Tashqi ishlar vazirligi
9.84K subscribers
10.7K photos
238 videos
4.6K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
2020-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – AQSh” (“C5+1”) videokonferensiyasida ishtirok etdi.

Tadbirda, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etdilar.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Santosh Ja bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24365/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Nikolay Doroshenkoni qabul qildi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov “Raqamli tarqoqlikni bartaraf qilish: COVID-19 ga raqamli javob” xalqaro videokonferensiyasida ishtirok etdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24370/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Ўзбекистон ва Россия Президентлари телефон орқали мулоқот қилдилар.
Шавкат Мирзиёев Владимир Путинни Россия Федерацияси Конституциясига тузатишлар киритиш бўйича умуммиллий овоз бериш жараёни муваффақиятли ўтказилгани билан самимий табриклади.
Давлат раҳбарлари Ўзбекистон-Россия стратегик шериклик ва иттифоқчилик муносабатларини янада мустаҳкамлаш, кўп қиррали ҳамкорликни кенгайтириш борасида қатъий эканликларини яна бир бор тасдиқладилар.

Состоялся телефонный разговор Президентов Узбекистана и России.
Шавкат Мирзиёев искренне поздравил Владимира Путина с успешным проведением общероссийского голосования по поправкам в Конституцию РФ.
Лидеры вновь подчеркнули приверженность дальнейшему укреплению узбекско-российских отношений стратегического партнерства и союзничества, наращиванию многопланового сотрудничества.

#Mirziyoyev #muloqot #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2020-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidikov Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Ahmad Ssenyomo bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24374/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axboroti

Mamlakatimizning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik musassasalari bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiya-Qozog‘iston chegarasi “Mashtakovo” va “Sagarchin” nazorat-o‘tkazish punktlari yaqinida O‘zbekiston fuqarolari to‘plangani kuzatilmoqda.

Mazkur masala mamlakatimizning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni Respublika maxsus komissiyasiga kiritdi.

1-iyundan buyon Rossiyaning turli shaharlaridan 25 ta charter reyslari tashkillashtirildi hamda hafta oxirigacha Novosibirsk, Qozon, Yekaterinburg, Moskva, Rostov-Don shaharlariga navbatdagi reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.

Shu munosabat bilan Rossiya hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizdan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qat’iy rioya etishlarini so‘raymiz.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24376/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mehmet Sureyya Er bilan uchrashdi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24379/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Япония, Корея Республикаси ва БАА билан савдо-иқтисодий, инвестицион ва молиявий-техник ҳамкорликни кенгайтириш истиқболларига бағишланган йиғилиш ўтказди.
Ушбу мамлакатлар билан ҳамкорлик бўйича ишлаб чиқилган “йўл хариталари”нинг 2020 йил учун белгиланган чора-тадбирларини тўлиқ ва сифатли бажариш зарурлиги таъкидланди.
Мутасадди вазирлик ва идоралар раҳбарларининг ҳисоботлари тингланди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по перспективам расширения торгово-экономического, инвестиционного и финансово-технического сотрудничества с Японией, Республикой Корея и ОАЭ.
Указано на необходимость полного и качественного выполнения определенных на 2020 год мер в соответствии с «дорожными картами» с этими странами.
Заслушаны отчеты руководителей ответственных министерств и ведомств.

#Mirziyoyev #yigilish #hamkorlik #Yaponiya #JanubiyKoreya #BAA

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston yuk tashishning elektron kitobchasini joriy etadi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tranzitga ko‘maklashishda, mintaqada va uning tashqarisida savdo-sotiqni rag‘batlantirishda eng muhim harakatlantiruvchi kuchga aylandi. Bu haqida Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (XATI) Bosh kotibi Umberto de Pretto O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farxod Arziyev bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiya chog‘ida aytib o‘tdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24383/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter