Tashqi ishlar vazirligi
9.85K subscribers
10.7K photos
239 videos
4.61K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahrida bo’lib turgan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Viktoriya Nuland bilan uchrashuv o'tkazdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов билан телефон орқали мулоқот қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2022-yil 22-sentabr kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Gayrat Fozilov va Litva Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Mantos Adomenas boshchiligidagi delegatsiyalar tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
O'zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Abdulaziz Aqqulov ushbu mamlakat Prezidenti Muhammad ibn Zayd Al-Nahayonga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Nyu-York shahrida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Qozog'iston tomoni tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida tashkil etilgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo'yicha kengashining norasmiy vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
2022-yil 22-sentabr kuni Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo'shma Shtatlarining "C5+1"formatidagi Vazirlar yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O'zbekiston Respublikasi va Amerika Qo'shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari va vakillari tomonlarni qiziqtirgan yo'nalishlardagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

O'zbekiston delegatsiyasi rahbari, Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov o'z nutqida "C5+1" muhim muloqot mexanizmi bo’lib, uning doirasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish borasida ma’lum yutuqlarga erishilganini qayd etdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
2022-yil 22-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Daniya Qirolligi Tashqi ishlar vaziri Yeppe Sebastyan Kofod bilan muzokaralar olib bordi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida ishtirok etish doirasida 2022-yil 22-sentabr kuni Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto bilan uchrashuv o'tkazdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Singapur Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan muzokaralar olib bordi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Tojikiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Nyu-York shahridatashkil etilgan "Erib borayotgan kriosfera: yer osti suvlarini saqlash va suv resurslarini boshqarish bo’yicha tahdidlari" mavzusidagi yuqori darajadagi yig'ilishda ishtirok etdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Tamaddunlar ittifoqi bo'yicha Yuqori vakili Migel Anxel Moratinos bilan uchrashuv o'tkazdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
⚡️⚡️⚡️Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasi umumiy munozaralaridaginutqi boshlandi.

O'zbekiston delegatsiyasi rahbarining nutqi 77-sessiya veb-saytida https://gadebate.un.org/en havolasi orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida so'zga chiqdi

2022-yil 24-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi umumiy munozaralarida so’zga chiqdi.

O'zbekiston delegatsiyasi rahbari o'z nutqida BMTning global va mintaqaviy muammolarni hal qilishdagi markaziy rolini kuchaytirish muhimligini ta'kidladi. Shu bilan birga, Tashkilotning o'zi ham sodir bo'layotgan o'zgarishlarga samarali javob berish uchun rivojlanishi kerak.
Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi BMT minbarida taqdim etildi

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqida so'nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli jadal demokratik islohotlarga to'xtalib o'tdi.