Tashqi ishlar vazirligi
9.52K subscribers
10.4K photos
235 videos
4.5K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон-Хитой: Самарқандда ўтказилган музокаралар ва улар натижасида эришилган келишувлар ҳар томонлама стратегик шерикликни янада мустаҳкамлади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri V.Norov:
Muzokaralar yakunlari boʻyicha rekord miqdordagi hujjatlar – Tashkilot faoliyatining istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikni sifat jihatidan yangi amaliy mazmun bilan toʻldirishga xizmat qiladigan 40 dan ortiq kelishuvlar, konsepsiyalar, dasturlar va boshqa qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri V.Norov:

Davlatimiz rahbari ShHT makonida inqirozli vaziyatlarni birgalikda bartaraf etish va barqaror rivojlanishga erishish uchun iqtisodiyot, savdo va investitisiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan o‘zgaruvchan zamonaviy voqelik sharoitida amaliy hamkorlikning samarali modellarini shakllantirishga qaratilgan ShHTning keng formatli yangi iqtisodiy muloqotini boshlash tashabbusi ilgari surildi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri V.Norov:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yangi – “Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lidagi Samarqand birdamligi tashabbusi”ning ilgari surilishi yetakchilarning bu galgi uchrashuvidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi.

Sammit ishtirokchilari tinchlik va barqarorlikni, keng xalqaro hamkorlikni taʼminlash va insoniyatning barqaror rivojlanishiga koʻmaklashishga qaratilgan ushbu tashabbusni bir ovozdan maʼqulladi.

Davlatimiz rahbari “Samarqand tashabbusi”ning birinchi xalqaro forumini kelasi yili shu yerda – qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri V.Norov:

Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarining iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda hamjihatligi Oʻzbekiston Prezidentining tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi nomidan Pokistondagi suv toshqinlarining halokatli oqibatlarini bartaraf etishda ushbu mamlakatni har tomonlama yordam berish orqali qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jahon hamjamiyatiga murojaatida ham oʻz ifodasini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri V.Norov:

O‘zbekiston raisligida ShHTga ishtirokchilari safini kengaytirish masalasida sezilarli yutuqlarga erishildi.
Eronning majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ushbu mamlakatning ShHTga to‘laqonli a’zoligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l ochadi.
Tegishli Memorandumlarni imzolash bilan Misr va Qatarning ShHT muloqot bo‘yicha hamkori maqomini huquqiy rasmiylashtirish yakunlandi.
Belarusni Tashkilotning to‘liq a’zosi sifatida qabul qilishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Davlat rahbarlari, shuningdek, Bahrayn, Maldiv orollari, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt va Myanmaning ShHT muloqoti bo‘yicha hamkor maqomi haqidagi so'rovlarini qo‘llab-quvvatladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri V.Norov:

ShHT sammiti o‘zaro bog‘liqlik kuchayib borayotgan sharoitda mintaqaviy va global kun tartibining dolzarb masalalarini konstruktiv muhokama qilish uchun o‘z vaqtida va samarali xalqaro platforma bo‘lib xizmat qildi, shuningdek, barqarorlik, xavfsizlik va rivojlanishni ta’minlash manfaatlari yo‘lida ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi yo‘llarni aniqlash imkonini berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri V.Norov:

Samarqand sammiti yakunlari bo‘yicha ShHTga navbatdagi raislik vazifasini Hindiston Respublikasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shunga ko‘ra, Tashkilotning navbatdagi sammiti 2023-yilda Hindistonda bo‘lib o‘tadi.
Biz strategik hamkorimiz bo‘lgan Hindistonga ushbu mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda har tomonlama yordam berishga tayyormiz.
Самарқандда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар раҳбарларининг тор доирадаги мажлиси бўлиб ўтди.

В Самарканде под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялось заседание глав государств Шанхайской организации сотрудничества в узком составе.

#Mirziyoyev #sammit #ShHT #tordoiradagimajlis

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар раҳбарлари кенгашининг мажлисидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств–членов Шанхайской организации сотрудничества

Speech of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Council of Heads of the Member-States of the Shanghai Cooperation Organization

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter