Tashqi ishlar vazirligi
9.5K subscribers
10.4K photos
235 videos
4.5K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
2024-yilning 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kipr Respublikasi tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan telefon orqali muloqot qildi.
***
On April 2, 2024, Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov had a phone conversation with the Minister of Foreign Affairs of the Republic of Cyprus Constantinos Kombos.

Facebook |YouTube | Instagram | X
2024-yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Prezidentining Xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy bilan uchrashdi.
***
On April 3, 2024, Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov met with the Special Representative of the President of Russia for International Cultural Cooperation Mikhail Shvidkoy.

Facebook |YouTube | Instagram | X
2024-yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunenni qabul qildi.
***
On April 3, 2024, the Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov received Antti Karttunen, Head of the OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan.

Facebook |YouTube | Instagram | X
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda mamlakatimizning Yevropa va Osiyo-Tinch Okeani mintaqasidagi diplomatik vakolatxonalari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir viloyatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, eksportga ko‘maklashish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini yanada jadallashtirish, bu jarayonda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik missiyalari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Muzaffar Madrahimov va Bobur Usmanov, viloyatning barcha tuman hokimlari so‘zga chiqib, hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishda davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidlashdi.

Respublikamizning xorijdagi elchilari Surxondaryo viloyatida mavjud va istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan fikr-mulohazalar, aniq takliflarni bildirishdi.

Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarni jahon bozoriga eksportini oshirish, viloyat tuman va shaharlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hudud iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladigan ilg‘or xalqaro tajribani qo‘llash kabi masalalar uchrashuv kun tartibining asosiy qismi bo‘ldi.

Jumladan, Vengriya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Yaponiya, Malayziya kabi davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari so‘zga chiqib, turizm, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va boshqa ko‘plab sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar kiritdilar.

Facebook |YouTube | Instagram | X
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Polshaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Radoslav Gruk bilan uchrashuv o‘tkazdi.
***
Deputy Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Muzaffar Madrakhimov met with Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of Poland Radoslaw Gruk.

Facebook |YouTube | Instagram | X
Элчихона ахбороти

2024 йилнинг 3 апрелида Актобе вилояти, Алға тумани ҳудудидан ўтувчи “Самара-Шимкент” республика аҳамиятига эга автомобиль йўлида содир бўлган бахтсиз ҳодиса оқибатида вафот этган 8 нафар Ўзбекистон Республикаси фуқароларининг оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзиямизни билдирамиз.

Мазкур масала юзасидан Ўзбекистон Республикасининг Ақтау шаҳридаги Бош консулхонаси Қозоғистон Республикаиснинг тегишли ташкилотлари билан яқиндан ҳамкорликда ишламоқда. Ҳолат алоҳида назоратга олинганган.

Қўшимча маълумотлар бўйича ЎР Ақтау шаҳридаги Бош консулхонасига қуйидаги рақам бўйича мурожаат қилишингиз мумкин +7 (729) 277-71-17.

@uz_embassykz
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov hamda mamlakatimizning Yevropa, Osiyo-Tinch Okeani, Markaziy Osiyo mintaqalaridagi elchixonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning Malayziya, Singapur, Yaponiya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Eron, O‘mon, BAA va Turkmanistondagi elchilari so‘zga chiqib, qishloq xo‘jaligi, turizm, oziq-ovqat, sanoat va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.

Yaqin muddatlarda viloyatga Malayziya, Singapur va Avstriyadan delegatsiyalar kelishi, xorijlik va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida maqsadli uchrashuvlar tashkil etish, ular bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun aniq takliflar ishlab chiqish zarurligi alohida qayd etildi.

Tezkor ma’lumot almashish uchun “TIV-Samarqand-Elchixonalar” onlayn-platformasi tuzildi. Elchilarning viloyatdagi shahar va tuman hokimlari bilan bevosita hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.

Facebook |YouTube | Instagram | X
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda mamlakatimizning Yevropa, Osiyo-Tinch Okeani, Markaziy Osiyo mintaqalaridagi vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda viloyat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga qaratilgan mavjud va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Bobur Usmanov va Muzaffar Madrahimov, viloyatning barcha tuman hokimlari hamda mamlakatimizning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlari kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishdi.

Ispaniya, Hindiston, O‘mon, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Eron, Kuvayt, Latviya, Germaniya, Indoneziya va BAAdagi elchilar qishloq xo‘jaligi, turizm, oziq-ovqat, sanoat va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar kiritdilar. Jumladan, xorijiy investorlar bilan aloqalarni kuchaytirish, chet elda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarga oid savdo uylarini tashkil etish masalalari bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.

Facebook |YouTube | Instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aktobedagi hodisa bo‘yicha O‘zbekistonning Qozog‘istondagi konsuli izoh berdi

Obuna bo‘ling @iadunyo_uz

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев 5 апрель куни ташриф билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев 5 апреля посетит нашу страну с визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #hamkorlik #Xiva

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston-Qozog‘iston: World Fact

“World Fact” orqali ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar haqidagi info-qo‘llanma bilan tanishing.

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari Amanbay Orinbayev va Farxod Ermanov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Rahmatulla Nurimbetov, Muzaffar Madrahimov va Bobur Usmanov hamda mamlakatimizning Yevropa, Osiyo-Tinch Okeani va Markaziy Osiyodagi elchixonalari rahbarlari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘istonda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ijtimoiy sohadagi dasturlar uchun chet eldan grantlar jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Elchilar tomonidan energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm, ekologiya, ichimlik suvi bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan aniq takliflar bildirildi.

Qoraqalpog‘iston hududida xorijiy investorlar uchun yaratilgan boshqa viloyatlarda mavjud bo‘lmagan imtiyozlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

“Made in Karakalpakstan” ko‘rgazmalari hamda “Rally Muynak” ekstremal avtomobil musobaqalarini o‘tkazishda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Facebook |YouTube | Instagram | X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев ташриф билан мамлакатимизга келди.
Урганч халқаро аэропортида олий мартабали меҳмонни давлатимиз раҳбари кутиб олди.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев прибыл с визитом в нашу страну.
В международном аэропорту Ургенча высокого гостя встретил глава нашего государства.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қозоғистон Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев кўҳна Хоразм заминида учрашмоқда

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Казахстана Касым-Жомарт Токаев проводят встречу на древней хорезмской земле

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
- Qozog‘izton Prezidentining Xivaga amaliy tashrifidan nimalar kutilmoqda?
- O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari qaysilar?
- Savdo-iqtisodiy hamkorlikda duch kelinayotgan muammolar va yechimlar qanday?
- Ikki qo‘shni davlat aloqalari mintaqaning keng ko‘lamli hamkorligiga qanday ta’sir qilmoqda?

Bu savollarning barchasiga O‘zbekiston TIV Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Hoshimov bilan intervyumizda javob olasiz.

Obuna bo‘ling @iadunyo_uz

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube