Tashqi ishlar vazirligi
9.69K subscribers
10.4K photos
238 videos
4.53K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Polshaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Radoslav Gruk bilan uchrashuv o‘tkazdi.
***
Deputy Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Muzaffar Madrakhimov met with Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of Poland Radoslaw Gruk.

Facebook |YouTube | Instagram | X
Элчихона ахбороти

2024 йилнинг 3 апрелида Актобе вилояти, Алға тумани ҳудудидан ўтувчи “Самара-Шимкент” республика аҳамиятига эга автомобиль йўлида содир бўлган бахтсиз ҳодиса оқибатида вафот этган 8 нафар Ўзбекистон Республикаси фуқароларининг оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзиямизни билдирамиз.

Мазкур масала юзасидан Ўзбекистон Республикасининг Ақтау шаҳридаги Бош консулхонаси Қозоғистон Республикаиснинг тегишли ташкилотлари билан яқиндан ҳамкорликда ишламоқда. Ҳолат алоҳида назоратга олинганган.

Қўшимча маълумотлар бўйича ЎР Ақтау шаҳридаги Бош консулхонасига қуйидаги рақам бўйича мурожаат қилишингиз мумкин +7 (729) 277-71-17.

@uz_embassykz
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov hamda mamlakatimizning Yevropa, Osiyo-Tinch Okeani, Markaziy Osiyo mintaqalaridagi elchixonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning Malayziya, Singapur, Yaponiya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Eron, O‘mon, BAA va Turkmanistondagi elchilari so‘zga chiqib, qishloq xo‘jaligi, turizm, oziq-ovqat, sanoat va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.

Yaqin muddatlarda viloyatga Malayziya, Singapur va Avstriyadan delegatsiyalar kelishi, xorijlik va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida maqsadli uchrashuvlar tashkil etish, ular bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun aniq takliflar ishlab chiqish zarurligi alohida qayd etildi.

Tezkor ma’lumot almashish uchun “TIV-Samarqand-Elchixonalar” onlayn-platformasi tuzildi. Elchilarning viloyatdagi shahar va tuman hokimlari bilan bevosita hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.

Facebook |YouTube | Instagram | X
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda mamlakatimizning Yevropa, Osiyo-Tinch Okeani, Markaziy Osiyo mintaqalaridagi vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda viloyat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga qaratilgan mavjud va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Bobur Usmanov va Muzaffar Madrahimov, viloyatning barcha tuman hokimlari hamda mamlakatimizning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlari kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishdi.

Ispaniya, Hindiston, O‘mon, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Eron, Kuvayt, Latviya, Germaniya, Indoneziya va BAAdagi elchilar qishloq xo‘jaligi, turizm, oziq-ovqat, sanoat va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar kiritdilar. Jumladan, xorijiy investorlar bilan aloqalarni kuchaytirish, chet elda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarga oid savdo uylarini tashkil etish masalalari bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.

Facebook |YouTube | Instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aktobedagi hodisa bo‘yicha O‘zbekistonning Qozog‘istondagi konsuli izoh berdi

Obuna bo‘ling @iadunyo_uz

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев 5 апрель куни ташриф билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев 5 апреля посетит нашу страну с визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #hamkorlik #Xiva

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston-Qozog‘iston: World Fact

“World Fact” orqali ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar haqidagi info-qo‘llanma bilan tanishing.

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari Amanbay Orinbayev va Farxod Ermanov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Rahmatulla Nurimbetov, Muzaffar Madrahimov va Bobur Usmanov hamda mamlakatimizning Yevropa, Osiyo-Tinch Okeani va Markaziy Osiyodagi elchixonalari rahbarlari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘istonda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ijtimoiy sohadagi dasturlar uchun chet eldan grantlar jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Elchilar tomonidan energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm, ekologiya, ichimlik suvi bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan aniq takliflar bildirildi.

Qoraqalpog‘iston hududida xorijiy investorlar uchun yaratilgan boshqa viloyatlarda mavjud bo‘lmagan imtiyozlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

“Made in Karakalpakstan” ko‘rgazmalari hamda “Rally Muynak” ekstremal avtomobil musobaqalarini o‘tkazishda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Facebook |YouTube | Instagram | X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев ташриф билан мамлакатимизга келди.
Урганч халқаро аэропортида олий мартабали меҳмонни давлатимиз раҳбари кутиб олди.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев прибыл с визитом в нашу страну.
В международном аэропорту Ургенча высокого гостя встретил глава нашего государства.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қозоғистон Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев кўҳна Хоразм заминида учрашмоқда

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Казахстана Касым-Жомарт Токаев проводят встречу на древней хорезмской земле

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
- Qozog‘izton Prezidentining Xivaga amaliy tashrifidan nimalar kutilmoqda?
- O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari qaysilar?
- Savdo-iqtisodiy hamkorlikda duch kelinayotgan muammolar va yechimlar qanday?
- Ikki qo‘shni davlat aloqalari mintaqaning keng ko‘lamli hamkorligiga qanday ta’sir qilmoqda?

Bu savollarning barchasiga O‘zbekiston TIV Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Hoshimov bilan intervyumizda javob olasiz.

Obuna bo‘ling @iadunyo_uz

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев ва Президент Қасим-Жомарт Тоқаев “Хива гиламлари” комбинатига ташриф буюрдилар.

Президент Шавкат Мирзиёев и Президент Касым-Жомарт Токаев посетили ковровый комбинат «Хива гиламлари».

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #Xiva

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X