Tashqi ishlar vazirligi
9.84K subscribers
10.7K photos
238 videos
4.6K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri V.Norov:

Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarining iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda hamjihatligi Oʻzbekiston Prezidentining tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi nomidan Pokistondagi suv toshqinlarining halokatli oqibatlarini bartaraf etishda ushbu mamlakatni har tomonlama yordam berish orqali qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jahon hamjamiyatiga murojaatida ham oʻz ifodasini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri V.Norov:

O‘zbekiston raisligida ShHTga ishtirokchilari safini kengaytirish masalasida sezilarli yutuqlarga erishildi.
Eronning majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ushbu mamlakatning ShHTga to‘laqonli a’zoligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l ochadi.
Tegishli Memorandumlarni imzolash bilan Misr va Qatarning ShHT muloqot bo‘yicha hamkori maqomini huquqiy rasmiylashtirish yakunlandi.
Belarusni Tashkilotning to‘liq a’zosi sifatida qabul qilishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Davlat rahbarlari, shuningdek, Bahrayn, Maldiv orollari, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt va Myanmaning ShHT muloqoti bo‘yicha hamkor maqomi haqidagi so'rovlarini qo‘llab-quvvatladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri V.Norov:

ShHT sammiti o‘zaro bog‘liqlik kuchayib borayotgan sharoitda mintaqaviy va global kun tartibining dolzarb masalalarini konstruktiv muhokama qilish uchun o‘z vaqtida va samarali xalqaro platforma bo‘lib xizmat qildi, shuningdek, barqarorlik, xavfsizlik va rivojlanishni ta’minlash manfaatlari yo‘lida ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi yo‘llarni aniqlash imkonini berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri V.Norov:

Samarqand sammiti yakunlari bo‘yicha ShHTga navbatdagi raislik vazifasini Hindiston Respublikasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shunga ko‘ra, Tashkilotning navbatdagi sammiti 2023-yilda Hindistonda bo‘lib o‘tadi.
Biz strategik hamkorimiz bo‘lgan Hindistonga ushbu mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda har tomonlama yordam berishga tayyormiz.
Самарқандда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар раҳбарларининг тор доирадаги мажлиси бўлиб ўтди.

В Самарканде под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялось заседание глав государств Шанхайской организации сотрудничества в узком составе.

#Mirziyoyev #sammit #ShHT #tordoiradagimajlis

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар раҳбарлари кенгашининг мажлисидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств–членов Шанхайской организации сотрудничества

Speech of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Council of Heads of the Member-States of the Shanghai Cooperation Organization

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter