Tashqi ishlar vazirligi
9.65K subscribers
10.5K photos
238 videos
4.54K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Forwarded from Baxtiyor Saidov
Kuvaytning Toshkentdagi Elchixonasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan ushbu mamlakat Amiri Shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh Hazrati Oliylarining vafot etgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdik.
***
Visited the Embassy of Kuwait in Tashkent and on behalf of the MFA of Uzbekistan expressed our sincere condolences in connection with the passing of H.H. Sheikh Nawaf Al-Ahmad Al-Jaber Al-Sabah, the Amir of the country.
***
Посетили Посольство Кувейта в Ташкенте и от имени МИД Узбекистана выразили искренние соболезнования в связи с кончиной Е.В. Шейха Навафа аль-Ахмеда аль-Джабера ас-Сабаха, Эмира страны.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
Bugun Toshkentda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev va ushbu mamlakat madaniyat vaziri Altinbek Maksudov bilan birga ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi hamda qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligini nishonlashga bagʻishlangan gala-konsertda ishtirok etdi.
***
Today in Tashkent, 🇺🇿 Foreign Minister Bakhtiyor Saidov together with 🇰🇬 Foreign Minister Jeenbek Kulubaev and Minister of Culture Altynbek Maksudov took part in the Gala Concert dedicated to the celebration of the 30th anniversary of the establishment of diplomatic relations, as well as the 95th anniversary of the Kyrgyz writer Chingiz Aytmatov.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Forwarded from Baxtiyor Saidov
Bugun qadrli hamkasbim, tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazdik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi jadal rivojlanib borayotgan keng ko‘lamli strategik sheriklik kun tartibini alohida ta’kidladik. Muzokaralarda bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar, munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni faollashtirish, yangi qo‘shma sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, hududlararo muloqotlarni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
***
Today together with my dear colleague, Foreign Minister H.E. Jeenbek Kulubaev we held political consultations between Ministries of Foreign Affairs of Uzbekistan and the Kyrgyz Republic. We underscored the broad and dynamically expanding agenda of the comprehensive strategic partnership between our two nations. Special focus was paid to upcoming high-level engagements, expansion of the legal framework for cooperation, boosting trade, economic and investment ties, implementing new joint industrial and infrastructure projects, strengthening interregional contacts, interaction within international organizations.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
Forwarded from Baxtiyor Saidov
Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari bilan samarali muzokaralardan so‘ng vazirliklarimiz o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha Bayonnomani imzoladik. Hujjatda o‘zaro munosabatlarimizning ustuvor yo‘nalishlari va kelgusi yilda erishiladigan aniq maqsadlar belgilab olingan. Ushbu hujjat yaqin hamkorligimizni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonamiz.
***
After candid negotiations with the Minister of Foreign Affairs of the Kyrgyz Republic H.E. Jeenbek Kulubaev we signed the Protocol on the results of the political consultations between our ministries. It defines the priority directions of our relationship and the specific goals to be achieved in forthcoming year. We are sure that this document will play an important role in further expanding our close cooperation.
***
После плодотворных переговоров с министром иностранных дел Кыргызской Республики Е.П. Жээнбеком Кулубаевым подписали Протокол по итогам политических консультаций между нашими министерствами. Документ определяет приоритетные направления наших отношений и конкретные цели, которые предстоит достичь в предстоящем году. Уверены, что этот документ сыграет важную роль в дальнейшем расширении нашего тесного сотрудничества.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram
Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchisi O.Malginov Tashqi ishlar vazirligiga taklif etildi

2023-yil 21-dekabr kuni Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O.Malginov taklif etildi. Uchrashuv davomida Rossiya vakiliga “Rossiya segodnya” matbuot-markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda “Spravedlivaya Rossiya – za pravdu” partiyasi hamraisi Zaxar Prilepinning O‘zbekiston hududini Rossiyaga qo‘shib olish zarurligi haqidagi taklifi mamlakatimizda chuqur tashvish hissi bilan qabul qilingani qat’iy tarzda yetkazildi.

Rossiya Federatsiyasi kabi do‘st mamlakat partiya rahbarlarining bunday o‘ylamay bildirayotgan munosabatlari, afsuski, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhiga mos kelmasligi ma’lum qilindi.

Rossiya ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan bu kabi bayonotlar ataylab provokatsion ruhda bo‘lib, xalqlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan tarixiy do‘stona munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

O‘z navbatida, O.Malginov to‘liq mas’uliyat bilan Z.Prilepinning bayonotlari Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining do‘st va mustaqil O‘zbekiston to‘g‘risidagi rasmiy pozitsiyasiga umuman aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi vakili sifatida Elchi "O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uning mamlakatida hech qachon shubhaga olinmagan"ligini bildirdi.

O.Malginov, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi yaqin vaqt ichida ushbu hodisa bo‘yicha izoh berishni rejalashtirayotganini qayd etdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Forwarded from Baxtiyor Saidov
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tashkil etilgan “Yosh diplomatlar forumi”da ishtirok etib, talabalar – bo‘lajak liderlarimiz bilan samimiy uchrashuv o‘tkazishdan bag‘oyat mamnunmiz. Ularning erishgan yutuqlari, mahorati, eng muhimi, yanada rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoqi tahsinga sazovor. Hech shubhasiz, biz ularni bo‘lajak elchilar va jahon miqyosida O‘zbekiston manfaatlarini himoya qilishga tayyor bo‘lgan haqiqiy professionallar sifatida ko‘ramiz. Bu kabi ochiq muloqotni bundan keyin ham davom ettiramiz.
***
It was our great pleasure to attend the Forum of Young Diplomats hosted at the University of World Economy and Diplomacy and have a candid meeting with students, our future leaders. Their achievements, skills, and, most importantly, their passion for further development are inspiring. Without any doubt, we see them as future ambassadors and true professionals, who are ready to stand for the best interests of Uzbekistan on a global level. We will continue this format of open dialogue.
***
Было очень приятно принять участие в «Форуме молодых дипломатов», организованном в Университете мировой экономики и дипломатии, и провести искреннюю встречу со студентами – нашими будущими лидерами. Их достижения, навыки и, самое главное, стремление к дальнейшему развитию радуют нас. Без всякого сомнения, мы видим в них будущих послов и настоящих профессионалов, готовых отстаивать интересы Узбекистана на глобальном уровне. Мы продолжим этот формат открытого диалога.

Twitter | Facebook | Instagram | Telegram