Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимизда Хотира ва қадрлаш куни ҳамда Иккинчи жаҳон урушида қозонилган ғалабанинг 75 йиллиги муносабати билан ўтказилаётган байрам тадбирларида иштирок этмоқда.
Давлатимиз раҳбари ушбу шонли сана муносабати билан пойтахтимизда барпо этилган Ғалаба боғига ташриф буюрди ва «Матонат мадҳияси» ёдгорлик мажмуасига гулчамбар қўйди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев принимает участие в праздничных мероприятиях по случаю Дня памяти и почестей и 75-й годовщины Победы во Второй мировой войне.
Глава государства посетил Парк Победы, созданный в столице в честь этой славной даты, и возложил цветы к мемориальному комплексу «Ода стойкости».
#Mirziyoyev #9may #Galababogi #Matonatmadhiyasi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг буюк Ғалабанинг 75 йиллиги ҳамда Хотира ва қадрлаш кунига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 75-летию Великой Победы и Дню памяти и почестей
#Mirziyoyev #9may #Хotiravaqadrlash #nutq
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 75-летию Великой Победы и Дню памяти и почестей
#Mirziyoyev #9may #Хotiravaqadrlash #nutq
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun charter reyslar tashkil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan 2020-yil 8-10-may kunlari Dubay, Minsk, Seul va Dehli shaharlaridan 800 dan ortiq hamyurtlarimiz charter reyslar orqali vatanimizga olib kelindi.
11-may kuni Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar yurtdoshimizning kelishi kutilmoqda.
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan hamyurtlarimizni boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish bo’yicha ish olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi
TIV Matbuot xizmati
Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz

ShHT TIV rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvi to‘g‘risida
2020-yil 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining videokonferensiya shaklidagi uchrashvida ishtirok etadi.
ShHT tashqi siyosat idoralari rahbarlari tashkilot doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlikning borishini muhokama qiladilar, yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) pandemiyasi sharoitidagi hamkorlikning holati va istiqbollari bo‘yicha fikr almashadilar.
Shuningdek, ShHT tomonidan Afg‘onistondagi siyosiy vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashish masalalari ham alohida ko‘rib chiqiladi.

MDH ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi to‘g‘risida
2020-yilning 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan birinchi marta videokonferensaloqa rejimida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raislik qildi.
Hamdo‘stlik tashqi siyosat idoralari rahbarlari xalqaro kun tartibining va MDH doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini, xalqaro va mintaqaviy ishlarda tashkilot roli va o‘rnining holati, uni kuchaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar, shuningdek qator tashkiliy masalalarni muhokama qildilar.
Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24121/

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X.Kamilovning MDH TIVK majlisi yakunlari bo‘yicha brifingdagi nutqi
https://mfa.uz/uz/about/speech/2020/05/24123/
Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
https://mfa.uz/uz/about/speech/2020/05/24123/
Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевга глобал миқёсда ўт очишни тўхтатишга даъватни қўллаб-қувватлагани учун миннатдорлик мактуби йўллади.
Номада, хусусан, Ўзбекистон ва БМТ ўртасидаги ҳамкорликнинг бугунги даражаси, мамлакатимизда пандемияни жиловлаш бўйича кўрилган қатъий чоралар юксак баҳоланган, Сирдарё вилоятидаги тўғон ёрилиши натижасидаги сув тошқинидан жабрланганлар билан бирдамлик билдирилган.
—
Генеральный секретарь ООН Антониу Гутерриш направил Президенту Узбекистана Шавкату Мирзиёеву письмо с благодарностью за поддержку призыва по глобальному прекращению огня.
В послании, в частности, высоко оценены современный уровень сотрудничества между Узбекистаном и ООН, предпринятые в нашей стране решительные меры по сдерживанию пандемии, выражена солидарность с пострадавшими от наводнения в результате прорыва дамбы в Сырдарьинской области.
#Mirziyoyev #maktub #BMT #AntoniuGuterrish

Vatandoshlarni charter reyslarida olib ketish davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 2020-yil 8-12-may kunlari Dubay, Minsk, Seul, Dehli, Frankfurt va Moskva shaharlaridan 1243 nafar vatandoshlarimiz vatanga charter reyslarida qaytarildi.
Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 13-may kuni, taxminan soat 19.00 da charter layneri Istanbuldan kelishi kutilmoqda.
24-mayga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni tashkil etish rejalashtirilgan (yangilangan):
14-may. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent;
15-may. Toshkent – Singapur – Kuala-Lumpur – Toshkent*;
16-may. Toshkent – Rostov-Donu – Toshkent;
17-may. Toshkent – Qozon – Toshkent;
18-may. Toshkent – Moskva – Toshkent;
19-may. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent;
20-may. Toshkent – Moskva – Toshkent;
21-may. Toshkent – Istanbul – Toshkent;
22-may. Toshkent – London – Toshkent;
23-may. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent;
24-may. Toshkent – Sharja – Toshkent.
Boshqa davlatlardan kelgan vatandoshlarni qaytarish uchun charter reyslarini tashkil etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Vatanga keksa, kasal, homilador fuqarolar va bolali ayollar birinchi galda qaytariladi.
Chet eldagi fuqarolarimizdan yuqoridagilarni e’tiborga olishlari, karantin qoidalariga rioya qilishlarini va bo‘lib turgan mamlakatlari aeroportlarida diplomatik vakolatxonalar va “Uzbekistan Airways” AJ xabarisiz yig‘ilmasliklarini iltimos qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi
TIV Matbuot xizmati
Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 2020-yil 8-12-may kunlari Dubay, Minsk, Seul, Dehli, Frankfurt va Moskva shaharlaridan 1243 nafar vatandoshlarimiz vatanga charter reyslarida qaytarildi.
Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 13-may kuni, taxminan soat 19.00 da charter layneri Istanbuldan kelishi kutilmoqda.
24-mayga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni tashkil etish rejalashtirilgan (yangilangan):
14-may. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent;
15-may. Toshkent – Singapur – Kuala-Lumpur – Toshkent*;
16-may. Toshkent – Rostov-Donu – Toshkent;
17-may. Toshkent – Qozon – Toshkent;
18-may. Toshkent – Moskva – Toshkent;
19-may. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent;
20-may. Toshkent – Moskva – Toshkent;
21-may. Toshkent – Istanbul – Toshkent;
22-may. Toshkent – London – Toshkent;
23-may. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent;
24-may. Toshkent – Sharja – Toshkent.
Boshqa davlatlardan kelgan vatandoshlarni qaytarish uchun charter reyslarini tashkil etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Vatanga keksa, kasal, homilador fuqarolar va bolali ayollar birinchi galda qaytariladi.
Chet eldagi fuqarolarimizdan yuqoridagilarni e’tiborga olishlari, karantin qoidalariga rioya qilishlarini va bo‘lib turgan mamlakatlari aeroportlarida diplomatik vakolatxonalar va “Uzbekistan Airways” AJ xabarisiz yig‘ilmasliklarini iltimos qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi
TIV Matbuot xizmati
Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi “Mehr” loyihasini ishga tushirdi
2020-yil 14-maydan O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi va Rossiya hududlaridagi bosh konsulxonalari Elchixona ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan, Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan hamda COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin va cheklov choralari tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordamni to‘lab berishni boshlaydi.
Bir martalik moddiy yordam Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib turgan quyidagi toifadagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga to‘lab beriladi:
1. Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (ma'lumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;
2. Qaramog‘ida 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan ma'lumotnoma) taqdim etgilgan holda;
3. COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;
4. Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalar – o‘qish joyidan tegishli ma'lumotnoma asnosida.
Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablag‘ini to‘lab berish shaklida amalga oshiriladi.
Moliyaviy yordamni olish uchun Elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan o‘zbek va rus tillaridagi “мехр.рф” (https://xn--e1annt.xn--p1ai/) elektron portali orqali murojaat yuborish lozim.
Elchixona xayriya bank raqamiga moliyaviy mablag‘lar o‘tkazgan homiylar va sheriklarimizga minnatdorlik bildiramiz. Vatandoshimiz, taniqli tadbirkor va homiy Alisher Usmonovga u ko‘rsatgan keng ko‘lamli yordami uchun alohida minnatdorlik izhor etamiz.
Ehtiyojmand fuqarolarga moliyaviy mablag‘larni ajratish jarayoni shaffofligini ta'minlash maqsadida, Elchixona har hafta o‘z rasmiy saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tegishli hisobotlar e'lon qilib boradi.
O‘zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

2020-yil 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining videokonferensiya formatidagi navbatdan tashqari majlisida ishtirok etdi
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24130/
Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24130/
Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
O‘zbekiston Elchixonasining Rossiyada bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaati
So‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadan olib ketish uchun tashkil etilayotgan charter reyslari keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi vatandoshlarimizning va blogerlarning o‘zbekistonliklarni Vatanga qaytarish jarayonidan norozi bo‘lib bildirgan fikrlari va videolavhalari tarqalmoqda.
Shuni ma’lum qilamizki, 2020-yil 12-may holatiga ko‘ra, Elchixona Konsullik bo‘limi tomonidan tuzilgan onlayn-ro‘yxatga Vatanga qaytish istagini bildirgan 55 ming kishi kiritilgan. Bu kabi ro‘yxatlar O‘zbekistonning Rossiya hududlaridagi Bosh konsulxonalari tomonidan ham yuritilib, ularda taxminan 10 mingga yaqin fuqaro qayd etilgan. Joriy yili 11-12-may kunlarining o‘zida 14 ming vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytishda yordam so‘rab Elchixonaga murojaat qildi.
Hozirgi vaqtda Elchixona o‘z imkoniyatlari va vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiyadan imkon qadar tez muddatda olib chiqishga barcha kuchlarini safarbar qilgan. Tezkor shtab tuzilgan, 9 ta xodimdan iborat maxsus guruh tashkil etilib, u doimiy ravishda fuqarolar bilan ishlab kelmoqda.
Ma’lumki, charter reyslariga birinchi navbatda keksa, kasal fuqarolar, homilador va bolali ayollar, shuningdek, ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga chiptasi bor fuqarolar joylashtiriladi. Shu sababli Elchixona diplomatlari tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar so‘ralganda vatandoshlarimizdan vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini va tegishli hujjatlarni taqdim etishlarini so‘raymiz.
Bundan tashqari, so‘nggi kunlarda Elchixona va Konsullik bo‘limi atrofida charter reyslari orqali O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarimiz to‘planishi kuzatilmoqda. Ushbu holat turli kasalliklar, shu jumladan, COVID-2019 koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfini orttiradi.
Qayd etish joizki, Elchixona Rossiyadan uchib ketishni xohlagan fuqarolar ro‘yxatini o‘z konsullik okrugi (Markaziy federal okrug) doirasidagina olib bormoqda. Rossiyaning boshqa hududlarida bo‘lib turgan vatandoshlarimiz O‘zbekistonning tegishli Bosh konsulxonalariga murojaat qilishlari mumkin:
- O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi– Shimoli-G‘arbiy federal okrug. e-mail: [email protected] +78126010628, Telegram, Whatsapp, Viber, Imo +998909942747;
- O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi– Janubiy federal okrug va Shimoli-Kavkaz federal okrugi. e-mail: [email protected]; [email protected] +7 863 2855057;
- O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi– Volgabo‘yi federal okrugi. e-mail: [email protected] +7 843 5265565; +7 843 5265563;
- O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi– Ural federal okrugi. [email protected] [email protected] Tel.: + 7 (343) 2723133; +7 965 5194222;
- O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi– Sibir federal okrugi. e-mail: [email protected] 8(383)2460485, 2460484, 2460463, 2460464;
- O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi– Uzoqsharqiy federal okrugi. e-mail: [email protected]; +74232604800, + 7 964 431 16 16.
Elchixona Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning COVID-19 koronavirusi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirlari va Vatanga, o‘z oila va yaqinlari bag‘riga qaytish istagini yaxshi tushunadi. Shu bilan birga, Elchixona Rossiyadagi vatandoshlarimiz to‘qnash kelayotgan moliyaviy qiyinchiliklar haqida ham xabardor bo‘lib, shu kunlarda “Mehr” loyihasi doirasida fuqarolarimizga bir marta beriladigan moddiy yordam to‘lab berishni boshladi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti
O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning Samara viloyatidan chiqish va Orenburg viloyatiga kirishda, “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida bir necha yuz nafar O‘zbekiston fuqarolari to‘planishi kuzatilmoqda.
Ushbu fuqarolar Rossiyaning turli mintaqalaridan avtotransport vositalarida kelishmoqda va O‘zbekistonga qaytish uchun Qozog‘iston hududi orqali yo‘lak yaratishni talab qilishmoqda.
Bosh konsulxona yurtdoshlarimiz va mahalliy hokimiyat bilan aloqa o‘rnatgan.
Bundan tashqari, TIV Operativ shtabi Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi mavjud vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi.
Yuqoridagilarni inobatga olib Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilguniga qadar tinchikni saqlash, o‘rnatilgan karantin qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi axboroti
O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish kiritilgani to‘g‘risida ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, xorijlik haydovchilarga iloji boricha tezroq mamlakatdan chiqib ketish sharti bilan 14 kunlik karantin davrini kutmasdan Turkiya hududiga kirishga ruxsat beriladi.
Kema orqali xorijiy yuk tashuvchilarga (Ro-Ro operatsiyalari) “Zonguldak-Chernomorsk (Illichivsk)”, “Istanbul-Chernomorsk”, “Karasuk-Chernomorsk”, “Konstanta-Karasu”, “Tashuju-Tripoli” va “Mersin-Hayfa” yo‘nalishlarida tashishni amalga oshiradigan kema bortida bo‘lishlariga ruxsat beriladi (ilgari haydovchilarning kemaga kirishiga ruxsat berilmagan, faqat yarim tirkamalar / tirkamalar qabul qilingan).
Kasallik alomatlari aniqlansa, chet ellik haydovchilarning Turkiya hududiga kirishi rad etiladi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya hududi orqali xalqaro yuk tashishni rejalashtirayotgan fuqarolarga Turkiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qiladi.
Batafsil ma’lumotni yuklab olish (ingliz tilida).