UzA | Tezkor xabarlar
29K subscribers
10.8K photos
1.22K videos
35 files
1.72K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
#TAYINLOV

Sirdaryo viloyat hokimiga birinchi o'rinbosar tayinlandi

Kushakov Faxriddin Baxtiyarovich Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

F.Kushakov mazkur tayinlovga qadar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

⚡️Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Umarov Abduraxim Abdulxamidovich Mirzaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

A.Umarov mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari boyicha birinchi o'rinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Hududiy prokurorlar tayinlandi

Sayxunobod tumani prokurori Suyunov Sherali G‘aybullayevich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Shirin shahar prokurori lavozimiga tayinlandi.

Kurbanov Bekmurod Narbekovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Sayxunobod tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Umurzakov Bobur Ilhomovich Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Zomin tumani “Peshag‘or” MFY hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Sirdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi

Turdimurodov Azizbek Maxammatqul o‘g‘li Sirdaryo tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

A.Turdimurodov 1994-yil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug‘ilgan. 2019-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2022-yilda esa O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tamomlagan. Mutaxassisligi axborot texnologiyalari va servis, loyihalarni boshqarish.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

⚡️Oqoltin tumaniga ham hokim tayinlandi

Suvonov Xusnitdin Yaxshilikovich Oqoltin tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U shu vaqtga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat olib borgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligiga yangi vazir tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallab kelgan Aziz Anvarovich Toshpo‘latov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi.

Kanalga ulanish:
 @uzauz
#TAYINLOV

O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ravshanbek Berdaliyevich Begmatov O‘zbekiston tumani hokimi etib tayinlandi.

U hozirga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti rahbari lavozimiga polkovnik Ulug‘bek Shuxratovich Tashxodjayev tayinlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i bo‘lgan polkovnik Sanjar Jabbarov — Andijon viloyati IIBga boshliq etib tayinlandi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM