Tashqi ishlar vazirligi
9.67K subscribers
10.5K photos
238 videos
4.53K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Hamyurtlarni charter reyslarida olib kelish davom etmoqda

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan, 2020-yil 8-21-iyun kunlari Rossiya, Turkiya, Italiya, Janubiy Koreya, O‘mon, Qatar, BAA, Tailand, Hindiston, Misr va Ukrainadan 6 mingdan ortiq hamyurtlarimiz vatanga charter reyslari bilan qaytarildilar.

Respublika maxsus komissiyasi quyidagi yo‘nalishlarda navbatdagi charter reyslarining jadvalini tasdiqladi:

22-iyun. Sankt-Peterburg – Toshkent – Sankt-Peterburg
23-iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
24-iyun. Tel-Aviv – Toshkent – Tel-Aviv
24-iyun. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent
25-iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
25-iyun. Toshkent – Nyu-York
26-iyun. Nyu-York – Toshkent
26-iyun. Toshkent – Istanbul – Toshkent
27-iyun. Toshkent – Sharja – Toshkent
28-iyun. Toshkent – Nyu-York
28-iyun. Nyu-York – Toshkent
28-iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
29-iyun. Seul – Toshkent – Seul
29-iyun. Toshkent – Istanbul – Toshkent
30-iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
1-iyul. Toshkent – Moskva – Toshkent
2-iyul. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent
2-iyul. Toshkent – Riga – Toshkent
3-iyul. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent
3-iyul. Toshkent – Qozon – Toshkent
4-iyul. Toshkent – Yekaterinburg – Toshkent
4-iyul. Toshkent – Moskva – Toshkent
5-iyul. Toshkent – Rostov-Don – Toshkent

Keksa, bemor, homilador fuqarolar va yosh bolali ayollar birinchi galda vatanga qaytarilishini eslatib o‘tamiz.

Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabiga ko‘ra, sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan mamlakatlarga muntazam reyslarni qayta tiklash ustida ish olib borilmoqda (“yashil” va “sariq” reyslar).

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirlari o‘rinbosarlari hamda Turkmaniston tashqi ishlar, savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirlari o‘rinbosarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida O‘zbekiston-Turkmaniston siyosiy-iqtisodiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Garet Beyli bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish hamda bevosita afg‘onlararo muzokaralarni tezroq boshlash borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

Britaniya tomoni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoni xavfsizlik, tinchlik, barqaror rivojlanish va umumiy taraqqiyot makoniga aylantirish tashabbusini yuqori baholadi, bu esa mintaqaviy hamkorlikni, jumladan, afg‘on inqirozini hal etishga ko‘maklashishi qayd etildi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Москва шаҳрида Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Россия Президенти Владимир Путиннинг музокаралари бўлиб ўтди.
Стратегик шериклик ва кўп қиррали ҳамкорлик муносабатларини янада мустаҳкамлаш масалалари кўриб чиқилди.
Президентлар халқаро ва минтақавий масалалар юзасидан ҳам фикр алмашдилар, бўлажак учрашувлар режасини, шу жумладан МДҲ ва ШҲТнинг навбатдаги саммитларига тайёргарлик кўриш ва уларни ўтказиш борасида англашиб олдилар.

В Москве состоялись переговоры Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева и Президента России Владимира Путина.
Рассмотрены вопросы дальнейшего укрепления отношений стратегического партнерства и многопланового сотрудничества.
Лидеры также обменялись мнениями по международной и региональной повестке. Согласовали график предстоящих встреч на высшем уровне, в том числе вопросы подготовки и проведения очередных саммитов СНГ и ШОС.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2020-yilning 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Martin Tlapa bilan telefon orqali muloqot qildi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov videokonferensaloqa formatida Norvegiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Audun Halvorsen bilan muzokaralar o‘tkazdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24332/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2020-yil 26-iyun kuni videokonferensaloqa shaklida “O‘zbekiston va BMT: Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Tabdir Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi imzolanganining 75 yilligiga bag‘ishlanib, “BMTning 75 yilligi: kelajakka nazar” nomli global munozaralar turkumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z nutqida ushbu tadbir O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan ko‘p tomonlama hamkorlikka tayyorligining dalili ekanligini qayd etdi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24340/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
AQSh delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida

2020-yilning 29-iyun – 1-iyul kunlari AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklarida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak uchrashuvlar davomida Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralari jarayonini qo‘llab-quvvatlash masalalari, DFC mablag‘larini O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilish istiqbollari muhokama qilinadi.

AQSh delegatsiyasi 30-iyun kuni videokonferensaloqa orqali bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – AQSh” (“C5+1”) shaklidagi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Ўзбекистон ва Туркманистон Президентлари телефон орқали мулоқот қилдилар.
Суҳбат аввалида давлатимиз раҳбари Гурбангули Бердимуҳамедовни таваллуд куни билан самимий табриклаб, унга мустаҳкам соғлик, фаровонлик ва катта зафарлар тилади.
Телефон мулоқоти чоғида икки томонлама ҳамкорликка доир ва минтақавий аҳамиятга молик долзарб масалалар кўриб чиқилди.

Состоялся телефонный разговор Президентов Узбекистана и Туркменистана.
Глава нашего государства сердечно поздравил Гурбангулы Бердымухамедова с днем рождения, искренне пожелав лидеру Туркменистана доброго здоровья, благополучия и больших успехов.
Рассмотрены актуальные вопросы двустороннего сотрудничества и региональной повестки.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги

Праздничное поздравление молодежи Узбекистана


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
“C5+1” shaklidagi navbatdagi uchrashuv to‘g‘risida

2020-yilning 30-iyun kuni videokonferensaloqa orqali yuqori darajali “Markaziy Osiyo – AQSh” (“C5+1”) shaklidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etadi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilshi kutilmoqda.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24352/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 30-iyun kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler bilan uchrashdi.

Tomonlar yaqin siyosiy munosabatlar o‘rnatilganini, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va harbiy-texnikaviy aloqalar mustahkamlanganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

AQSh tomoni O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishda mintaqaviy yondashuvni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va ushbu yo‘nalishda faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi.

Muzokaralar chog‘ida Afg‘oniston va mintaqamiz o‘rtasidagi iqtisodiy, transport-kommunikatsiya aloqalarini kengaytirishga ko‘mak beradigan qator loyihalarni moliyalashtirish uchun DFC mablag‘larini jalb qilish yuzasidan fikr almashildi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Xitoy Elchisi bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

2020-yilning 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar bo‘jalak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlari bo‘yicha ham fikr almashdilar.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24358/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter