Tashqi ishlar vazirligi
9.86K subscribers
10.7K photos
239 videos
4.61K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси ва Туркманистон ўртасида дипломатик муносабатлар ўрнатилганининг 30 йиллиги муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркман халқининг миллий етакчиси, Туркманистон Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедовга табрик йўллади.

По случаю 30-летия установления дипломатических отношений между Республикой Узбекистан и Туркменистаном Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил поздравление Национальному Лидеру туркменского народа, Председателю Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедову.

#Mirziyoyev #qutlov #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚡️⚡️⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axboroti

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlogʻida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik oʻzbeklar istiqomat qiladi.

Oʻzbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarimizni tabiiy ofat hududlaridan xavfsiz joylarga koʻchirish va mamlakatimizga olib kelishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 3-6-fevral kunlari Kahramanmarash shahrida 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida erkin kurash boʻyicha xalqaro musobaqada ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi Turkiya tomoni bilan hamkorlikda Anqaradagi taʼlim markaziga vaqtinchalik joylashtirildi va ularning Oʻzbekistonga qaytarish masalalari ishlab chiqilmoqda.

2023-yil 7-fevral (Toshkent vaqti bilan) soat 10.00 holatiga koʻra, zilzila oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlganini afsus va chuqur qaygʻu bilan qayd etamiz. Tashqi ishlar vazirligi marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga oʻz hamdardligini bildiradi.

Bundan tashqari, toʻrt nafar hamyurtimiz bedarak yoʻqolgan. Ularni topish boʻyicha tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda zilzila oqibatida zarar koʻrgan fuqarolarimizga tegishli yordam koʻrsatish va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida Oʻzbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi qoshida 24 soat faoliyat yuritadigan shtab tashkil etilgan boʻlib, unga quyidagi raqam orqali murojaat qilish mumkin +90-538-035-85-34.
⚡️⚡️⚡️Ministry of Foreign Affairs update regarding the operations to eliminate the consequences of the earthquakes in Turkey

Representatives of the Ministry of Emergency Situations of the Republic of Uzbekistan, sent to the Republic of Turkey in accordance with the instruction of President Shavkat Mirziyoyev in order to assist in the elimination of the consequences of the earthquakes, began their search and rescue operations in the village of Ovakent, Hatay region, where more than 10,000 ethnic Uzbeks reside.

The Embassy of Uzbekistan in Ankara and the Consulate General in Istanbul are taking all the measures to move citizens of our country from the areas of natural disaster to safe places aimed at their further departure to Uzbekistan.

In particular, members of the national team of Uzbekistan, which took part in international competitions in freestyle wrestling among youth under 20 on February 3-6 in Kahramanmarash, with the support of the Turkish partners, were temporarily accommodated in an educational institution in Ankara. They will depart for Uzbekistan soon.

With regret and deep sadness, we inform that as of 10.00 am. February 7 (Tashkent time), one citizen of Uzbekistan died in the province of Malatya as a result of the earthquake. The Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan expresses its sincere condolences to the families and close ones of the deceased.

In addition, four of our compatriots are listed as missing. Search and rescue operations are underway to establish their location.

At present, a round-the-clock emergency service has been established at the Embassy of Uzbekistan in Ankara to provide assistance to our citizens affected by the earthquake and their requests. There is 24/7 line operating at +90-538-035-85-34.
Forwarded from Baxtiyor Saidov
Qirg'iz Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Asein Isaevni qabul qilishdan mamnun bo’ldim. O'zbekiston-Qirg'iziston munosabatlari bugungi kunda misli ko'rilmagan darajada yuqori dinamikani namoyish etmoqda. 2017-yildan beri ikki tomonlama tovar aylanmasi yetti barobar oshdi.
***
Pleased to host the First Deputy FM of the Kyrgyz Republic Mr. Asein Isaev. We both underscored that Uzbekistan - Kyrgyz Republic ties today have been experiencing the unprecedented high dynamics. Bilateral trade has increased sevenfold since 2017.
***
Рад был принять первого заместителя министра иностранных дел Кыргызской Республики Асеина Исаева. Мы были едины во мнении, что узбекско-кыргызские отношения сегодня демонстрируют беспрецедентно высокую динамику. С 2017 года двусторонний товарооборот увеличился в семь раз.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркман халқининг миллий етакчиси ва Туркманистон Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедов билан телефон орқали мулоқот қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с Национальным лидером туркменского народа и Председателем Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедовым.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Elchisi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi.
****
Deputy Minister of Foreign Affairs of Uzbekistan Gayrat Fozilov welcomed the Ambassador of the European Union to Uzbekistan Charlotte Adriaen.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Forwarded from Istanbul Boshkonsulxonasi (Sherzod)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlogʻida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik oʻzbeklar istiqomat qiladi.

