Tashqi ishlar vazirligi
9.85K subscribers
10.7K photos
239 videos
4.62K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин 15-16 сентябрь кунлари Шанхай ҳамкорлик ташкилотининг Самарқанд шаҳридаги саммити доирасида ташриф билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева 15-16 сентября этого года Президент Российской Федерации Владимир Путин совершит визит в нашу страну в рамках программы саммита Шанхайской организации сотрудничества, проводимого в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисий 14-16 сентябрь кунлари расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Исламской Республики Иран
Ибрахим Раиси 14-16 сентября этого года посетит нашу страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Eron #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2022-yil 12-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Furqat Sidikov Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat bilan uchrashdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқандга келди. Давлатимиз раҳбари Имом Бухорий мақбараси ва Биринчи Президент Ислом Каримов қабрини зиёрат қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в Самарканд. Глава государства посетил мавзолей Имама Бухари, а также почтил память Первого Президента Ислама Каримова.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2022-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Hamdi Sanad Loza bilan uchrashdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
2022-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Qatar Davlati Tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
2022-yil 14-sentabr kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Sammitiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Misr Arab Respublikasi va Qatar Davlatiga ShHTning Muloqot bo‘yicha hamkori maqomi berish to‘g‘risidagi Memorandumlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hujjatlarni ShHT Bosh kotibi Chjan Ming, Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Hamdi Sanad Loza va Qatar Davlat Tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy imzoladilar.

O‘zbekiston tomonidan tadbirda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov ishtirok etdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
⚡️⚡️⚡️O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

O'zbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qiluvchi mamlakat sifatida Ozarbayjon-Armaniston chegarasida tinchlikka erishilgani va keskinlik bartaraf etilganini olqishlaydi.

O’zbekistonning ishonchi komilki, barcha masalalar va mavjud muammolarni hal qilishning yagona to'g'ri yo'li bu xalqaro huquq asosida va ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar yo'lidir.

Biz tinchlik shartlariga qat'iy rioya qilinishi, har qanday sharoitda ham vazminlikning namoyon bo'lishiga umid qilamiz hamda tomonlarni mavjud ahvolni barqarorlashtirish, vaziyatdan chiqish uchun siyosiy va diplomatik muzokaralar olib borishga da'vat etamiz.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсух Шанхай ҳамкорлик ташкилоти саммити тадбирларида иштирок этиш учун Самарқанд шаҳрига келди.

Президент Монголии Ухнаагийн Хурэлсух по приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева прибыл в город Самарканд для участия в мероприятиях очередного заседания Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества.

#sammit #ShHT #Muguliston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Шанхай ҳамкорлик ташкилотининг навбатдаги саммитида иштирок этиш учун Самарқандга келган Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсух билан учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Президентом Монголии Ухнаагийном Хурэлсухом, прибывшим в Самарканд для участия в мероприятиях очередного саммита Шанхайской организации сотрудничества.

#Mirziyoyev #sammit #Muguliston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter