Tashqi ishlar vazirligi
9.51K subscribers
10.4K photos
235 videos
4.5K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Эмомали Раҳмон Ўзбекистоннинг Душанбе шаҳридаги элчихонаси янги биносини тантанали очиб бердилар.

Президенты Шавкат Мирзиёев и Эмомали Рахмон торжественно открыли новое здание посольства Узбекистана в городе Душанбе.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #elchixona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Душанбеда Ўзбекистон элчихонасининг янги биноси очилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлат раҳбарлари Душанбеда ташкил этилган Ўзбекистон саноат маҳсулотлари кўргазмаси билан танишдилар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Тожикистонга давлат ташрифи доирасидаги тадбирлар якунига етди. Аэропортда давлатимиз раҳбарини Президент Эмомали Раҳмон кузатиб қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев Тошкентга қайтиб келди.

Программа мероприятий государственного визита Президента Республики Узбекистан в Таджикистан завершилась. В аэропорту главу нашего государства проводил Президент Эмомали Рахмон.

Президент Шавкат Мирзиёев вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda mamlakatimizning xorijadgi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev, viloyatning barcha tuman va shahar hokimlari, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qatnashdilar.

Muloqotda Farg‘ona viloyatida xorijiy investitsiyalar ko‘lamini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Elchilar tomonidan viloyatga yirik sarmoyadorlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, mahalliy korxonalarni tashqi savdo jarayonlarida qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar uchun yangi bozorlar kashf etish, sanoatga ilg‘or tajriba va texnologiyalar tatbiq etish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.

Facebook | YouTube | Instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz faoliyatida o‘tgan haftada qanday yangiliklar bo‘ldi?

“Diplomatik dayjest” ko‘rsatuvining navbatdagi soni (15-20-aprel) barchasi haqida sizga ma’lumot beradi.

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
2024-yil 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Syerra-Leone Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Muhammad Yongavodan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
***
On April 22, 2024, Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov received the credentials from the newly appointed Ambassador of Sierra Leone to Uzbekistan Mohamed Yongawo.

Facebook | YouTube | Instagram | X
2024-yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi.
***
On April 23, 2024, Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov met with the UK Secretary of State for Foreign, Commonwealth and Development Affairs David Cameron.

Facebook | YouTube | Instagram | X
2024-yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Serbiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachich bilan telefon orqali muloqot qildi.
***
On April 23, 2024, Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov had a phone call with the First Deputy Prime Minister and Foreign Minister of Serbia Ivica Dacic.

Facebook | YouTube | Instagram | X
Forwarded from XORIJDA ISH
Qozog‘istonga ishlash maqsadida borayotgan va mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqiramiz!

So‘nggi vaqtlarda ishlash maqsadida Qozog‘istonga borgan yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, yurtdoshlarimizning hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ulardan pul va pasportlarini olish holatlari kuzatilmoqda.

Yurtdoshlarimizdan bunday firibgarlarga ishonmaslik va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni begonalarga bermaslikni so‘raymiz hamda ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomalarni olish uchun fuqaroning shaxsan o‘zi Aholiga xizmat ko‘rsatish markazlariga (SON) murojaat etish zarurligini eslatamiz.

Shuningdek, o‘zini “diplomatik vakolatxona xodimiman” deb tanishtirgan shaxslarga duch kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalariga (Ostona shahrida: +8 (7172) 95-45-87, Olmaota shahrida: +8 (727) 390-26-16, Aqtau shahrida: +8 (729) 277-71-17) yoki quyidagi raqamlarga murojaat qilishni so‘raymiz:

- Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi: 115;

- Qozog‘iston Respublikasi politsiyasi: 102.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
2024-yilning 24-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kiprning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Kipros Yorgallisni qabul qildi.
***
On April 24, 2024, Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov received the newly appointed Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of Cyprus to Uzbekistan Kypros Giorgallis.

Facebook | YouTube | Instagram | X
2024-yilning 24-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Chilining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Eduardo Eskobarni qabul qildi.
***
On April 24, 2024, Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov received the newly appointed Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of Chile to Uzbekistan Eduardo Escobar.

Facebook | YouTube | Instagram | X