Tashqi ishlar vazirligi
9.85K subscribers
10.7K photos
239 videos
4.61K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Чартер рейслари жадвалига ўзгартириш киритилди

Амалга оширилаётган чартер рейслари бажарилиши мунтазамлигини таъминлаш, ушбу жараёнда учувчилар ва борт кузатувчиларининг хавфсизлигини таъминлаш, экипаж аъзоларини ҳар бир рейсдан сўнг кучайтирилган тартибда тиббий кўрикдан ўтказиш, эпидемиологик вазиятдан келиб чиққан ҳолда навбатдаги рейсга қадар ўз-ўзини изоляциялаш, шунингдек, хорижий давлатлар томонидан парвозларни амалга оширишга қўйилаётган вақтинчалик чеклов чораларидан келиб чиққан ҳолда сўнгги икки ҳафтага режалаштирилган чартер рейслари жадвали Республика махсус комиссияси томонидан қайта кўриб чиқилди.

6 – 19 июль кунларига белгиланган парвозлар қуйидаги тартиба амалга оширилади.

6 июль Сеул – Тошкент – Сеул (Asiana airlines)
6 июль Тошкент – Москва – Тошкент (Uzbekistan Airways)
7 июль Тошкент – Истанбул – Тошкент (Uzbekistan Airways)
8 июль Тошкент – Сеул – Тошкент (Uzbekistan Airways)
8 июль Минск – Тошкент – Минск (Belavia)
10 июль Сеул – Тошкент – Сеул (Korean airlines)
12 июль Санкт-Петербург – Тошкент – Санкт-Петербург (Rossia)
13 июль Сеул – Тошкент – Сеул (Asiana airlines)
13 июль Тошкент – Москва – Тошкент (Uzbekistan Airways)
15 июль Москва – Тошкент – Москва (Ural airlines)
16 июль Истанбул – Тошкент – Истанбул (Turkish airlines)
16-17 июль Тошкент – Нью-Йорк – Тошкент (Uzbekistan Airways)
19 июль Тошкент – Владивосток – Тошкент (Uzbekistan Airways)


Эпидемиологик вазият яхшиланиши билан хорижий давлатлардаги мамлакатимиз фуқароларини Ўзбекистонга олиб келиш мақсадида талаб юқори бўлган йўналишларда рейслар сонини сезиларли даражада кўпайтриш чоралари кўрилади.


Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ахборот хизмати
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axboroti

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda “Jibek joli” – “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 3000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilmoqda.

Bosh konsulxona xodimlari nazorat-o‘tkazish punktida bo‘lib turishibdi, vatandoshlar bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan, diaspora vakillari bilan birgalikda issiq ovqat va boshqa yordam tashkil qilinmoqda, vaziyat umumiy nazoratga olingan.

Ta’kidlash joizki, 1-iyuldan buyon 2700 dan oshiq vatandoshlar, asosan kasallar, qariyalar, homiladorlar va yosh bolali ayollar O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishdi.

Texnik sabablarga ko‘ra so‘nggi kunlarda vatandoshlarning davlatlararo chegaradan o‘tishlari cheklangan miqdorda amalga oshirildi.

“Jibek joli” o‘tkazish punkti orqali respublika fuqarolarining O‘zbekiston hududiga cheklangan holda kirishi bilan bog‘liq barcha muammolar tez muddatda hal qilinadi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев бугунги видеоселектор йиғилиши аввалида коронавирус инфекциясига қарши кураш бўйича амалга оширилаётган ишларга алоҳида тўхталиб ўтди.
- Биз мамлакатимизда коронавирус аниқланган кундан бошлаб қайта-қайта таъкидлаб келмоқдамиз: бу жуда мураккаб синов ва оғир кураш бўлади.
Бутун дунёда минг-минглаб одамларнинг ўлимига сабаб бўлаётган бундай хатарли офатга асло бепарво ва енгил қараб бўлмайди, - деди, жумладан, давлатимиз раҳбари.

Президент Шавкат Мирзиёев в начале сегодняшнего видеоселекторного совещания отдельно остановился на проводимой работе по борьбе с коронавирусной инфекцией.
- С того самого дня, как этот вирус был обнаружен в нашей стране, мы говорили и продолжаем говорить: это будет очень сложное испытание и тяжелая борьба.
Нельзя пренебрежительно относиться к опасной болезни, унесшей жизни многих тысяч людей по всему миру, - отметил, в частности, глава государства.

#Mirziyoyev #murojaat #koronavirus #pandemiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

🔵 “Pandemiyadan kuchli bo‘lib chiqishning birdan bir yo‘li – kichik biznes va tadbirkorlikka qulay muhit yaratish”, – dedi Prezident.

🔹 Karantin talablarining yumshatilishi natijasida korxonalar faoliyati tiklandi. Biroq 69 mingta tadbirkorning faoliyatini jonlantirish kerakligi ta’kidlandi.

❗️ Joylardagi rahbarlar 9 oy yakuni bo‘yicha ularning kamida 70 foizini, yil yakuniga qadar to‘liq quvvat bilan ishlashiga mas’ul va javobgarligi belgilandi.

⚡️ Prezident bir-biriga zid bo‘lgan karantin talablarini tanqid qildi. Tadbirkorlar karantin qoidalariga amal qilishda sanitariya va yong‘in xavfsizligi idoralari tomonidan tushunarsiz va bir-biriga zid talablarga duch kelmoqda.

⚡️ Shu bois, tadbirkorlarning murojaatlari va takliflari asosida joriy tartiblarni qayta ko‘rib chiqib, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tushunarli shaklda aholiga yetkazish topshirig‘i berildi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

❗️ O‘tgan yilda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlarning, ya’ni, yangi biznes sub’ektlarining 23 mingtasi yoki 24 foizi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmayapti. Mas’ul rahbarlar ular bilan muloqot qilishi, tez fursatlarda ularni ishga tushirish choralari ko‘rilishi belgilandi.

Faoliyat boshlayotgan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning mutlaqo yangi tizimini ishlab chiqiladi. Bunda tadbirkorni maxsus kurslarda o‘qitish, sub’ektni ro‘yxatdan o‘tkazish, asbob-uskuna sotib olish xarajatlarining bir qismiga grant ajratish nazarda tutiladi.

Ushbu tizimning vertikal ijrosini ta’minlash uchun hozirda faqat respublika darajasida faoliyat yuritayotgan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ishini tumangacha tushirish lozimligi qayd etildi.

⚡️ Xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish uchun eng qulay, ko‘p va yuqori daromadli ish joylari tashkil etish mumkin bo‘lgan 31 ta o‘rta shaharlarni xizmat ko‘rsatish markazlariga aylantirish topshirig‘i berildi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

❗️ Keyingi yillarda soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi natijasida biznes ixtiyorida 2019-yilda 12 trillion so‘m qoldi, 2020-yilda yana 11 trillion so‘m mablag‘ qolishi kutilmoqda.

Endi yangi vazifa, ya’ni, “Soliq idorasi – tadbirkorga ko‘makchi” tizimini yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berildi.

⚡️ 1-iyuldan boshlab ilk marotaba tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish mexanizmi amalga kiritildi. Ushbu yangilik orqali joriy yilning birgina uchinchi choragida tadbirkorlarga 700 milliard so‘mni aylanma mablag‘ sifatida o‘zida qoldirish imkoniyati yaratilmoqda.

🔹 Prezident joylarda haligacha tadbirkorlarga yer va bino-inshootlar ajratishda ko‘plab to‘siqlar mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi. Bularni ochiq savdoga, elektron auksionga chiqarish jarayonlarini jonlantirish vazifasi qo‘yildi.

🔵 “Sohadagi o‘zgarishlarni odamlar sezishi kerak, televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda buni keng yoritib borish zarur”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Prezident kamida 257 ming nafar muhtoj oilalar vakillarini ishga joylashtirish, 37 mingta xonadonga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratish zarurligini qayd etdi.

❗️ Ehtiyojmand aholini ishga joylashtirish ko‘rsatkichi eng past sektorlarning 6 nafar rahbarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi. Bular – Farg‘ona tumani hokimi Nosirov, Yakkabog‘ tumani prokurori Mustafayev, G’uzor va Chortoq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari Raxmonov va Abdurayimov, Muborak tumani va Qo‘qon shahar soliq inspeksiyalari boshliqlari Temirov va Turdiqulov.

❗️ 7 nafar rahbarga nisbatan oxirgi ogohlantirish sifatida “hayfsan” e’lon qilindi. Bular – Sho‘rchi tumani hokimi Xudayberganov, Kattaqo‘rg‘on, Koson va Payariq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari Otamurodov, Otakulov va Shermuxamedov, Narpay, G’allaorol tumanlari va Guliston shahar soliq inspeksiyalari boshliqlari Dehqonov, Mamayev va Radjabov.
O‘zbekiston Elchisi Hindiston Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

2020-yil 8-iyul kuni Hindiston Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Elchisi Dilshod Axatovning Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24416/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida videokonferensaloqa shaklida MDHga a’zo davlatlar Gumanitar hamkorlik kengashi va Gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo jamg‘arma (GHDJ) boshqarmasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston tomonidan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov, “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ishtirok etdi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24421/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidikov videokonferensaloqa shaklida Islom hamkorlik tashkilotining Ilmiy va texnologik hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mitasi (COMSTECH) Bosh koordinatori Iqbol Chaudri va COMSTECH maslahatchisi Xurshid Xasnayn bilan muzokaralar o‘tkazdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24422/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
3700 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdilar

Avval xabar qilinganidek, shu yil 1-iyuldan 7-iyulgacha bo‘lgan muddatda “Jibek joli” — “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti orqali 2700 nafardan ortiq hamyurtlarimiz O‘zbekistonga qaytgan. Biroq yuzaga kelgan texnik muammolar tufayli Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidan yurtdoshlarimizni o‘tkazish cheklangan miqdorda amalga oshirildi. Oqibatda bu holat chegarada 3000 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari to‘planib qolishiga sabab bo‘ldi.

Respublika maxsus komissiyasi, DXX Chegara qo‘shinlari va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida 8-iyul kuni fuqarolarimizning Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidan erkin o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi barcha texnik va tashkiliy masalalar tezkorlik bilan hal qilindi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil 8-iyul kuni kechqurun va 9-iyul kuni “Jibek joli” – “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktidan 3746 nafar fuqarolarimiz o‘tkazildi.

Hozirgi paytda davlatlararo chegarani kesib o‘tishda muammolar yo‘q, nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlamoqda, fuqarolarning to‘planib qolishi kuzatilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlik biz uchun juda muhim

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Erkin Xamrayevning “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiriga bergan intervyusi

https://mfa.uz/uz/press/smi/2020/07/24429/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 9-10-iyul kunlari siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ishchi guruh doirasida videokonferensaloqa shaklida O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralarning beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24430/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida xalqaro shartnomaning kuchga kirishiga oid

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga tashrifi davomida 2017-yil 25-oktabrda imzolangan 1996-yil 8-maydagi Daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma 2020-yil 9-iyuldan e’tiboran kuchga kirdi.

Hujjatga binoan, ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida axborot almashishning yangilangan tartibi nazarda tutilmoqda, shuningdek, Bitim soliqlarni undirishda ko‘maklashishga oid yangi norma bilan to‘ldirilmoqda.

Tuzatishlar “soliq shaffofligi”ni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu ikki mamlakatning jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish va Bitim qoidalarini ikki mamlakatning amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiqlashtirish zaruriyati bilan belgilanadi.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24432/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida investitsiya sohasidagi bitimning kuchga kirishi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga tashrifi davomida 2017-yil 25-oktabrda imzolangan Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim 2020-yil 9-iyuldan e’tiboran kuchga kirdi.

Ushbu hujjat qoidalariga muvofiq, ikki mamlakat investorlari tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi qo‘llaniladi.

Bitim investorlar huquqlarini himoyalash, sarmoya va texnologiyalarning kirib kelishini qulaylashtirish, pul o‘tkazmalarining erkin bajarilishi huquqiy asoslarini belgilagan.

Hujjat 1992-yil 28-aprelda imzolangan avvalgi hukumatlararo Bitimni almashtiradi hamda zamonaviy voqelikni inobatga olgan holda investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan.

Bitim ikki davlat iqtisodiyotiga o‘zaro investitsiyalar oqimi uchun mustahkam asos yaratadi, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlar uchun har ikki mamlakatning investitsion jozibadorligini oshiradi.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/07/24434/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter