Tashqi ishlar vazirligi
9.5K subscribers
10.4K photos
235 videos
4.5K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi xayriya aksiyasi o‘tkazdi

2020-yilning 14-may kuni O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi saxiy vatandoshlarimiz ko‘magida ikkita katta qozonda o‘zbekona palov tayyorlab, “#Rahmat!” xayriya aksiyasini o‘tkazdi.

#Rahmat!” aksiyasi O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Saxovat va ko‘mak” tashabbusi doirasida vatandoshlarimizga yordam berish maqsadida olib borilayotgan ishlarning davomi bo‘ldi. Har kuni mehnat migrantlariga, talabalarga va boshqa fuqarolarimizga oziq-ovqatlar, dori-darmonlar va gigiyena vositalari yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24142/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi 2020-yil 15-may kuni Kyongnam provinsiyasidagi metallni qayta ishlash zavodlaridan birida yuz bergan portlash natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni rad qildi.

Elchixona konsullik bo‘limi xodimi voqea joyiga tashrif buyurdi, vaziyatni o‘rgandi va Haman tumani (Kyongnam provinsiyasi) huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan aloqa o‘rnatdi. Mazkur tuman rasmiy organlari vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini tasdiqladi.

Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24146/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Ўзбекистон ва Қозоғистон Президентлари телефон орқали мулоқот қилдилар.
Давлатимиз раҳбари Қозоғистон Президентини таваллуд куни билан самимий табриклади.
Сардоба сув омборидаги фавқулодда ҳодиса оқибатларини бартараф этиш бўйича йўлга қўйилган самарали ҳамкорлик ва амалга оширилаётган ишлар алоҳида мамнуният билан қайд этилди.

Президенты Узбекистана и Казахстана провели телефонный разговор.
Глава нашего государства искренне поздравил Президента Республики Казахстан с днем рождения.
С особым удовлетворением отмечены налаженное эффективное взаимодействие и осуществляемая практическая работа по ликвидации последствий чрезвычайного происшествия на Сардобинском водохранилище.

#Mirziyoyev #muloqot #Qozogiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining press-relizi

O‘zbekiston Afg‘onistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilganini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, umid qilamizki, ushbu muhim qarorlar qo‘shni Afg‘onistonda siyosiy muzokaralarga hamda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka yo‘l ochadi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda, afg‘onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda hamda tinch va farovon Afg‘onistonni barpo etish uchun har jihatdan yordam berishda davom etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
2020-yil 18-may

https://mfa.uz/uz/press/statements/2020/05/24152/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
——————————————————————
Press Release of the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

Uzbekistan welcomes the achievement by the political leaders of Afghanistan of the Agreement on the creation of an inclusive government and the Supreme Council for national reconciliation.

We also express hope that these important decisions will pave way for political negotiations and lasting peace in neighboring Afghanistan.

For its part, Uzbekistan will continue to strengthen relations of friendship and good neighborliness with the people of Afghanistan, support in every way the inter-Afghan political process and render comprehensive assistance to building peaceful and prosperous Afghanistan.

Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan
May 18, 2020

https://mfa.uz/en/press/statements/2020/05/24154/
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Respublikada epidemiologik holat barqarorlashgani va karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatilayotgani hamda aholiga uzluksiz konsullik-huquqiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida 2020-yil 18-maydan boshlab O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan sanitar-gigiyenik norma talablariga rioya qilgan holda fuqarolar qabuli tiklandi.

Qabul amalga oshirilayotgan binoga kirish yo‘laklari pirometr va antiseptik vositalari bilan ta’minlangan. Fuqarolar qabuli ijtimoiy masofa (2 metr) saqlangan va shaxsiy himoya vositalaridan (tibbiy niqob, bir martalik qo‘lqop va antiseptik vositalar) foydalangan holda yo‘lga qo‘yiladi.

Qabul vaqtlari: 10:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 17:00 gacha.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi axboroti

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi xodimi “vatandoshlarni G‘alaba kunini nishonlamaslikka chaqirdi" va "diplomatik janjalni qo‘zg‘atdi" degan ma’lumot Internetdagi ommaviy axborot vositalarida tarqalishi munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Bosh konsulxona diplomatlari bu kabi chiqish qilmagan va o‘zbek diasporasi vakillarini fashizm ustidan G‘alaba kunini nishonlashdan voz kechishga chaqirmagan.

Masalani oydinlashtirish uchun O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Yekaterinburgdagi vakolatxonasi bilan bog‘langan. Vakolatxona hech qanday diplomatik mojaro haqida so‘z bo‘lishi mumkin emasligini ma’lum qilgan.

Shuni ta’kidlash joizki, Ikkinchi Jahon urushidagi buyuk G‘alabaning 75 yilligi bizning umumiy bayramimiz bo‘lib, biz uni quvonch va ko‘zda yosh bilan eslaymiz. Shu kunlarda biz avvalo o‘z vatanlari uchun jonini fido qilgan barcha jangchilarni muborak xotirasiga bosh egamiz, otalarimiz va bobolarimizga, shuningdek, mehnat fronti qatnashchilariga, onalarimiz va buvilarimizning jasorati va jur’ati uchun cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

9-may arafasida O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti V.Putin o‘zaro tabrik almashdilar va ikki mamlakat xalqlariga samimiy tilaklarini yo‘lladilar. Bundan tashqari, Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi buyuk G‘alabaga hissa qo‘shgan jangchilar xotirasi abadiylashtirilgan Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘i va Shon-sharaf muzeyining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi pandemiya munosabati bilan joriy qilingan qat’iy karantin choralariga qaramay O‘zbekistonda buyuk G‘alabaning 75 yilliga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkazilgan bir sharoitda O‘zbekiston diplomatlari diaspora vakillarini Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabani nishonlamaslikka chaqirganliklarini tasdiqlashning asossizligi va mantiqqa zidligiga yana bir bor e’tiborni qaratadi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24158/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi izohi

Ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy davlatlar ba’zi rasmiy shaxslarining mamlakatimizda qonunchilik talablariga muvofiq, jamoatchilik muhokamasiga kiritilgan davlat tili masalasi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjat yuzasidan bildirgan fikrlari munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni qayd etadi.

Davlat tilini tartibga soluvchi sohaga bog‘liq masalalar davlatning mutlaq ichki siyosatiga daxldor bo‘lib, har qanday aralashuv aslo maqbul emas.

Mamlakatimiz hududida yashovchi barcha millat va elatlar tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish respublika qonunchiligida o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

Bundan tashqari, 1995-yilda qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga binoan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi.

Shuningdek, qonun o‘z ona tilini o‘rganish va undan foydalanish, xususan ta’lim olish, davlat tashkilotlariga murojaat qilish, huquqiy va boshqa ma’lumotlardan foydalanish hamda ishbilarmonlik muomalasida hech qanday to‘siqlarsiz qo‘llash imkoniyatini kafolatlaydi.

Ko‘plab maktab va oliy ta’lim muassasalari, jumladan xorijiy universitetlar filiallari, madaniyat markazlarida o‘qitish, davriy nashrlarni chop etish, tele- va radiodasturlar turli tillarda olib borilayotgani buni yaqqol tasdiqlaydi.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi boshqa millatlar holati to‘g‘risida tashvishlarga hech qanday asos yo‘q. Gap yuqorida zikr qilingan 1995-yilda qabul qilingan qonun ijrosi haqida ketmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi mamlakatimizda davlat tili haqidagi qonun talablariga rioya etish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish jarayonida xolis bo‘lishga, oldindan asossiz xulosa chiqarmaslikka va hurmat saqlanishiga umid qiladi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axboroti

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasida to‘plangan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish masalasi ishlab chiqildi.

Mamlakatimizning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi Elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi Bosh konsulxonalari tomonidan “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida bo‘lib turgan vatandoshlarimiz ro‘yxati tuzildi hamda tashkiliy va transport masalalari hal qilindi.

Vatanimizga mazkur ro‘yxatga kiritilgan jami 1100 nafar hamyurtimiz olib kelinadi. Xususan, 2020-yil 18-may va 19-may kunlari 550 nafardan vatandoshimizning avtobuslarda O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqishi rejalashtirilgan. Ular yetib kelishlari bilan 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Vatandoshlarimizning Rossiya-Qozog‘iston chegarasi orqali O‘zbekistonga olib kelish istisno tariqasida va diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan avvaldan shakllantirilgan ro‘yxat asosida amalga oshirilmoqda. Qo‘shimcha ro‘yxat tuzish ko‘zda tutilmagan.

Shu munosabat bilan Rossiya hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizdan “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yoki boshqa Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Fuqarolarimizni Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga olib kelishning qayta boshlanishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

https://mfa.uz/uz/press/statements/2020/05/24162/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Ўзини ўзи банд қилган аҳоли даромад солиғидан озод қилиниши белгиланди.
Давлат идоралари кўрсатаётган айрим хизматларни хусусий секторга ўтказиш бўйича топшириқлар берилди.
Тадбиркорлик субъектларига кредит бериш шартларини соддалаштириш, истеъмол кредитлари беришни кенгайтириш лозимлиги қайд этилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам поддержки предпринимательства.
Определено, что самозанятые граждане будут освобождены от уплаты подоходного налога.
Указано на необходимость упрощения кредитования субъектов предпринимательства, расширения потребительского кредитования.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #tadbirkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining bo‘lajak majlisi to‘g‘risida

2020-yil 21-may kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Majlisda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari ishtirok etadi.

Tadbir davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya vazirlari uchinchi uchrashuvi kun tartibi yuzasidan fikr almashish, Afg‘onistondagi vaziyat, savdo-iqtisodiy va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari hamda koronavirus pandemiyasi oqibatlarining oldini olishda hamkorlikni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Халқаро валюта фонди бошқарувчи директори Кристалина Георгиева Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевга хат йўллади.
"Бугунги кунда Сизнинг бутун саъй-ҳаракатингиз, табиийки, пандемия оқибатларини енгиб ўтишга қаратилган. Айни пайтда, шунга қарамай, Ўзбекистонда фаол ва очиқ бозор иқтисодиётини шакллантириш бўйича ўрта муддатли мақсадларга эришиш йўлидаги ислоҳотларингизни давом эттираётганингиз мени руҳлантиради", - дейилади мактубда.

Директор-распорядитель Международного валютного фонда Кристалина Георгиева направила письмо Президенту Узбекистана Шавкату Мирзиёеву.
"Сегодня все Ваши усилия, естественно, направлены на преодоление последствий пандемии. Вместе с тем я воодушевлена тем, что несмотря на это, Вы продолжаете курс реформ для достижения среднесрочных целей по формированию в Узбекистане динамичной и открытой рыночной экономики", - говорится в послании.

#Mirziyoyev #maktub #XVF #KristalinaGeorgiyeva

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston parlamentining inson huquqlarini ilgari surish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi

2020-yil 18-may kuni ayni sarlavha bilan Parlamentlararo ittifoq rasmiy veb-sahifasida O‘zbekistonning inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatiga ijobiy baho berilgan maqola e’lon qilindi.

Axborotda Parlamentlararo ittifoqning O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan inson huquqlari jabhasidagi xalqaro standartlarni milliy darajada joriy etish borasida yaqinda qabul qilingan choralarni qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlanadi.

“Parlamentlararo ittifoqning tavsiyasiga binoan yaqinda O‘zbekiston parlamenti qator xalqaro va mahalliy tashkilotlar ishtirokida videokonferensiya tashkil etdi va unda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt – BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1966-yilda qabul qilingan va 1976-yildan buyon amalda bo‘lgan ko‘ptomonlama shartnomaning bajarilish jarayoni muhokama qilindi, – deyiladi maqolada. – Qatnashchilar fuqarolik jamiyatini va qonun ustuvorligi madaniyatini rivojlantirish, penitentsiar tizim islohati, sud hokimiyati mustaqilligi, bolalar mehnatiga barham berish, gender tenglikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish kabi jabhalarga to‘xtalib o‘tishdi”.

Parlamentlararo ittifoqning baholashicha, O‘zbekiston parlamenti inson huquqlarini ta’minlash masalasini yanada faolroq ilgari surmoqda. 2018-yilda inson huquqlari himoya qilinishinining amalga oshirilishi va BMT tavsiyalarining bajarilishi ustidan parlament nazorati mexanizmi ishlab chiqlgan edi. Qonunchilik organi BMTning huquqni himoya qiluvchi mexanizmlari bilan hamkorlik bo‘yicha harakatlar rejasini qabul qildi va o‘z tarixida birinchi bor inson huquqlari bo‘yicha parlament hisobotini e’lon qildi.

Parlamentlararo ittifoq so‘nggi yillarda milliy parlamentariylarimizning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi majlislaridagi roli o‘sayotganini e’tirof etmoqda.

“O‘zbekiston parlamenti Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiya bilan ham yaqindan hamkorlik qilmoqda. Xususan, mamlakatdagi inson huquqlari bo‘yicha ikkita ta’sirchan masala – qiynoqlarning oldini olish va majburiy mehnatga chek qo‘yish borasidagi choralarni qabul qilish bo‘yicha mexanizmni tuzishda faol ishtirok etdi, – deyiladi xabarda. – Yuqorida qayd etilgan videokonferensiya shuningdek O‘zbekistonda yashayotgan fuqaroligi yo‘q shaxslarning deyarli yarmiga (49 ming kishi) mamlakat fuqaroligini olish imkonini beruvchi fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonunning qabul qilinishi fonida tashkil etilgani ham ahamiyatlidir”.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24171/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
2020-yil 21-may kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Marat Sizdiqov, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Zohir Saidzoda, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xojiyev ishtirok etdilar.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24178/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 20-may kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev AQSh Elchisi Daniel Neytan Rozenblum bilan muzokaralar o‘tkazdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24176/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 20-may kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Garet Beyli bilan muzokaralar o‘tkazdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24177/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn videokonferensiyada ishtirok etdi.

Tadbirda Afg‘oniston bo‘yicha Qatar, Germaniya, Norvegiya va Indoneziya maxsus vakillari ham ishtirok etdilar.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24181/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 22-may kuni charter reysi bilan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi samolyoti Istanbul shahridan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga keldi.

Mamlakatimizning Anqaradagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya tomoni COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam berish uchun 50 dona o‘pkani sun’iy shamollatish apparatini beg‘araz taqdim etdi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24184/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning 2019-yil 15-aprel kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim 2020-yil 22-maydan kuchga kirdi.

Hujjat noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, ikki davlatning hududida noqonuniy bo‘lib turgan shaxslarni aniqlash va ro‘yxatga olish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Qayd etilgan Bitim doirasidagi hamkorlik manfaatdor Tomonning yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bitimda, shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi samarali kurashish maqsadida ma’lumot va tajriba almashish, Tomonlar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda qo‘shma tezkor profilaktik tadbirlarni tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24188/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter