloyatining “Kinel” stantsiyasidan 930 nafar hamyurtlarimiz bilan jo‘naydi. Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan jami 1850 nafar O‘zbekiston fuqarolari yurtimizga qaytariladi.

7-avgust holatiga ko‘ra Orenburg va Samara viloyatlarida Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasi yaqinida O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilmayapti.

Vatanimizga qaytib kelganidan so‘ng O‘zbekiston fuqarolari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda karantinda bo‘lishlari shartligini eslatib o‘tamiz.

Ta’kidlash joizki, koronavirus infeksiyasi tarqalayotgan bir paytda ko‘p sonli fuqarolarimizning bir joyda to‘planishi ularning COVID-19 bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi. Vatandoshlarimizdan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish nuqtalariga bormasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘raymiz.

Hozirda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanimizga tezroq qaytarish uchun Rossiyadan reyslarni ko‘paytirish, qatnovlar yo‘nalishi va turlarini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24544/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 6-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidikov Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Xolid Al-Xudayri bilan muzokaralar o‘tkazdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/08/24546/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter