Tashqi ishlar vazirligi
9.84K subscribers
10.6K photos
238 videos
4.56K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov:
- Davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi va belgilab bergan siyosati samarasi o’laroq O'zbekistonning Ozarbayjon va Turkiya bilan munosabatlari bugungi kunda hamkorlik tarixdagi eng yuqori darajadaga ko’tarildi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov:
- Bugungi uchrashuv yuqori darajadagi muzokaralarning mantiqiy davomi hamda va uchta strategik va ma'naviy jihatdan yaqin sherik davlatlar uchun mutlaqo yangi hamkorlik shaklidir. Tadbir mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalarini har tomonlama muhokama qilish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov:
- Hamkasblarimiz bilan joriy yil noyabr oyida O'zbekistonda bo'lib o'tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildik.
Turkiy davlatlar o'rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun mustahkam poydevor yaratishga qaratilgan ushbu tadbirning yuqori samaradorligini ta'minlash bo'yicha kelishib olindi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov:
- Xalqaro hamjamiyatning Afg'onistonni tinch yo'l bilan tiklash borasidagi sa'y-harakatlarini BMTning markaziy muvofiqlashtiruvchi o’rniga amal qilgan holda butun afg'on xalqi manfaati yo'lida davom ettirish muhimligini e’tirof etdik.
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov:
- Delegatsiyalar sanoat kooperatsiyasi, raqamli iqtisodiyot va savdo-sotiq sohasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldilar.
Shu maqsadda Boku–Tbilisi–Axalkalaki–Kars temir yo'lining barcha imkoniyatlaridan, shu jumladan Turkiya va Ozarbayjonning xalqaro portlaridan, shuningdek, "Shimol-Janub" va "Sharq-G'arb" xalqaro transport yo'laklaridan keng foydalanish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, tomonlar O'zbekistonning "Termiz–Mozori-Sharif-Kobul-Peshovar" strategik temir yo'l liniyasini qurish tashabbusining muhimligini ta'kidlab, "O'zbekiston-Qirg'iziston-Xitoy"temir yo'l qurilishi loyihasini qo'llab-quvvatlashini bildirmoqdalar.
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov:
- Toshkentda O'zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya tashqi ishlar, iqtisodiyot va transport vazirlari o'rtasida o’tkazilgan birinchi uchrashuv birgalikdagi faoliyatni davom ettirish va mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishini ta'minlash bo'yicha amaliy natijalarga erishishga qaratilgan intilishlarimizni tasdiqladi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norovning "O'zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" muloqoti birinchi yig'ilishi yakunlari bo'yicha brifingdagi nutqi
O'zbekiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi va Turkiya Respublikasi tashqi ishlar, savdo/iqtisodiyot va transport vazirlarining birinchi uch tomonlama uchrashuvi yakunlari bo'yicha Toshkent deklaratsiyasi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев “Ўзбекистон – Озарбайжон – Туркия” форматидаги биринчи вазирлар учрашувида иштирок этиш учун Тошкент шаҳрида бўлиб турган Туркия Республикаси ташқи ишлар вазири Мавлуд Чавушўғли бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Турецкой Республики во главе с министром иностранных дел Мевлютом Чавушоглу, находящуюся в городе Ташкенте для участия в первой министерской встрече в формате «Узбекистан – Азербайджан – Турция».

#Mirziyoyev #qabul #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев пойтахтимиздаги Ўзбекистон, Озарбайжон ва Туркия вазирларининг биринчи кўп томонлама учрашуви тадбирларида иштирок этаётган Озарбайжон Республикаси делегациясини қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Азербайджанской Республики, участвующую в проходящих сегодня в нашей столице мероприятиях первой многосторонней встречи министров Узбекистана, Азербайджана и Турции.

#Mirziyoyev #qabul #Ozarbayjon #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев мамлакатимизда ташриф билан бўлиб турган Европада хавфсизлик ва ҳамкорлик ташкилотининг Миллий озчиликлар масалалари бўйича Олий комиссари Қайрат Абдураҳмоновни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял Верховного комиссара Организации по безопасности и сотрудничеству в Европе по делам национальных меньшинств Кайрата Абдрахманова, находящегося в нашей стране с визитом.

#Mirziyoyev #qabul #EXHT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2022-yil 3-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov "Koreya-O'zbekiston" parlament Do'stlik uyushmasi raisi Park Kvang On boshchiligidagi Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o’tkazdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter