Tashqi ishlar vazirligi
9.86K subscribers
10.6K photos
238 videos
4.57K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov, viloyatning barcha tuman va shahar hokimlari, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Tadirda viloyatning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlaridan unumli foydalanish hamda xorijiy hamkorlar bilan tog‘-kon, turizm, sanoat, qurilish materiallari va boshqa bir qancha sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Jami 26 ta davlatdagi elchilar soʼzga chiqib, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda loyihalar amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar kiritdilar.

Hudud vakillari tomonidan xorijiy investorlarni jalb etish mumkin bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar va sohalar taqdimoti o‘tkazildi.

Navoiydagi noyob metallarni o‘rganish va tog‘-kon sanoatini takomillashtirish uchun xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalarini jalb etish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.

Hududning investitsion jozibadorligi, jumladan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida mavjud imtiyoz va imkoniyatlar to‘g‘risida xorijiy investorlarga yetarli ma’lumot berish zarurligi qayd etildi va ushbu sohada yaqin hamkorlikni yanada jadallashtirishga kelishib olindi.

🔵Facebook |▶️ YouTube |📷Instagram | 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil mart oyidagi faoliyati to‘g‘risida brifing.

Briefing about the Ministry of Foreign Affairs of Uzbekistan's accomplishments in March of 2024.

🔵Facebook |▶️ YouTube |📷Instagram | 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan oyda yurtimizga 65 dan ortiq xorij rasmiy delegatsiyalari tashrif buyurdi, ulardan 14 tasi yuqori darajada.

Mamlakatimiz delegatsiyalarining esa xorijga 101 ta xizmat safarini tashkillashtirishga amaliy ko‘mak berdik.

O‘tgan oyda xalqaro munosabatlarimizning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash yo‘nalishida 2 ta hujjat kuchga kirdi va 4 ta hujjat imzolandi.

@TIVmatbuot
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiya, Yaponiya, Qatar, Afg‘oniston, Vetnam, Koreya Respublikasiga amalga oshirgan tashriflari samarali va sermazmun bo‘ldi, ularning doirasida qator kelishuvlar imzolandi.

Mart oyida O‘zbekiston TIV rahbari Birlashgan Arab Amirliklari, Turkmaniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqotlar o‘tkazdi.

Xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari bilan an’anaviy faol muloqot davom ettirildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili hamda vazir o‘rinbosarlari tomonidan bir oyda 50 dan ortiq uchrashuv va muzokaralar tashkil etildi.

Ko‘p tomonlama diplomatiyaga to‘xtalsak, dunyoning turli shaharlarida bo‘lib o‘tgan 30 dan ziyod xalqaro tadbirlarda davlatimiz idoralari vakillari qatnashdilar.

@TIVmatbuot
Mart oyida:
- 11 947 nafar O‘zbekiston fuqarosiga konsullik xizmatlari ko‘rsatildi;
- 519 nafar hamyurtimizni chet elda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashildi;
- xorijda moddiy jihatdan murakkab vaziyatda qolgan 168 nafar fuqaromizga 21 373 AQSh dollari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi;
- chetda qiyin vaziyatlarda, ya’ni odam savdosi qurboni bo‘lgan yoki ishsiz, boquvchisiz qolganlar va boshqa murakkab ahvoldagi 26 nafar fuqaromiz Vatanimizga qaytarildi;
- 60 nafar fuqaro vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqildi;
- pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qo‘yilgan 35 nafar fuqaromizga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qaytarildi.

Xorijdagi vatandoshlar ishtirokida 149 ta tadbir o‘tkazilib, ularda 10 396 ga yaqin vatandoshlar qatnashdi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan umumiy hisobda 10 526 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 1190 tasi Vazirlik Konsullik-huquqiy departamentiga kelgan.
Barcha murojaatlarga nisbatan o‘z vaqtida tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Bir oy mobaynida 12 829 nafar chet el fuqarosiga O‘zbekistonga kirish vizalari Elchixonalar tomonidan rasmiylashtirilgan, shu bilan birga elektron tarzda 15 199 ta viza rasmiylashtirilgan.

@TIVmatbuot
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Rahmatulla Nurimbetov va Muzaffar Madrahimov, viloyatning barcha tuman va shahar hokimlari, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini orttirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan elektrotexnika, tekstil, ipakchilik, farmatsevtika va dorivor o‘simliklar, energetika, neft-gaz, kimyo sohalarida istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Eksport yo‘nalishida to‘qimachilik, dorivor o‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga xorijdan hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Bu borada O‘zbekistonning Yevropa va Arab davlatlaridagi Elchixonalari bilan yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Facebook | YouTube | Instagram | X