2023 yil 7 fevral 17:00 holatiga Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar fuqaro vagot etgan, 15 nafar vatandoshlarimiz qidirilayotgan edi, bulardan 2 nafari bilan aloqa o’rnatilib, 13 nafarini qidiruv ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, 17 nafar vatandoshlarimizni (bulardan 13 tasi sportchilar) zilzila sodir bo’lgan hududdan Istanbulga kelishlariga yordam ko’rsatildi.

Qidiruv va yordam ishlari davom etmoqda.
2023-yil 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidiqov Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi.
***
On February 7, 2023, the First Deputy Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Furkat Sidikov received the Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the State of Qatar to our country Hasan Hamza Hashim.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Turkiya Respublikasiga yetib borishlari bilan zilzila yuz bergan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlab yubordilar.

Bugun, 8-fevral kuni soat 8:00 ga qadar 132 m.kv. maydonda 430 metr.kub vayronalarni tozalash ishlari bajarilib, natijada 9 nafar inson turli xildagi tan-jarohatlari bilan qutqarildi va ularga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, 12 nafar qurbonning jasadi vayronalar ostidan olib chiqildi.

Boshqa
yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Forwarded from Baxtiyor Saidov
Sloveniya Bosh vaziri oʻrinbosari – tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon bilan uchrashishdan mamnunman. Tashrif dasturi muhim tadbirlar va muzokaralarga boy bo’lib, biznes-forum va iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo bitim imzolash o'z ichiga olgan. Oʻzbekiston Sloveniyaning mintaqamizdagi eng yirik savdo sherigiga aylangani ham quvonarli.
***
It was my greatest pleasure to welcome Deputy Prime Minister and Foreign Minister of Slovenia Tanja Fajon, who arrived in Tashkent with a rich agenda, including business forum and signing of intergovernmental agreement on economic cooperation. Uzbekistan has become the largest trade partner of Slovenia in Central Asia.
***
Было приятно встретиться с заместителем Премьера министра - Министром иностранных дел Словении Таней Файон. Повестка дня ее пребывания в нашей стране включает бизнес-форум и подписание межправительственного соглашения об экономическом сотрудничестве. Отрадно отметить, что Узбекистан стал крупнейшим торговым партнером Словении в регионе.
⚡️⚡️⚡️Xushxabar! Kahramanmarash viloyatida bedarak yo'qolgan fuqaromiz Boybekov Rashid Anvar oʻgʻli topildi. Qutqaruvchilar tomonidan vayronalar ostidan olib chiqilgan vatandoshimiz hozirda “Şütçü İmam Üniversitesi Tıp Fakültesi” shifoxonasiga joylashtirilgan va ilk yordam ko'rsatilmoqda.
2023-yil 8-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bahromjon A'loyev Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Elchisi Guseyn Guliyev bilan uchrashuv o’tkazdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
⚡️⚡️⚡️Xushxabar! 1982 yil Toshkеnt viloyati Chirchiq shahrida tug'ilgan fuqaromiz Shotirbеkova Asal Hatay viloyatida binolar orasidan qutqarib chiqarildi. Hozirda ilk yordam ko'rsatilmoqda.
⚡️⚡️⚡️Xushxabar! 1996 yilda tug‘ilgan fuqaromiz Akramjon Xoshimov Malatya viloyatida vayronalar ostidan qutqarib chiqarilgan va hozirda shifoxonada davolanmoqda.
2023-yil 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidikov Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Xatorini qabul qildi.
***
On February 8, 2023, the First Deputy Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Furkat Sidikov hosted the Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of Japan to Uzbekistan Takashi Hatori.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig’iga binoan mamlakatimiz maxsus borti halokatli zilzilalar natijasida jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko'rsatish maqsadida Gaziyantep shahriga (Turkiya) yetib keldi.

Bortda umumiy soni 71 kishidan iborat qo'shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi bilan bir qatorda, navbatdagi gumanitar yordam partiyasi ham yetkazildi.

Jabrlanganlarga yordam berish maqsadida Mudofaa vazirligi tibbiy otryadining 50 nafar xodimi xizmat qiladigan bir gektar maydonga toʻqqizta alohida boʻlinmadan iborat koʻchma shifoxona majmuasini joylashtirish rejalashtirilgan. Ushbu dala shifoxonasi O'zbekistondan keltirilgan barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan toʻliq taʼminlanadi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter