Tojikistonga insonparvarlik yordamni topshirish marosimi to‘g‘risida
2020-yil 9-aprel kuni Dushanbe shahrida tibbiy vositalar hamda oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat O‘zbekiston Respublikasining insonparvarlik yordamini Tojikiston tomoniga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Nasim Olimzoda, Favqulodda vaziyatlar fuqarolik mudofaasi bo‘yicha qo‘mitasi raisi, general-leytenant Rustam Nazarzoda, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Zohir Saidzoda va Tojikistonning boshqa rasmiylari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, O‘zbekiston tomonidan Elchi Ergash Shaismatov va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Nasim Olimzoda va O‘zbekiston Elchisi Ergash Shaismatov so‘zga chiqdi.
Tojikiston tomoni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va qardosh o‘zbek xalqiga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish choralari doirasida insonparvarlik yordami yuborgani uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston tomonidan og‘ir vaziyatda ko‘rsatilgan ko‘mak mamlakat rahbarining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stona aloqalar va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor namoyish etgani ta’kidlandi. Umumiy tahdidga qarshi, mintaqa mamlakatlari yelkama-yelka harakat qilishi, bir-birlariga yordam berishi va qo‘llab-quvvatlashlari kerakligi qayd etildi.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/04/23961/
https://t.iss.one/uzbekmfa

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев Туркий тилли давлатлар ҳамкорлик кенгашининг коронавирус инфекцияси тарқилишига қарши курашишда ҳамкорликни кучайтириш ва саъй-ҳаракатларни бирлаштириш учун видеоанжуман тарзида ўтказилган навбатдан ташқари саммитида иштирок этди.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқида бир қатор аниқ таклифларни билдирди. Уларнинг барчаси саммитнинг якуний ҳужжати – Боку декларациясига киритилди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев принял участие во внеочередном саммите Совета сотрудничества тюркоязычных государств в формате видеоконференции для рассмотрения вопросов усиления сотрудничества и объединения усилий в борьбе с распространением коронавирусной инфекции.
Лидером нашей страны выдвинут ряд конкретных предложений. Все эти инициативы были включены в итоговый документ состоявшегося внеочередного саммита – Бакинскую декларацию.
#Mirziyoyev #sammit #Turkiykengash #pandemiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Forwarded from Oliy Majlis Senati
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати Раиси Т.Нарбаева Россия Федерацияси Федерал Мажлиси Федерация Кенгаши Раиси В.Матвиенкога мактуб йўллади
https://senat.uz/uz/lists/view/1310
—
Во имя интересов граждан Узбекистана
https://senat.uz/ru/lists/view/1310
👉 Каналга уланиш: https://t.iss.one/senatuz
Facebook | Instagram | Youtube
https://senat.uz/uz/lists/view/1310
—
Во имя интересов граждан Узбекистана
https://senat.uz/ru/lists/view/1310
👉 Каналга уланиш: https://t.iss.one/senatuz
Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Корея Республикаси Президенти Мун Чжэ Ин билан телефон орқали мулоқот қилди.
Давлат раҳбарлари икки томонлама алоҳида стратегик шериклик муносабатларини янада мустаҳкамлаш ва кўп қиррали алоқаларни кенгайтиришнинг долзарб масалаларини муҳокама қилдилар.
Коронавирус инфекциясининг тарқалишига қарши курашишда ҳамкорликни давом эттириш ва саъй-ҳаракатларни бирлаштиришга алоҳида эътибор қаратилди.
—
Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с Президентом Республики Корея Мун Чжэ Ином.
Главы государств обсудили актуальные вопросы дальнейшего укрепления двусторонних отношений особого стратегического партнерства и расширения многопланового сотрудничества.
Особое внимание было уделено продолжению взаимодействия и объединению усилий в борьбе с распространением коронавирусной инфекции.
#Mirziyoyev #muloqot #JanubiyKoreya #hamkorlik

O‘zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi axboroti
O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha talablar o‘rnatilganligi to‘g‘risida ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, xalqaro yuk tashishga doir mazkur o‘zgarishlar xorijiy haydovchilar va yuk avtotransport vositalarining Turkiya hududiga kirishi/chiqishi va bo‘lib turishini belgilaydi, bu qoida ushbu mamlakat orqali tranzit bilan o‘tayotganlarga ham tegishli. Xususan:
1. Tranzit bilan yuk tashiyotganda haydovchining sog‘lig‘ini tekshirish, transport vositasini dezinfeksiyalash, yetarli miqdorda tibbiy niqoblar, sanitar himoya vositalari va oziq-ovqat mahsulotiga ega bo‘lish, shuningdek, boradigan mamlakatiga kirish uchun tasdiqni (ruxsat) taqdim etish va boshqalar talab etiladi.
2. Turkiyaga kiradigan haydovchilardan tibbiy ko‘rikdan o‘tish, transport vositasini dezinfeksiyalash, boshqa odamlar bilan ehtimoliy aloqa joylari va motorli transport vositalariga xizmat ko‘rsatish punktlarida (doimiy ravishda) niqob taqish, yetarli miqdorda tibbiy niqoblar, sanitar himoya vositalari va oziq-ovqat mahsulotiga ega bo‘lish, izolyatsiya uchastkasida yukni transportitovka qilishning tegishli tartibini ta’minlash, jumladan haydovchi, treyler, yukni (fraxta) almashtirish, agar buning iloji bo‘lmasa, 14 kunlik karantin davri tugaganidan keyingina kirishga ruxsat beriladi.
Yuk tashuvchilarning mamlakatda maksimal bo‘lish muddati va yo‘nalishi Turkiya bojxona organlari tomonidan belgilanadi.
Dori vositalari, tibbiyot va birlamchi iste’mol mahsulotlarini tashuvchilarga 14 kunlik karantin muddati tugamasidan Turkiyaga kirishga ruxsat berilishi mumkin, bunda yukni transportirovka qilishning tegishli tartibiga amal qilish, ilojsiz hollarda zarur tibbiy tekshiruv va himoya choralarini o‘tkazish talab etiladi.
3. Xorijiy haydovchilar Turkiyani tark etishganda yuqorida qayd etilgan qoidalarga rioya qilinganligi tekshiriladi. Qoidalarni buzgan haydovchilarga nisbatan jarima choralari qo‘llaniladi va mamlakatga qayta kirish taqiqlanadi.
4. Kema bortida faqat yuk mashinalarini o‘tkazishga (Ro-Ro Travels) ruxsat beriladi. Mahalliy portlar ma’muriyati tomonidan maqbul deb hisoblangan transportning majburiy shartlari asosida haydovchiga ruxsat berilgan taqdirda, tashuvchilarga belgilangan qoidalarga rioya qilish majburiyligi to‘g‘risida xabar beriladi. Transport vositalari haydovchiga berilishidan oldin dezinfeksiya qilinadi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya hududi orqali xalqaro yuk tashishni rejalashtirayotgan fuqarolarga Turkiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qiladi.
Rasmiy ma’lumotni yuklab olish (ingliz tilida).
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/04/23975/
Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz

Tojikistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda Tojikiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza va ro‘yxatda turish muddatlari epidemiologik vaziyat barqarorlashganicha uzaytirilishini ma’lum qildi.
Tojikiston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari viza muddatini uzaytirish uchun Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining Bosh konsullik boshqarmasi va Sug‘d viloyatidagi Vakolatxonasiga, ro‘yxatda turish muddatini uzaytirish uchun esa Tojikiston Ichki ishlar vazirligining Pasport- ro‘yxatga olish xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/04/23976/

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mutaxassislari koronavirusga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildilar
2020-yilning 13-aprel kuni O‘zbekistonning London shahridagi Elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tibbiyot xodimlari o‘rtasida videokonferensiya tashkil etilib, unda COVID-19 yangi koronavirus infeksiyasining oldini olish va davolash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi.
Tadbirda Buyuk Britaniya tomonidan Lyusham London universiteti kasalxonasining Anesteziologiya va reanimatoligiya departamenti direktori doktor Vaqas Xolid, shifokorlar Richard Friz va Fazliddin Murodov, O‘zbekiston tomonidan esa Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, mamlakatimizning barcha hududlaridan anesteziologiya va reanimatologiya vakillari ishtirok etdi.
Videokonferensiya chog‘ida ikki davlat mutaxassislari koronavirusga qarshi kurashish borasida qo‘llanilayotgan choralar, tashxis qo‘yish va kasallarni davolash bo‘yicha tibbiyot muassasalarining faoliyati to‘g‘risida batafsil axborot almashishdi. Reanimatsiya bo‘linmalarida o‘gir ahvolda yotgan bemorlarni davolashning yangicha uslubiga alohida e’tibor qaratildi. Britaniyalik mutaxassislarda o‘zbekistonlik hamkasblarining bemorlarni kasaldan tuzalgan kishilarning qon plazmasi orqali davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari va mamlakat shifoxonalarida ushbu uslubni keng joriy qilish borasidagi rejalari katta qiziqish uyg‘otdi.
Tomonlarning e’tirof etishicha, mazkur muloqot foydali bo‘ldi va yangi koronavirus, uni davolash usullari to‘g‘risidagi bilimlarni boyitish imkonini berdi. Kelgusida ham aloqada bo‘lish va doimiy asosda shu kabi tadbirlarni o‘tkazib turishga kelishib olindi.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/04/23979/

Tayinlov
2020-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Baxrom Ashrafxanov Toshkent shahridan Boku shahriga yetib keldi. U bunga qadar O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Ijrochi direktori lavozimida ishlagan.

Forwarded from Times.uz
⚡️15 апрель ҳолатира кўра, МДҲ давлатлари орасида ўз-ўзини изоляциялаш Индексининг энг юқори кўрсаткичи Тошкент шаҳрида кузатилмоқда (4.2 балл).
❗️ЖССТ тавсияларига кўра, ўз-ўзини изоляциялаш COVID-19га қарши курашда энг самарали усул ҳисобланади.
👉Манба: «Яндекс» ўз-ўзини изоляциялаш индекси
___________
⚡️По состоянию на 15 апреля, среди стран СНГ, г.Ташкент продолжает лидировать с самым высоким показателем Индекса самоизоляции (4.2 баллов).
❗️Согласно рекомендациям ВОЗ, самоизоляция граждан является самым эффективным методом борьбы с COVID-19.
👉Источник: Индекс самоизоляции «Яндекс»
@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники

Rossiyadagi o‘zbekistonlik muhojirlarga yordam berish uchun “Saxovat” markazi ishga tushdi
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi ko‘magida bir guruh vatandoshlarimiz “Saxovat” yordam markazini tashkil etdi.
COVID-19 pandemiyasi sababli Rossiya Federatsiyasida og‘ir hayot sharoitlariga tushib qolgan o‘zbekistonliklar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish ularning asosiy vazifasidir.
16-apreldan boshlab “Saxovat” yordam markazi саховат.рф portali orqali va markazning Facebook sahifasida yordam so‘rovnomalarini qabul qilishni boshlaydi.
Bundan so‘ng, markazning xodimlari Moskva va Moskva viloyatida yashovchi muhtoj o‘zbekistonlik fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni manzillariga yetkazib berishni rejalashtirishmoqda.
Birinchi navbatda, yordam ayollarga, qariyalarga, nogironlar va yosh bolalarga ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, markaz +79167977772 "ishonch telefoni" orqali yurtdoshlarimizga bepul axborot-huquqiy yordam ko‘rsatadi.
Siz ham hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, bank pul o‘tkazmalari orqali Rossiyada bo‘lgan vatandoshlarimizga yordam berishingiz mumkin. Yoki “Saxovat” yordam markazining volontyori bo‘lishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi
https://www.facebook.com/UzEmbassy.ru/photos/a.1997184613866259/2538901003027948

COVID-19 kasalligi tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarni kuchaytirish doirasida Turkiya hukumati dam olish kunlari epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar komendantlik soati joriy etish amaliyotini davom ettirmoqda.
Kelayotgan dam olish kunlari taqiq 18-aprel soat 00:01 dan 19-aprel soat 24.00 gacha amal qiladi hamda Zonguldak viloyati va mamlakatning quyidagi 30 yirik shaharlari aholisiga ta’sir qiladi: Anqara, Adana, Antaliya, Aydin, Balikesir, Denizli, Diyarbakir, Erzurum, Eskishehir, Gaziantep, Hatay, Istanbul, Izmir, Kahramanmarash, Kayseri, Kojaeli, Konya, Malatya, Manisa, Mardin, Mersin, Mugla, O‘rda, Sakarya, Samsun, Shanliurfa, Tekirdag‘, Trabzon va Van.
Ushbu kunlarda shifoxonalar, dorixonalar, dori-darmon ishlab chiqaradigan korxonalar, novvoyxonalar, qariyalar uylari, reabilitatsiya markazlari, tez yordam markazlari va boshqa ixtisoslashgan muassasalar faoliyati davom etadi.
Elchixona Turkiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ushbu cheklovlarni hisobga olishga va mahalliy hokimiyatning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha barcha talablarini bajarishga chaqiradi.
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/04/23987/

Forwarded from XORIJDA ISH
Мигрантларга Россиядан чиқмасдан патентни қайта расмийлаштиришга рухсат берилади
Россия Федерациясида патент асосида ишлайдиган визасиз мамлакатлардан келган чет элликлар мамлакатдан чиқиб кетмасдан уни узайтиришлари мумкин.
Янги тартиб Давлат Думаси томонидан соғлиқни сақлаш ва коронавирус инфекцияси тарқалишининг олдини олиш мақсадида қабул қилинган қонун лойиҳаси билан тартибга солинади.
Эндиликда меҳнат мигрантлари бир ойдан ўн икки ойгача бўлган муддат учун патент олиши ва уни мамлакатдан чиқмасдан қайта расмийлаштириш имкониятига эга бўлишди. Яъни, меҳнат мигранти Россия Федерациясида икки йил давомида кетмасдан ишлаши мумкин.
Каналга обуна бўлиш 👇🏼 👇🏼 👇🏼
https://t.iss.one/migratsiyaagentligi

Россияда меҳнат мигрантларига 2020 йил 15 июнгача имтиёзлар берилди
Коронавирус инфекцияси тарқалиши хавфи муносабати билан Россия Федерацияси Президентининг хориж фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахслар, хусусан меҳнат мигрантларига истисно ва имтиёзлар берувчи янги қарори эълон қилинди.
Ушбу ҳужжатга мувофиқ 2020 йил 15 мартдан 15 июнгача бўлган даврда қуйидагилар белгиланган:
- чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахсларнинг Россия Федерациясида вақтинча бўлиш, вақтинча ёки доимий яшаш, яшаш жойида рўйхатда турган муддатларининг юқорида кўрсатилган вақт давомида тугаши кўзда тутилган бўлса, ушбу муддатларни тўгатмаслик;
- Россия Федерациясидан маъмурий тартибда чиқариб юбориш тўғрисида қарор қабул қилинган чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахсларнинг мамлакатдан ихтиёрий чиқиб кетиш, депортация қилиш муддатларини жорий йилнинг 15 июнига қадар узайтириш;
- юқорида белгиланган вақт давомида амал қилиш муддати тугайдиган вақтинча яшаш учун рухсатнома, яшаш гувоҳномаси, амал қилиш муддати кўрсатилган миграцион карта, ишлаш учун рухсатнома, патент, чет эл ишчиларини жалб қилиш ва улардан фойдаланиш учун рухсатнома каби ҳужжатларнинг муддатини тўхтатмаслик.
Шунингдек, мазкур қарорга мувофиқ иш берувчиларга короновирус тарқалиши муносабати билан мамлакатда жорий этилган чекловлар ва санитария-эпидемиологик талабларни таъминлашга қаратилган бошқа чораларнинг бажарилиши шарти билан чет эл фуқароларини патентга эга бўлмаган тақдирда ҳам ишга жалб қилишга рухсат берилган.
Ҳужжатнинг тўлиқ матни билан қуйида танишиш мумкин: https://kremlin.ru/events/president/news/63216

Президент Шавкат Мирзиёев Европа кенгаши Президенти Шарль Мишель билан телефон орқали мулоқот қилди.
Ўзбекистон ва ЕИ ўртасидаги кўп қиррали ҳамкорликнинг долзарб масалалари муҳокама қилинди.
Шарль Мишель мамлакатимизда коронавирус инфекцияси тарқалишига қарши кураш бўйича кўрилаётган мислсиз қатъий чора-тадбирларни юксак баҳолади ва тўлиқ қўллаб-қувватлади.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с Президентом Европейского совета Шарлем Мишелем.
Обсуждены актуальные вопросы узбекско-европейского многопланового сотрудничества.
Шарль Мишель высоко оценил и полностью поддержал предпринимаемые в нашей стране беспрецедентные решительные меры по противодействию распространения коронавирусной инфекции.
#Mirziyoyev #muloqot #YevropaIttifoqi #hamkorlik