Tashqi ishlar vazirligi
9.5K subscribers
10.4K photos
235 videos
4.5K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston parlamentining inson huquqlarini ilgari surish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi

2020-yil 18-may kuni ayni sarlavha bilan Parlamentlararo ittifoq rasmiy veb-sahifasida O‘zbekistonning inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatiga ijobiy baho berilgan maqola e’lon qilindi.

Axborotda Parlamentlararo ittifoqning O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan inson huquqlari jabhasidagi xalqaro standartlarni milliy darajada joriy etish borasida yaqinda qabul qilingan choralarni qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlanadi.

“Parlamentlararo ittifoqning tavsiyasiga binoan yaqinda O‘zbekiston parlamenti qator xalqaro va mahalliy tashkilotlar ishtirokida videokonferensiya tashkil etdi va unda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt – BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1966-yilda qabul qilingan va 1976-yildan buyon amalda bo‘lgan ko‘ptomonlama shartnomaning bajarilish jarayoni muhokama qilindi, – deyiladi maqolada. – Qatnashchilar fuqarolik jamiyatini va qonun ustuvorligi madaniyatini rivojlantirish, penitentsiar tizim islohati, sud hokimiyati mustaqilligi, bolalar mehnatiga barham berish, gender tenglikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish kabi jabhalarga to‘xtalib o‘tishdi”.

Parlamentlararo ittifoqning baholashicha, O‘zbekiston parlamenti inson huquqlarini ta’minlash masalasini yanada faolroq ilgari surmoqda. 2018-yilda inson huquqlari himoya qilinishinining amalga oshirilishi va BMT tavsiyalarining bajarilishi ustidan parlament nazorati mexanizmi ishlab chiqlgan edi. Qonunchilik organi BMTning huquqni himoya qiluvchi mexanizmlari bilan hamkorlik bo‘yicha harakatlar rejasini qabul qildi va o‘z tarixida birinchi bor inson huquqlari bo‘yicha parlament hisobotini e’lon qildi.

Parlamentlararo ittifoq so‘nggi yillarda milliy parlamentariylarimizning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi majlislaridagi roli o‘sayotganini e’tirof etmoqda.

“O‘zbekiston parlamenti Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiya bilan ham yaqindan hamkorlik qilmoqda. Xususan, mamlakatdagi inson huquqlari bo‘yicha ikkita ta’sirchan masala – qiynoqlarning oldini olish va majburiy mehnatga chek qo‘yish borasidagi choralarni qabul qilish bo‘yicha mexanizmni tuzishda faol ishtirok etdi, – deyiladi xabarda. – Yuqorida qayd etilgan videokonferensiya shuningdek O‘zbekistonda yashayotgan fuqaroligi yo‘q shaxslarning deyarli yarmiga (49 ming kishi) mamlakat fuqaroligini olish imkonini beruvchi fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonunning qabul qilinishi fonida tashkil etilgani ham ahamiyatlidir”.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24171/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
2020-yil 21-may kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Marat Sizdiqov, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Zohir Saidzoda, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xojiyev ishtirok etdilar.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24178/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 20-may kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev AQSh Elchisi Daniel Neytan Rozenblum bilan muzokaralar o‘tkazdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24176/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 20-may kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Garet Beyli bilan muzokaralar o‘tkazdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24177/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn videokonferensiyada ishtirok etdi.

Tadbirda Afg‘oniston bo‘yicha Qatar, Germaniya, Norvegiya va Indoneziya maxsus vakillari ham ishtirok etdilar.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24181/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 22-may kuni charter reysi bilan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi samolyoti Istanbul shahridan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga keldi.

Mamlakatimizning Anqaradagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya tomoni COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam berish uchun 50 dona o‘pkani sun’iy shamollatish apparatini beg‘araz taqdim etdi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24184/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning 2019-yil 15-aprel kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim 2020-yil 22-maydan kuchga kirdi.

Hujjat noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, ikki davlatning hududida noqonuniy bo‘lib turgan shaxslarni aniqlash va ro‘yxatga olish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Qayd etilgan Bitim doirasidagi hamkorlik manfaatdor Tomonning yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bitimda, shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi samarali kurashish maqsadida ma’lumot va tajriba almashish, Tomonlar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda qo‘shma tezkor profilaktik tadbirlarni tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24188/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Карачи шаҳрида рўй берган авиаҳалокат оқибатида кўплаб инсонлар қурбон бўлгани муносабати билан Покистон Ислом Республикаси Президенти Ориф Алви ва Бош вазири Имрон Хонга таъзия мактуби йўллади.
--
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил письмо с соболезнованиями Президенту Исламской Республики Пакистан Арифу Алви и Премьер-министру Имрану Хану в связи с многочисленными человеческими жертвами в результате авиакатастрофы в городе Карачи.

#Mirziyoyev #Pokiston #hamdardlik #ArifAlvi #ImranKhan

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳар бир оила ва жамоага - ғамхўрлик, инфратузилма ва инсон капиталига - инвестиция билан
--
Инвестиции в инфраструктуру и человеческий капитал, стимул в каждую семью и коллектив

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Рамазон ҳайити муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев номига хорижий давлат ва ҳукуматлар, нуфузли халқаро ва минтақавий ташкилотлар раҳбарларидан табрик мактублари келмоқда. Уларда Президентимизга соғлик ва муваффақиятлар, Ўзбекистон халқига тинчлик-осойишталик ва равнақ тилаб, эзгу истаклар изҳор этилган.

В связи с праздником Рамазан-хайит на имя Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева поступают поздравления от глав государств и правительств зарубежных стран, руководителей авторитетных международных
и региональных организаций.
В них выражаются искренние пожелания здоровья и успехов, народу Узбекистана - мира, благополучия и процветания.

#Mirziyoyev #qutlovlar #Ramazonhayiti

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi: Talabalarga berilgan yordam haqida

Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi tomonidan ularni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Razumovskiy nomidagi Rossiya texnologik universiteti, “MISiS” Milliy tadqiqot texnologik universiteti, Rossiya davlat turizm va xizmatlar universiteti, Moskva aviatsiya instituti, I.Yevdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya instituti, Rossiya transport universiteti, Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Rossiya davlat xalqlar do‘stligi universiteti, “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetida ta’lim olayotgan 1000 (ming) dan ortiq talabaga oziq-ovqat yetkazib berildi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi: Mehnat migrantlariga yordam to‘g‘risida

Elchixona Rossiyadagi vatandoshlarimizga muntazam tarzda yordam berib kelgan va bu boradagi ishlar “Mehr” loyihasi bilan cheklanmagan. Xususan, bu haftaning o‘zida moddiy jihatdan qiyin ahvolda qolgani sababli yordam so‘rab Elchixonaga murojaat qilgan 217 ta oila ikki haftaga yetadigan oziq-ovqat bilan ta’minlandi. “#Rahmat!” aksiyasi doirasida ham tizimli ishlar olib borilib, uning natijalari haqida biz o‘z sahifalarimizda xabardor qilgan edik.

2020-yil 25-martdan 23-mayga qadar Moskva shahri xostellarida og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarining yashashi va ovqatlanishi to‘lab berildi. Bu maqsadga 5 mln. 720 rubl sarflandi. Xostellarda joylashtirilgan vatandoshlarimizning bir qismi O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘i bilan tashkil etilgan charter reyslarida respublikamizga qaytarildi. Hozirgi vaqtda yana ikki guruh fuqarolarimiz Rossiya poytaxtidagi xostellarda joylashtirilgan bo‘lib, Elchixonaga vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlashda yordam so‘rab kelayotgan murojaatlar soni ortib bormoqda.

Yana bir bora charter reyslariga, avvalo, keksalar, bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar, shuningdek, ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga chiptasi bor fuqarolar taklif qilinishini eslatib o‘tamiz.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi orqali 1200 ta O‘zbekiston fuqarosini Qozog‘iston bilan chegaraga yetkazish uchun 125 ming rubl miqdoridagi xarajatlar qoplandi. Ushbu fuqarolar O‘zbekistonning Nursulton shahridagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan maxsus transportda Qozog‘iston Respublikasi orqali Vatanimizga qaytarildi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi: “Mehr” loyihasi doirasidagi bir haftalik yordam to‘g‘risida

Rossiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizning Moskva shahridagi Elchixonasi vatandoshlarimizga moliyaviy, tibbiy va oziq-ovqat ta’minoti borasida ko‘maklashish uchun doimiy ishlarni olib bormoqda

Jumladan, 2020-yilning 15-22-may kunlari “Mehr” loyihasi doirasida Rossiyada bo‘lib turgan va qiyin sharoitda qolgan yana 584 O‘zbekiston fuqarosiga umumiy qiymati 3 mln. 669 ming 806 rubl miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatildi.

Ular orasida:
– 5 ta nogiron fuqarolarimiz;
– 32 ta qaramog‘ida ikki yoshgacha farzandi bor yoki homilasi yetti oydan oshgan ayollar;
– 13 ta COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan vatandoshlarimiz;
– Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limida tahsil olayotan 493 ta talaba bor.

Shuningdek, O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan xostelda 41 ta vatandoshimizning yashash xarajatlarini qoplab berildi.

Umuman olganda, “Mehr” aksiyasi o‘z faoliyatini boshlagandan buyon (14-22-may) Rossiyadagi 786 ta O‘zbekiston fuqarosiga 4 mln. 890 ming 766 rubl miqdorida moliviy yordam berildi.

Shu bilan birga, “Mehr” loyihasi doirasida o‘z bank kartalariga pul mablag‘larini olganini tasdiqlashga rozi bo‘lgan vatandoshlarimizning videomurojaatlarini e’tiboringizga havol etmoqdamiz. Vatandoshlarimizning shaxsiy ma’lumotlari mavjud bo‘lgani sababli yordam berilgan fuqarolarning umumiy ro‘yxatini Elchixona e’lon qilishga haqli emas.

So‘nggi kunlarda “mehr.rf” portalida go‘yoki nosozliklar kelib chiqqani va shu sababli ariza jo‘natish mumkin emasligi haqida xabarlar tarqaldi va keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida shuni ma’lum qilamizki, kelib tushayotgan murojaatlar bilan samarali ishlash, moliyaviy mablag‘larni teng taqsimlash “mehr.rf” portalining barqaror faoliyatini ta’minlash uchun sayt orqali bir kunda 1000 (ming) ta murojaat qabul qilinadi. Elchixona va Bosh konsulxonalar xodimlarining cheklanganligini hisobga olgan holda, bir kunlik cheklovning joriy qilinishi bizga kelayotgan arizalarni tezda va samarali ishlab chiqish, Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarimiz orasida haqiqatdan ham yordamga muhtoj bo‘lgan qatlamlarga ko‘mak berish imkoniyatini beradi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi: Charterlar ro‘yxati muhokamasi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib ketish uchun tashkil qilinayotgan charter reyslari keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Biz ijtimoiy tarmoqlarda vatandoshlarimiz va blogerlarning o‘zbekistonliklarni Vatanimizga qaytarish jarayoni va natijalaridan norozi bo‘lib bildirgan sharhlari va videolavhalarini kuzatib bormoqdamiz.

Ushbu masalada ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash maqsadida, O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi qator jamoat arboblari va blogerlarni taklif qilib, birgalikda diplomatik missiyalar tuzgan ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar orasidan bo‘lajak charter reyslari fuqarolari ro‘yxatini shakllantirish tashabbusi bilan chiqdi. Xususan, 2020-yilning 22 va 23-may kunlari o‘tkazilgan muhokamalarda Elchixonaga yordam berish taklifi bilan chiqqan bloger Umid Muydinov va shifokor reanimatolog-anesteziolog Zulfiyabegim Suxina ishtirok etdi.

Bizni asossiz ravishda axborotni yashirish va yopiqlikda ayblovchi murojaatlarning oldini olish maqsadida keyingi charter reyslarini tashkillashtirishda ushbu amaliyotni davom ettiramiz.
Samara viloyatidagi holat to‘g‘risida

Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari rejalashtirilmagan va kelishilmagan tadbirlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida avval ogohlantirilganliklariga qaramasdan Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali vatanga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarimizning Rossiya-Qozog‘iston chegarasi yaqinida Samara viloyatida to‘planishi davom etmoqda.

Shu munosabat bilan takroran ma’lum qilamizki, 2020-yilning 18 va 19-may kunlari Rossiya-Qozog‘iston chegarasi orqali vatandoshlarimizning O‘zbekistonga olib ketilishi istisno tariqasida va diplomatik vakolatxonalarning avvaldan shakllantirgan ro‘yxati asnosida Rossiya va Qozog‘iston tomonlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan edi. Qo‘shimcha ro‘yxatlar tuzilishi ko‘zda tutilmagan.

Ogohlantirishlarimizga qaramay, 280 taga yaqin fuqarolarimiz Rossiya-Qozog‘iston chegarasi oldida to‘planmoqdalar. O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Samara viloyati Hukumati ushbu fuqarolarni sanoat obyektlarida ish, yotoq joy va oziq-ovqat bilan ta’minlashga tayyorligini bildirgan. Ammo to‘plangan vatandoshlarimizdan faqat 25 tasi ushbu taklifni qabul qilgan bo‘lsa, qolganlari hamon Bolshaya Chernigovka tumani hududida qolmoqdalar. Ishga joylashishni istamagan va chegara yaqinida qolayotgan vatandoshlarimizni o‘zlarining vaqtincha/doimiy yashash joylariga qaytishlarini hamda charter reyslarini kutishlarini so‘rab qolamiz.

Rossiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish nuqtalariga borishga urinmasliklarini, yashash joylarida qolishlarini va karantin choralariga qat’iy amal qilishlarini so‘raymiz.

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi
Президент Шавкат Мирзиёев транспорт соҳасининг барқарор ишлашини таъминлаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.
Аэропортларни модернизация қилиш, “Uzbekistan Airways”ни хорижий компания бошқарувига бериш зарурлиги таъкидланди.
“Ўзбекистон темир йўллари” АЖ таркибидаги носоҳавий корхоналарни оптималлаштириш, вагон ва локомотив паркини янгилаш, шунингдек, ички автомобиль йўлларни реконструкция қилиш бўйича топшириқлар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам обеспечения устойчивой работы транспортной отрасли.
Указано на необходимость модернизации аэропортов, передачи “Uzbekistan Airways” в управление зарубежной компании.
Даны поручения по оптимизации непрофильных предприятий в составе АО “Узбекистон темир йўллари”, обновлению парка вагонов, локомотивов, а также реконструкции внутренних автомобильных дорог.

#Mirziyoyev #yigilish #iqtisodiyot #transport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter