Tashqi ishlar vazirligi
10K subscribers
11K photos
242 videos
4.71K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Sankt-Peterburg shahrida “Ishga marhamat” moslashuv markazi ochildi. Markaz Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga huquqiy va psixologik yordam koʻrsatadi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24742/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Тошкентдаги Халқаро конгресс марказида 1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар кунига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтмоқда. Унда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирок этяпти.
Бу йилги табрик аввалгиларидан фарқ қилиб, мурожаат тарзида бўлмоқда. Унда Президент таълим ва илм-фанни ривожлантириш йўлидаги долзарб вазифалар ҳақида сўз юритяпти.

В Международном конгресс-центре в Ташкенте проходит торжественное собрание, посвященное 1 октября - Дню учителей и наставников. В нем принимает участие Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев.
В этом году праздничное поздравление адресуется в формате своеобразного послания к учителям, интеллигенции. Президент говорит об актуальных задачах по развитию образования и науки.

#Mirziyoyev #murojaat #1oktabr #talim #fan

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ukrainaga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

O‘zbekistonning Kiyev shahridagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Hukumatining qarori bilan 2020-yilning 29-sentabrdan chet el fuqarolarining ushbu mamlakatga kirish tartibi o‘zgartirildi.

Bundan buyon xorijiy davlatlar fuqarolari Ukraina chegarasini kesib o‘tishda Ukrainada ro‘yxatdan o‘tgan yoki mazkur mamlakatda vakolatxonasiga ega bo‘lgan yohud ukrainalik shirkat bilan shartnoma tuzgan sug‘urta kompaniyasi tomonidan berilgan sug‘urta polisiga ega bo‘lshilari talab etiladi.

Sug‘urta chet el fuqarosining COVID-19ga chalinganida davolanish xarajatlarini qoplashi va Ukrainada bo‘lish davriga to‘g‘ri keladigan muddatda amal qilishi kerak.

“Qizil hudud” mamlakatlaridan kelgan chet elliklar o‘z-o‘zini yakkalash rejimiga amal qiladilar. 2020-yil 30-sentabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston “yashil hudud”ga kiritilgan.

Batafsil ma’lumot bilan https://visitukraine.today/ru saytida tanishish mumkin.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi Ukrainaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimizga Ukraina tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qiladi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24744/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Operativ shtabi axboroti

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi va Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasiga Abxaziya hududida bo‘lib turgan 400 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarining Vatanga qaytishda ko‘mak berish to‘g‘risidagi murojaatlari kelib tushdi.

Ushbu muammoni zudlik bilan hal etish maqsadida mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi Rossiya tomoniga hamyurtlarimizni Vatanga qaytarish uchun ularning Rossiya chegarasini kesib o‘tishlariga ruxsat olish yuzasidan yana bir bor tegishli murojaat yuborgan.

Yordamga muhtojlardan (ayollar, homiladolar, qariyalar va bolalar) iborat O‘zbekiston fuqarolarining birinchi guruhini shu yilning oktabr oyi boshlarida O‘zbekistonga qaytarish rejalashtirilgan.

Qolgan fuqarolar Rossiya tomonidan Davlat chegarasini tranzit maqsadida kesib o‘tishga ruxsat berilgandan keyin O‘zbekistonga qaytariladi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24745/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Маърифатпарвар жадидчилик ҳаракати намояндаларини мукофотлаш тўғрисида

О награждении представителей просветительского движения джадидизма

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Qirg‘izistonga tashrif buyurishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

O‘zbekistonning Bishkek shahridagi Elchixonasi xabar berishicha, Qirg‘iziston Hukumatining qaroriga binoan xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga so‘nggi 72 soat ichida o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi yo‘qligini ko‘rsatuvchi PZR tadqiqoti natijalari taqdim etilgandan so‘ng Qirg‘izistonga uchadigan samolyot bortiga chiqishga ruxsat etiladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Qirg‘iziston chegarasini avtomashinalarni o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tishda so‘nggi 120 soat ichida o‘tkazilgan COVID-19 uchun PZR testining salbiy natijalarini taqdim etishlari shart.

Tegishli test natijasining talab qilingan muddati obyektiv sabablarga ko‘ra tugagan taqdirda, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar borgan joyida PZR sinovidan o‘tishlari shart.

PZR test natijalari bo‘lmagan taqdirda yoki klinik alomatlar mavjud bo‘lganda Qirg‘iziston hududiga kirish taqiqlanadi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga Qirg‘iziston tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qiladi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24750/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
2020-yilning 30-sentabr kuni videokonferensaloqa shaklida O‘zbekiston Respublikasi bilan Qatar Davlati o‘rtasida shartnomaviy-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish bo‘yicha tashqi ishlar vazirliklari huquqiy boshqarmalarining maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24752/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўқитувчи ва мураббийлар кунига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Кипр Республикаси Президенти Никос Анастасиадисни Мустақиллик куни билан табриклади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев поздравил Президента Республики Кипр Никоса Анастасиадиса с Днем независимости.

#Mirziyoyev #qutlov #Kipr

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпинга миллий байрам - ХХР ташкил топган кун муносабати билан табрик йўллади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил поздравление Председателю Китайской Народной Республики Си Цзиньпину в связи с национальным праздником – Днем образования КНР.

#Mirziyoyev #qutlov #XXR

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2020-yilning 30-sentabr kuni Oʻzbekiston Elchisi Abat Fayzullayev Avstriya Respublikasi Federal Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/10/24754/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Chexiyaga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

O‘zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Chexiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining himoya choralari to‘g‘risidagi qarori bilan 2020-yilning 21-sentabrdan chet el fuqarolarining ushbu mamlakatga kirish tartibi o‘zgartirildi.

COVID-19 xavfi past darajada bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilmagan uchinchi davlatlarning barcha fuqarolariga hamda mazkur davlatlarda vaqtincha yoki doimiy yashovchi uchinchi davlatlarning barcha fuqarolariga Chexiya Respublikasiga kirish ta’qiqlanadi.

COVID-19 xavfi past darajada bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilmagan uchinchi davlatlarning birida so‘nggi 14 kun ichida 12 soatdan ko‘proq bo‘lgan barcha shaxslarga Chexiya Respublikasining butun hududi bo‘ylab 10 kun davomida yoki tegishli karantin choralari bekor qilingunga qadar erkin harakatlanish ta’qiqlanadi.

2-oktabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston COVID-19 xavfi past darajada bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilmagan.

Amaldagi tartibning to‘liq matni bilan Chexiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (www.mzcr.cz) va Chexiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (www.mvcr.cz) saytlari orqali tanishish mumkin.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi Chexiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimizga Chexiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qiladi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/10/24759/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz